O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.06.2015

MUALLIM VA MUHARRIR QOLNI QOLGA BERSA,

malakali jurnalist kadrlar tayyorlash samarasi yanada yuqori bo‘ladi

Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti, Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida otkazilgan matbuot anjumani malakali jurnalist kadrlar tayyorlash masalasiga bagishlandi.

— Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari soni kundan-kunga ortib boryapti, deydi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Ibrohim Halimbekov. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida bir necha yonalishda telekanallar tashkil etildi, koplab nashriyotlar, gazetalar, internet saytlari ochilmoqda Bu esa oz navbatida, jurnalist kadrlarga bolgan ehtiyoj yanada ortishiga sabab bolmoqda. Yil boshidan beri har ikkala universitetlar jurnalistika fakultetlarida suhbatlar otkazdik. Oylaymanki, bugungi matbuot anjumani ham malakali jurnalist kadrlar tayyorlash yolidagi muhim qadamlardan biri boladi.

Jurnalistlarimizning jamiyatda tutgan orni tobora yuksalib bormoqda, deydi OzMU oquv ishlari boyicha birinchi prorektori Shuhrat Sirojiddinov. Bu esa milliy jurnalistikamiz, jurnalist kadrlar tayyorlanadigan oliy oquv yurtlari zimmasiga ham juda katta mas’uliyat yuklaydi. Dunyo axborot maydonida globallashuv kuchayib borayotgan bir sharoitda sodir bolayotgan voqealarga tez va xolis munosabat bildira oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash zimmamizda turgan muhim vazifa sanaladi.

Yaqinda OzMU jurnalistika fakultetining yangi binosi qurib foydalanishga topshirildi. Bu yerda talabalarning bilim olishlari, organganlarini amalda sinab korishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yil fakultetni 131 nafar jurnalist (76 nafar bakalavr, 20 nafar magistr hamda 35 nafar oliy jurnalistika kursi bitiruvchilari) tugallashi kutilmoqda. Ishonamizki, ular mamlakatimiz OAVda oz ornini topadi.

Bugun shiddat bilan ozgarayotgan dunyoda yashayotgan jurnalistlar har tomonlama kuchli, tezkor va albatta, xolis bolishi zarur, deydi OzDJTU manaviy-marifiy ishlar boyicha prorektori Norpolat Mamadov. Buning uchun ularga kuchli bilim berilishi, shuningdek, oliy oquv yurtlari bilan OAV ortasida mustahkam aloqani yolga qoyish kerak.

Jurnalist kadrlar tayyorlash borasida xorij tajribasini organishimiz va amalga tatbiq qilishimiz yaxshi natija beradi. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida xizmat qilayotgan koplab xodimlar xorij davlatlarida bolib tajriba oshirib qaytishmoqda. Nazarimda bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish va yanada kuchaytirishimiz zarur.

Mamlakatimizda har tomonlama yetuk jurnalist kadrlar tayyorlash juda muhim vazifa hisoblanadi, deydi OzMU jurnalistika fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mahliyo Mirsoatova. Buning uchun talabalarning amaliyot otashini yuksak saviyaga kotarish kerak. Amaliyot rahbarlari ham nazoratni kuchaytirishlari zarur. Ilgari talabalar yozgi amaliyotni otash uchun ozi tugilib osgan joylarga yuborilardi va amaliyot otagani haqidagi malumotnomani olib kelardi. Ular aslida amaliyot otaganmi yoki yoqmi, buni bilish qiyin edi. Biz yaqindan boshlab viloyat va tumanlarda faoliyat korsatayotgan OAVlar bilan aloqani yolga qoydik. Ular bilan doimiy ravishda boglanib turibmiz va talabalarimiz amaliyotni qanday otayotganini nazorat qilyapmiz.

Bugungi kunga kelib jurnalistika axborot texnologiyalari kommunikatsiyalari bilan chambarchas boglanib ketdi, deydi OzDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Akbar Nurmatov. Internet jurnalistikaning tortinchi yonalishi bolish bilan birga, matbuot, radio va televideniyeni ozida jamlay olgani bilan ahamiyatli. Bugun internet orqali gazetalarni oqish, radio tinglash va telekorsatuvlarni korish imkoniyati bor.

Jurnalistika sohasida deyarli har kuni yangilanishlar, ozgarishlar bolmoqda. Bugungi davr yoshlarining savollariga javob berish, ularga yuksak saviyada dars otish uchun oqituvchining ham malakasi yuqori bolishi zarur. Otgan vaqt mobaynida fakultetimizda ingliz, nemis, arab, ispan, xitoy, yapon va boshqa xorijiy tillarni biladigan, zamonaviy fanlardan xabardor yuzlab mutaxassislar yetishib chiqdi. Biz ularning soni yanada kop bolishini istaymiz.

Bugungi kunda oliy oquv yurtlari va OAV ortasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash kerakligini hech qaysimiz inkor qilolmaymiz. Aksariyat talabalar amaliyot otalishi belgilangan vaqtdagina tahririyatlarga borib, qolgan vaqtini behuda otkazayotgani ham sir emas. Buyuk mutafakkir Saidrizo Alizoda «Muallim ila muharrir millatning ikki qolidir» degan edi. Millatning qoli boladigan muharrir faqat va faqat tahririyatda shakllanadi. Buning uchun muallimlar ularni nazorat qilishi, amaliyotdan tashqari ham tahririyatlarga qatnashishni taminlashi zarur.

Men ham OzMU jurnalistika fakultetida oqiganman. Dastlab bakalavr bosqichida, songra magistraturada tahsil oldim. Birinchi kursdan boshlab, Ozbekiston ovozi gazetasida ishlay boshladim. Bu men uchun juda katta tajriba maktabi boldi. Maqola yozish, uni tahrir qilish borasida kop narsa organdim, orgatyapman. Demak, mazkur tajribani OAV izchil davom ettirsalar, oz yonalishlari boyicha ixtisoslashgan kadrlar muammosini ham hal etgan bolishardi.

Biz globallashuv asrida yashayapmiz. Shunday ekan, hozirgi davr jurnalisti nafaqat yaxshi maqola yoza olishi, balki komputer texnologiyasini, chet tillarni, internet tizimini chuqur bilishi kerak.

Shiddat bilan ozgarib borayotgan siyosiy jarayonlar, geosiyosiy manfaatlar toqnashuvi tobora kuchayib borayotgani bizdan chuqur bilim, jurat va jasoratni talab qilmoqda.

Temur AZAM,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: