O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2015

TINCHLIK, OSOYISHTALIK VA XALQIMIZ BIRDAMLIGINING SAMARALARI

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 30-iyun – 1-iyul kunlari Qashqadaryo viloyatida boldi.

Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga safarining ikkinchi kuni Kasbi tumanidagi “Kamol Sulton” fermer xojaligi dalasiga tashrif buyurdi.

Qashqadaryolik dehqonlar bu yil 145 ming gektar maydonda galladan mol hosil yetishtirdi. Shu kunlarda orim-yigim ishlari qizgin davom etmoqda. Kamol Sulton fermer xojaligi alohida faollik korsatmoqda. 67 gektar maydonning har gektaridan 40 sentnerdan oshirib hosil olinmoqda.

Gallachilikda, aytish mumkinki, paxtachilikda ham muhim bolgan mana shu kunlarda sizlar kabi mehnatkash dehqonlarimizdan hol-ahvol sorash, hormanglar, deb madadkor bolish menga katta mamnuniyat bagishlaydi, dedi davlatimiz rahbari. Yerga, mehnatga munosabat tubdan ozgargani, yer bilan ishlash va dehqonchilik madaniyati yuksalgani mana shu obod dalalarda, mol-kol hosillarda namoyon bolmoqda. Mamlakatimizda 8 million tonnadan ziyod galla yetishtirilmoqda. Bunday ulkan xirmonni bunyod etishning ozi bolmaydi, albatta. Bu, avvalambor, sizlarning tinimsiz mehnatingiz, qishloq xojaligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning birdamligi samarasidir.

Sobiq tuzum davrida Qashqadaryo viloyati qoloq hudud edi. Turli adolatsizliklar tufayli odamlar turmushdan norozi, hayotdan noumid bolib qolgandi. Respublikaga gaz yetkazib beradigan viloyatda atigi 4 foiz aholi tabiiy gazdan foydalanish imkoniga ega edi, xolos.

Bugungi kunda Qashqadaryo har tomonlama rivojlangan viloyatga aylandi. Mamlakatimiz sanoat mahsulotining qariyb 11 foizi, don va paxtaning katta qismini aynan shu viloyat yetkazib bermoqda.

Tarixiy xotirasiz kelajak yoq. Kechagi kunni unutmasligimiz, uni bugungi kun bilan solishtirib, xulosa chiqarib yashashimiz kerak. Bu bizni ogohlikka, hayotning qadriga yetishga, ertangi kun bundan ham farovon boladi, deya ishonch va intilish bilan harakat qilishga undaydi, dedi Yurtboshimiz.

Prezidentimiz Qarshi va Shahrisabz shaharlarida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari Kecha kim edigu bugun kim boldik? degan savolga javob ekanini, ular viloyat qiyofasini ozgartirib, aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qarshi shahrining hududi kengaytirilmoqda. Yangi avtostansiya va vokzallar, kop qavatli uy-joylar, bog va xiyobonlar, xizmat korsatish obyektlari, kanalizatsiya va kommunikatsiya tarmoqlari bunyod etilmoqda. Aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun yanada keng qulayliklar yaratilmoqda.

Shahrisabzda ham ulkan qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Oqsaroy majmuasi atrofidagi maydon kengaytirilib, Chorsu bozori, Kokgumbaz obidalarini boglovchi solim xiyobon barpo etilayotir. Shaharning sayyohlik salohiyatini yanada oshirish maqsadida Qarshi shahriga boradigan 129 kilometrlik zamonaviy yol qurilmoqda.

Qashqadaryo buyuk Sohibqiron Amir Temurni voyaga yetkazgan zamin. Bu yerda u zotning avlodlari gururi baland, mard va tanti odamlar yashaydi, dedi Islom Karimov.

Prezidentimiz fermer va ishchilarning mehnat qilishi hamda dam olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, oilaviy sharoitlari bilan qiziqdi. Mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, uzoqni kozlab olib borilayotgan oqilona siyosat va izchil islohotlar samarasida xalqimiz turmush darajasi muttasil yuksalib borayotgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari paxta hosili rivojiga ham ahamiyat qaratdi. Qashqadaryo iqlimi va tuproq sharoitiga mos serhosil navlarni kopaytirish zarurligini takidladi.

Ozbekiston Qahramoni, Qamashi tumanidagi Bozor ogli Abdi fermer xojaligi rahbari Abdimurod Bozorov, Nuroniy jamgarmasi viloyat bolimi raisi Yanvar Inoyatov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Eson Rajabov, Kasbi tumanidagi Jizza zamin nuri fermer xojaligi rahbari Toshpolat Boqiyev, Guzor tumanidagi Zarbdor qishloq fuqarolar yigini raisi Rano Jonquvvatova, Shahrisabz tumanidagi Zargarlik mahalla fuqarolar yiginining diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchisi Nodira Abdullayeva va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar samarasi har sohada namoyon bolayotganini, odamlarning turmush tarzi, davlatimizning xalqaro nufuzi tobora yuksalib borayotganini faxr bilan takidladi.

Islom Karimov Koson tumanidagi Pudina massivi fermer xojaligi dalasida ham boldi.

Ushbu xojalik azolari bu yil 31 gektardan ortiq maydonda galla yetishtirib, uning har gektaridan 40 sentnerdan hosil oldi.

Mustaqillikning ilk yillaridan fermerlik harakatini rivojlantirishga alohida etibor qaratganimiz naqadar togri bolganini bugun hayotning ozi tasdiqlab bermoqda. Fermerlar xalqimiz rizq-rozini yetishtirish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga xizmat qiladigan qudratli kuchga aylandi. Lekin faqat galla va paxta bilan yuksak farovonlikka erishib bolmaydi. Fermerlarga yanada keng erkinlik berish, kop tarmoqli fermer xojaliklarini izchil rivojlantirish zarur, dedi Yurtboshimiz.

Inson baxt uchun dunyoga keladi, degan ibora xalqimiz orasida ezgu davatga aylandi. Odamlar hayotning manosini tushunib yetmoqda, dunyoqarashi ozgarmoqda. Bugungi avlod bilan saksoninchi yillardagi odamlar ortasida osmon bilan yercha farq bor.

Yaqinda Shveytsariyada Jahon iqtisodiy forumi iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar reytingini elon qildi. Ozbekiston mazkur reytingda 5-orinni egalladi. Xalqimizning tinimsiz mehnati, izchillik bilan olib borilayotgan keng kolamli islohotlar tufayli qolga kiritilayotgan bunday ulkan yutuqlardan har birimiz faxrlanib, boshimizni baland kotarib yashashga haqlimiz, dedi Prezidentimiz.

Nuroniy jamgarmasi Koson tumani bolimi raisi Rahim Turdiyev, Obidiyda qishloq fuqarolar yigini raisi Nabi Badirov, 15-umumtalim maktabi oqituvchisi Zumrad Boymurodova, Qarshi davlat universiteti axborot-resurs markazi direktori Rohila Halimova va boshqalar butun mamlakatimizda bolgani kabi Qashqadaryo viloyatidagi taraqqiyot, ozgarishlar odamlarning konglini kotarayotgani, hayot sifatini oshirayotgani, yangi marralar sari ruhlantirayotganini alohida takidladi.

Prezidentimiz Islom Karimovning Qashqadaryo viloyatiga safari davomidagi uchrashuv va muloqotlar, ularda bildirilgan fikrlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar yuksak samaralar berayotganini, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini muttasil yuksaltirishga xizmat qilayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Anvar Samadov, Olmas Barotov, OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: