O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.06.2015

HOKIMLAR XALQ VAKILLARI OLDIDA HISOB BERADI

Mamlakatimizda vakillik hokimiyati vakolatlarini yanada kengaytirish, davlat boshqaruvida nodavlat notijorat tashkilotlar rolini oshirish, ijro hokimiyati ustidan ularning nazoratini kuchaytirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Buni milliy qonunchiligimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qoshimchalar misolida ham korayapmiz. Yaqinda «Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oz kuchini yoqotgan deb topish togrisida» qonun qabul qilindi. Unga kora, Mahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonunga yangi modda kiritildi.

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti katta oqituvchisi, yuridik fanlar nomzodi Shavkat Nazarov bilan shu xususida suhbatlashdik.

— Bugungi kunda mamlakatimizda davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda, deydi u. Bunga 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)gi qonuni misol bola oladi. Mazkur Konstitutsiyaviy qonun bilan Konstitutsiyaning 103-moddasiga viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etishi, ular boyicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishi bilan bogliq band kiritilgan edi. Biroq unda hokimlar tomonidan hisobotlar aynan qaysi muddatlarda berilishi aniq korsatilmagandi.

2015 yil 9 iyundagi Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oz kuchini yoqotgan deb topish togrisidagi qonunga kora, 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan Mahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonun 25-modda bilan toldirilishi esa aynan mana shu masalaga oydinlik kiritdi.

Mazkur ozgartish va qoshimchalar hokimlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etishlari tartibini belgilab berishi bilan ham ahamiyatlidir. Shu bois qonunchiligimizga kiritilgan ushbu ozgartish va qoshimchalar soha mutaxassislari, huquqshunos olimlar hamda keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Qonunga muvofiq, viloyat, tuman, shahar hokimlarining har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etishi qatiy belgilandi.

Shu bilan birga, viloyat, tuman, shahar hokimlarining hisobotlari tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning otgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga moljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan majlisida eshitilishi hamda mazkur majlis viloyatlarda va Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi otkazilganidan keyin on kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatlarda tegishli majlislar otkazilganidan keyin on kundan kechiktirmay otkazilishi belgilab qoyildi.

Viloyat, tuman, shahar hokimlarining hisobotlarini eshitishga Oliy Majlis Senati azolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi azolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari va vakillari, tegishli viloyat, tuman va shahar hokimlari, viloyat, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bolinmalarining rahbarlari taklif etiladi.

Asosiysi, hisobotni eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlari, fuqarolar ozini ozi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi ham qonun bilan mustahkamlandi.

Hokimlarning xalq deputatlari Kengashi oldida hisob berishi vakillik hokimiyati zimmasiga qanday vazifalar yuklaydi?

Vakillik hokimiyatini siyosiy partiyalardan saylangan deputatlar tashkil etadi. Demak, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylangan deputatlar oz faoliyati davomida avvalo nomzodi korsatilgan siyosiy partiyaning manfaatlarini ifoda etadi.

Bundan korinib turibdiki, siyosiy partiyalar ozlarining xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi deputatlari orqali hokimlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan bergan hisobotini eshitish bilan tegishli hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishiga kompleks baho beradi. Shu orqali fuqarolarning davlat boshqaruvida bilvosita ishtirok etishi yanada tolaroq taminlanadi.

Hisobotni muhokama qilishda Vazirlar Mahkamasi va xalq deputatlari viloyat Kengashi majlislarida berilgan baho va belgilangan vazifalar hisobga olinadi. Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari boyicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinadi hamda ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek, qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazorat ornatish boyicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

Qonunda mazkur qaror va hokimning hisoboti rasmiy nashrlarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining veb-saytlarida elon qilinishi shart ekanligi alohida korsatilgan. Bu esa Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi qonun ijrosini taminlashda ham muhim orin tutadi.

Hisobotlarni eshitishda nodavlat notijorat tashkilotlar, xususan, siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etishining ahamiyati xususida toxtalsangiz.

Hisobotlarni eshitishda nodavlat notijorat tashkilotlar, xususan, siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etishining ahamiyatini tushunish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi ornini belgilovchi jihatlarga etibor qaratish lozim, deb oylayman. Yani, nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarda sodir bolayotgan voqea-hodisalarga togri baho bera olish qobiliyatini shakllantiradi, ularni siyosiy jarayonlarda bevosita va bilvosita ishtirok etishga tayyorlaydi, jamoatchilik fikrini shakllantirish va ifoda etish orqali davlat organlarini jamiyat manfaatlariga mos keladigan qarorlar qabul qilishga undaydi, jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlari hamda demokratik qadriyatlarni himoya qiladi. Bu esa ijtimoiy, madaniy, marifiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan jamiyat oldiga qoyilgan maqsadlarga erishishda muhim orin tutadi.

Hozirgi kunda jamiyatni demokratlashtirish va isloh qilish sharoitida siyosiy partiyalar muhim funksiyalarni amalga oshirmoqda. Siyosiy partiyalarning asosiy vazifasi alohida olingan fuqarolar, ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini birlashtirib, ularni oylantirayotgan masalalarni tizimli asosda hal etishdan iboratdir.

Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligi nuqtai nazaridan qaraganda, hisobotlarni eshitishda nodavlat notijorat tashkilotlar, xususan, siyosiy partiyalarning ishtirok etishi dolzarb ahamiyat kasb etadi...

Xulosa qilib aytganda, Ozbekiston demokratik tamoyillarga asoslangan, kuchli fuqarolik jamiyati qurish yolida muhim qadamlar qoymoqda. Demak, ijro hokimiyati faoliyati ustidan xalq vakillarining doimiy nazorat ornatishi, hisobotlarini eshitib borishi bu yonalishdagi ishlar samarasini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shu manoda qonunchilikka kiritilgan ushbu ozgartish va qoshimchalar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: