O'zb  
 
16.06.2015

OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15 iyun kuni Oqsaroyda Xalqaro olimpiya qomitasi prezidenti Tomas Bax va Osiyo milliy olimpiya qomitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad al-Sabohni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni qutlar ekan, Ozbekiston bilan Xalqaro olimpiya qomitasi va Osiyo olimpiya kengashi ortasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda yosh avlodni soglom va barkamol etib tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Mustaqil fikrlaydigan, kuchli irodali, dunyoqarashi keng avlod voyaga yetmoqda. Sport talim tizimining uzviy qismi sifatida rivojlanmoqda. Yoshlar, xususan, qizlar sportga keng jalb etilmoqda.

Ozbekiston mustaqillikning ilk yillaridan olimpiya harakatini qollab-quvvatlab keladi, uning faol azosi hisoblanadi. 1992 yilda Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi tuzilgan va 1993 yil sentabrda Xalqaro olimpiya qomitasiga azo bolgan. Mamlakatimiz yozgi va qishki Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oyinlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Xalqaro olimpiya qomitasi prezidenti Tomas Bax tinchlik-osoyishtalik, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot, talim va yoshlar masalasiga etibor sport rivojida muhim ahamiyat kasb etishini, ana shunday muhit va sharoit tufayli Ozbekistonda sport jadal rivojlanib borayotganini alohida takidladi.

Uchrashuvda Ozbekistonda jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy asoslari takomillashtirilgani, jismoniy-soglomlashtirish mashgulotlari aholi ortasida keng ommalashgani, sohani moliyalashtirish, kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish tizimi yuksalgani, moddiy-texnik baza mustahkamlangani qayd etildi. Mamlakatimizda barcha texnik va uslubiy vositalar bilan taminlangan, professional murabbiylarga ega 80 dan ortiq sport federatsiyasi faoliyat yuritmoqda.

Mamlakatimizda, jumladan, eng chekka hududlarda 51 mingdan ortiq sport inshooti barpo etilgan. Dunyoning eng yaxshi sport arenalaridan qolishmaydigan sport majmualari va zallari, sportning koplab turlari boyicha markaz va seksiyalar ishlab turibdi.

Ozbekistonda talim tizimiga yonaltirilayotgan yillik davlat xarajatlari dunyoda eng yuqori korsatkichlardan biri hisoblanadi, yani ushbu korsatkich davlat byudjetining 35 foizidan oshadi. Bu har jihatdan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan ulkan etiborning amaliy tasdigidir.

2002 yilda tashkil etilgan Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi mamlakatimizda sportni keng rivojlantirishda muhim orin tutmoqda.

Prezidentimizning 2013 yil 25 fevraldagi “Ozbekiston sportchilarini 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bolib otadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya oyinlariga tayyorlash togrisida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimiz sportchilari ushbu nufuzli musobaqalarga puxta hozirlik kormoqda.

Uchrashuvda Ozbekiston Prezidentiga sportni va olimpiya harakatini rivojlantirishdagi buyuk xizmatlari uchun Xalqaro olimpiya qomitasining medali, shuningdek, Ozbekistonda va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qoshgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashining mukofoti topshirildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: