O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2015

ISTIQLOLIMIZ, FAXRU IFTIXORIMIZ TIMSOLI

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

...1992 yil 2 iyul. Prezidentimiz Islom Karimov «Ozbekiston Respublikasining Davlat gerbi togrisida»gi qonunga imzo chekdi. Xalqimiz ozi istagan va tanlagan yol erkin, ozod va obod, farovon hayot barpo etish yolida yana bir muqaddas timsolga ega boldi. Bu bilan mamlakatimiz mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Ozbekiston xalqi oz qadr-qimmatini, gururini, tarixi va milliy qadriyatlarini chuqurroq anglay boshladi.

Ha, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yangi davlat, yangi jamiyat qurish yolidagi islohotlar jarayonida xalqimizning milliy gururini kotarishga, ozod va obod Vatan barpo etishga bolgan intilishi, shijoatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz ramzlari, jumladan, gerb loyihasi ishlab chiqilib, keng muhokamalar asosida qabul qilingani bu borada muhim ishlardan biri boldi.

Shundan etiboran davlatimiz gerbi tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qogoz va tanga pullarda, qimmatli qogozlar va fuqarolik pasportida hamda qonunda belgilangan boshqa hujjatlardan joy olmoqda.

Ozbekiston gerbi davlatimiz chegaralarida ornatildi.

Ajdodlarimiz davlat tamgasini azaldan muqaddas bilgan. Mahmud Qoshgariy Devonu lugotit turk asarida tamgani podshohning hukmdorlik muhri, deb izohlagan. Sohibqiron Amir Temur tamgasida Kuch — adolatda yozuvi muhrlangan. Ulug bobomiz saltanat asosini ana shu hikmat asosiga qurgan. Bularning barchasi davlat tamgasi xalqimiz hayoti va milliy davlatchilik tariximizda ozodlik, gurur-iftixor va or-nomus timsoli bolganidan dalolatdir.

Gerbimizdagi har bir rang, chiziq, belgi chuqur ramziy manoga ega. Baland toglar orasidan oqayotgan daryolar hayot boqiyligi ramzi bolsa, gerbning sol tomonidagi bugdoy boshoqlari rizq-rozimiz butunligini, ong tomonidagi qiygos ochilgan paxta yurtdoshlarimiz qalbi, niyati pokligini, beqiyos boyliklarimizni aks ettiradi.

Gerbning yuqori qismida mamlakatimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Musamman ichidagi yarim oy qolga kiritilgan mustaqilligimizni, yulduz xalqimiz hamisha komillikka intilishi va saodatga eltuvchi yolni tanlaganini bildiradi. Bu timsollar milliy anana va qadriyatlarimizning boqiyligi, manaviyatimiz yuksakligi, iroda va etiqodimiz mustahkamligi ramzidir.

Davlatimiz gerbida gullagan vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasviri zaminimizning serquyoshligiga, xalqimiz intilayotgan nurafshon manzillarga ishoradir.

Gerbning markazidagi qanotlarini keng yoyib turgan Humo qushi qadimdan baxt va davlat qushi, erk, saodat, himmat, olijanoblik, omad timsoli hisoblangan. Hazrat Alisher Navoiy Lisonut-tayr dostonida Humoni baxt va iqbol, ezgulik va ulugvorlik keltiruvchi qush sifatida tasvirlagan.

Davlatimiz gerbining pastki qismida, bayrogimizni eslatuvchi chambar bandida zarhal harflar bilan barchamiz uchun aziz va muqaddas bolgan Ozbekiston sozi bitilgan.

Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning shanu shavkati, gururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini ozida mujassam etadi. U oliy saodat istiqlolimiz ramzi, ozini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbaidir.

Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganidek, davlatimiz ramzlari bayroq, gerb, madhiya Ozbekiston xalqlarining shon-sharafi, gururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini ozida mujassamlashtiradi, mana shu ramzlarni ezozlash ozining, oz mamlakatining qadr-qimmatini bilgan har qaysi insonning muqaddas burchidir.

Ozbekiston Respublikasining Davlat gerbi togrisidagi qonunda ham mamlakatimiz fuqarolari, Ozbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart ekani belgilab qoyilgan. 2010 yil 25 dekabrdan kuchga kirgan Ozbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonunda davlatimiz gerbidan foydalanish qoidalari yanada mustahkamlangan.

...Gerbimizni har gal korganda, uning yuksak mano-mazmunidan cheksiz gurur tuyamiz. Chunki Ozbekiston gerbi davlatimiz suverenitetini ifodalaydigan, xalqimiz or-nomusi va shanini mustahkamlaydigan muqaddas timsoldir. Zotan, oz qadr-qimmatini, tayanchi va suyanchini anglagan xalq oz milliy timsollarini hamisha ezozlaydi, manaviyati butun xalqni hech qanday kuch ozi tanlagan yoldan chalgita olmaydi.

Dilshod KARIMOV,

OzA sharhlovchisi.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: