O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2015

MILLIY QADRIYATLARIMIZ BEBAHO BOYLIGIMIZ

Nargiza USANBOYEVA, «Madaniyat va ma’rifat» telekanali katta muharriri:

Prezidentimizning Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan goyalarni hamkasblarimiz katta qiziqish bilan organib, ozlariga tegishli xulosalar chiqarib olishmoqda.

— Osha kuni Milliy akademik drama teatrida tabrikni hayajon bilan tingladim. Songra gazetadan qayta-qayta oqib chiqdim, zimmamizda turgan vazifalar qanchalik muhimligi, kolami qanchalik kengligini yanada chuqurroq angladim. Tabrikda avvalo jurnalist mehnatining jamiyatdagi ahamiyati etirof etildi, bugun biz jurnalistlar oldida turgan ustuvor masalalar belgilab berildi.

Togrisini aytganda, tabrikni men oz faoliyatimiz uchun dasturulamal, deb hisoblayman. Mana, unda bildirilgan bir fikrga etibor qarataylik. Mamlakatimiz rahbari biz moddiy tomondan rivojlangan mamlakatlardan balki hozircha biroz orqadadirmiz, lekin manaviy jihatdan manaman degan davlatlardan otib ketganmiz, degan fikrni yana bir bor takrorladi.

Darhaqiqat, bugun dunyoning taniqli ziyolilari, olimlari, davlat arboblari tan berayotganidek, ota-onaning farzandlariga, farzandlarning ota-onaga mehri, hurmati, aka-uka, opa-singil ortasidagi ahillik, oqibat, qoni-qoshnichilik, yordamga muhtojni qollab-quvvatlash kabi milliy qadriyatlarimiz xalqimizning yuksak manaviy fazilatlaridan darak beradi.

Prezidentimiz oz tabrigida biz jurnalistlarga murojaat qilib, ana shu bebaho boylikni qoldan chiqarmaslik, yoshlarimizga yetkazish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasiga etiborimizni qaratdi. Bu sozlar har birimizni oz ishimizga tanqidiy yondashib, zimmamizdagi vazifalarni qanchalik darajada bajarayotganimiz xususida oylab korishga davat etadi.

Bu haqda gap ketganda, qilingan ishlarimizdan kora, qilinmagan ishlarimiz kopligini tan olishimiz kerak, deb oylayman. Ozimiz bir oylab koraylik, manaviyat masalasiga Yurtboshimiz nega bunchalik etibor qaratmoqda? Yuksak manaviyat yengilmas kuch, deganda nimalarga suyanib bu goyani ilgari surmoqda? Manaviyatimizni uluglashga, avaylab-asrashga, butun jamoatchilik etiborini tortayotganining sababi nimada? Yoki Ozteleradio kompaniyasida Madaniyat va marifat telekanalini ochishdan kozlangan maqsad va vazifalar nimalardan iborat edi?..

Bu haqda oylasak, aynan ushbu savollar zamirida bajaradigan vazifalarimiz turganini anglaymiz. Bugun dunyo tez ozgarib, kuchli davlatlarning manfaatlar toqnashuvi kuchayib, har xil siyosiy oyinlar, axborot xurujlari avj olayotgan, ommaviy madaniyat degan ofat yoshlarimiz manaviyatiga tahdid solayotgan bir sharoitda manaviy-marifiy tarbiya har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham biz yosh avlodni ilm-fan, sanat, sport sohalariga qiziqishini oshiradigan, xalqimizning boy madaniy-marifiy merosini asrab-avaylash va yanada boyitishga qaratilgan yuksak saviyadagi teledasturlar, eshittirishlar tayyorlashni ustuvor vazifa, deb bilamiz. Tabrikda ilgari surilgan vazifalarni bajarishni, xalqimiz manfaatini himoya qilishni, yuksak burchimiz, deb hisoblaymiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: