O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.03.2012

Nomiga otkazilayotgan tadbirlar

«Adolat» SDPning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga xizmat qiladimi?..

Deputat — el ishonch bildirgan odam. U faol va tashabbuskor bo‘lsa, elektorat undan minnatdor bo‘ladi. Ayni chog‘da hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji tezlashadi, bu borada hayotiy taklif va tashabbuslar ko‘payadi.

Ammo siyosiy partiyalarning mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari odamlarning og‘rini yengil qilish, mahalliy ijro hokimiyati e’tiborini hududlardagi muammolarga qaratish o‘rniga, yuzaki tadbirlar bilan shug‘ullansa, imkoniyatni boy beradi, o‘ziga bildirilgan yuksak ishonchni oqlay olmaydi. Bugungi deputat katta huquq va vakolatga ega. Joylarda davlat va mahalliy rivojlanish dasturlari ijrosini ta’minlashga munosib hissa qo‘shish, elektorat manfaatini samarali himoya qilish uning burchi hisoblanadi. Bunga loqayd qaragan deputat yoki deputatlik guruhi tashabbus bilan chiqa olmaydi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif bildirolmaydi.

Sirdaryo viloyat Kengashidagi «Adolat» SDP deputatlik guruhi faoliyatini bunga misol qilib keltirish mumkin. O‘tgan yili viloyat Kengashining 6 ta sessiyasi bo‘lgan. Ularga O‘zXDP deputatlik guruhi 2 ta («Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlik guruhlarining aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarni tashkil etishdagi ishtiroki to‘g‘risida», «Inqirozga qarshi choralarning 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Dasturi asosida Sirdaryo viloyati Guliston va Yangier shaharlari dorishunoslik va sanoat korxonalariga yangilanish jarayonlari, yangi texnika va texnologiyalarning joriy etilishi va modernizatsiyalashda O‘zbekiston XDPdan saylangan deputatlarning roli to‘g‘risida») masala kiritgan. Biroq «Adolat» SDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan partiyaning Saylovoldi dasturidan kelib chiqib, biron-bir taklif kiritilgan emas. Deputatlik guruhi rahbari xalq deputatlari viloyat Kengashi raisiga shu yil 11 fevralda yo‘llagan hisobot xatida buni ochiq tan oladi. Unda, xususan, shunday deyiladi: «...deputatlik guruhi tomonidan Davlat dasturlarining, qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta’minlashga yetarlicha e’tibor qaratilmadi. Joylardagi deputatlarimiz ham o‘z vakolatidan unumli foydalana olmadilar. Joylardagi muammolarni bartaraf etish uchun so‘rov xatlari bilan chiqib, faollik ko‘rsatmadilar...».

Deputatlik guruhi rahbari «Inqirozga qarshi choralarning 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan dasturini so‘zsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’ulligi to‘g‘risida»gi Senat qarorining, shuningdek, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan Asab va ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, viloyat sil kasalliklar shifoxonasi, Xovos tumanidagi elektr tarmoqlari korxonasida va boshqa hududlarda uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilganini qayd etadi.

Endi o‘ylab ko‘raylik, deputatlik guruhi rahbari ta’kidlaganidek, uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazish Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda amaliy ishtirok etish bo‘ladimi?..

«Adolat» SDP rahbarlarining o‘z nashridagi chiqishlarida esa «bu katta yutuqlarimiz», «zalvorli yutuqlarimiz», «qisqa muddatda katta ishlar qildik...» kabi balandparvoz gaplar tez-tez uchraydi. Partiyalararo bahsga kelganda ham «adolatchi»lar elektoratga foydasi tekkan muhim tadbirlarni emas, balki turli yig‘ilishlarni sanab, kamchiliklardan ko‘z yumushga harakat qiladi.

Vaholanki, «Adolat» SDPning Saylovoldi dasturiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini bozor iqtisodiyoti asosida modernizatsiya qilish, uni innovatsion-texnologik jihatdan qayta jihozlash, qishloqda infratuzilmasini yanada rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish kabi qator masalalar partiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Bunda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan bozor islohotlari samaradorligi va qishloq mehnatkashlarini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishda muvozanatni ta’minlash, qishloqda dehqonga ijtimoiy-iqtisodiy paketdan imkon qadar foydalanishni kafolatlaydigan mehnat munosabatlarini huquqiy himoyalashni yanada kuchaytirish, ta’lim muassasalarini tamomlagan va ishga qishloq xo‘jalik korxonalari bilan shartnoma asosida qabul qilingan yosh mutaxassislarga g‘amxo‘rlik qilish, qishloq hududlarini ijtimoiy obodonlashtirish asosiy yo‘nalishlar sifatida qayd etilgan.

Qishloqlar rivojida, aholining turmush farovonligi oshishida bu vazifalar ijrosi muhim, albatta. Ammo hududiy partiya tashkilotlari, mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari faoliyatini kuchaytirmagan, bu borada aniq reja asosida ishlamagan partiya bunga erisha oladimi, odamlar ishonchini qozonadimi?..

Bu savollar «adolat»chilarni unchalik tashvishga solmayotganga o‘xshaydi.

To‘lqin TO‘RAXONOV,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: