O'zb  
 
30.05.2015

OZARO ISHONCH MUSTAHKAM HAMKORLIKNING ASOSIY OMILIDIR

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 27-29 may kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida boldi.

Tashrifning asosiy rasmiy tadbirlari 28 may kuni bolib otdi.

Prezidentlar avval tor doirada, songra kengaytirilgan tarkibda ochiqlik, ozaro ishonch va amaliy ruhda otgan muzokaralar chogida ikki tomonlama va kop tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama etdilar.

Koreya Respublikasi tomoni Islom Karimov Ozbekiston Prezidenti etib qayta saylanganidan keyin davlat tashrifi bilan birinchi bolib Janubiy Koreyaga kelgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu mamlakatlarimiz ortasidagi serqirra hamkorlik kolami va uni yanada kengaytirish istiqbollaridan, shuningdek, Ozbekiston kop tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishga katta ahamiyat qaratayotganidan dalolatdir.

Tomonlar ushbu tashrif oliy darajadagi an’anaviy muloqotlarning mantiqiy davomi bolganini va hamkorlikning barcha yonalishlari boyicha ozaro hamjihatlikka yanada katta ahamiyat berish borasida ikki mamlakatning siyosiy xohish-irodasini namoyon qilganini, bu xalqlarimiz manfaatlariga mos ekanini takidladi.

Prezidentlar ozaro ishonch — mustahkam hamkorlikning eng muhim omili ekanini alohida qayd etdilar.

Samarali va amaliy ruhda otgan muzokaralar ozaro hamkorlikning barcha yonalishlari, shuningdek, muhokama etilgan mintaqaviy va xalqaro siyosiy muammolar boyicha pozitsiya va yondashuvlar yaqinligini tasdiqladi.

Ozbekiston Respublikasi Koreya Respublikasining Koreya yarimoroli va umuman, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi har tomonlama chuqur oylangan, tinchlikparvar va vazmin tashqi siyosatini qollab-quvvatlaydi.

Ozbekiston Koreya Respublikasi Prezidenti tomonidan otgan yili Drezden shahrida ilgari surilgan ikki Koreya davlati ortasidagi munosabatlarni yaxshilash hamda Koreya yarimorolining yadro qurolidan xoli maqomini taminlashga qaratilgan izchil va pragmatik «Tinchlik yoli bilan birlashish tashabbusi»ni maqullaydi.

Globallashuv asrida barcha davlatlarning bir-biriga bogliqligi inobatga olingan holda, tomonlar Janubiy Koreya rahbariyati ilgari surgan Evroosiyo tashabbusi dolzarbligini qayd etdi va ushbu tashabbusni qadimiy Buyuk ipak yolini zamonaviy sharoitlarda qayta tiklashga qoshilgan muhim hissa sifatida etirof etdi.

Tomonlar mazkur loyihani iqtisodiy hamkorlik va transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning mavjud va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan xalqaro va mintaqaviy dasturlar bilan uzviy boglash zarurligini qayd etdi.

Prezidentlar Markaziy Osiyoda suv resurslarini ozlashtirish va ulardan foydalanish masalasini mintaqadagi barcha davlatlar manfaatlaridan kelib chiqib, umumetirof etilgan xalqaro huquq normalariga muvofiq maslahatlar otkazish orqali hal etish kerakligini takidladi.

Koreya Respublikasi rahbariyati Ozbekiston Respublikasiga Koreya Respublikasi Markaziy Osiyo hamkorlik forumini rivojlantirish va uning doimiy ishlovchi kotibiyatini tasis etish masalasini qollab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar parlamentlararo, jumladan, qonunchilik organlarida faoliyat olib borayotgan assotsiatsiyalar va dostlik guruhlari orqali amalga oshirilayotgan hamkorlik munosabatlarini yuksak baholadi.

2014 yilda ikki mamlakat ortasida uzoq muddatli ozaro hamkorlikning istiqbolli sohalari belgilangan Strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish togrisidagi qoshma deklaratsiyaning imzolangani muhim voqea boldi.

Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy sohalardagi hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning muhim tarkibiy qismidir.

Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe investitsiya sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama etish doirasida Ozbekiston Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyodagi eng yirik sherigi ekani va Ozbekiston mustaqillikka erishganidan song otgan 20 yildan ortiq vaqt davomida barqaror va izchil rivojlanib, ulkan muvaffaqiyatlarni qolga kiritayotganini takidladi.

Janubiy Koreya tomoni Ozbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikka erishilgani, qulay investitsiya muhiti yaratilgani, talim sohasi, infratuzilmani rivojlantirish, sanoatni modernizatsiya qilish, zamonaviy qishloq xojaligini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va chuqur tarkibiy ozgarishlarni yuksak baholadi. Koreya Respublikasi rahbarining takidlashicha, global iqtisodiyotda murakkab vaziyat yuzaga kelganiga qaramasdan, Ozbekistonda iqtisodiy osish suratlari keyingi on yilda 8 foizdan ziyodni tashkil etayotgani tahsinga loyiqdir.

Janubiy Koreya Prezidenti mamlakatlarimiz iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, toqimachilik, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa koplab sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega ekanini takidladi.

Pak Kin Xe Koreya Respublikasi hukumati Ozbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirokini har tomonlama ragbatlantirishini qayd etdi.

Tomonlar tovar ayirboshlash hajmi barqaror yuksalib borayotgani va songgi yillarda bu korsatkich muntazam 2 milliard AQSh dollaridan oshayotganini takidladi. Shu munosabat bilan Janubiy Koreya tomoni Ozbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida Koreya Respublikasi biznesining yirik savdo-investitsiya sherigi hisoblanishini qayd etdi. Ozbekiston tomoni, avvalo, Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan zamonaviy yuqori texnologiyalarni jalb etish tarafdori ekanini alohida takidladi.

Muzokaralar yakunida Prezidentlar barcha yonalishlardagi ozaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari belgilab berilgan Qoshma deklaratsiyani imzoladilar.

Umuman, tashrif doirasida va bolib otgan Ozbekiston Koreya biznes-forumi yakunlari boyicha 60 bitim va shartnoma imzolandi. Ularning 55 tasi savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-texnik hamkorlik sohasiga taalluqlidir. Investitsiyaviy hamkorlik sohasida 34 bitim, jumladan, neft-kimyo va kimyo sohasida 5 loyiha, avtomobil sanoatida 9, elektrotexnika sohasida 5 loyiha imzolandi. Ushbu bitimlar uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash, metanol va olefin olish uchun tabiiy gazni qayta ishlash boyicha eng zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, azot kislotasini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, uch rusumdagi mashhur yangi zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarishni yolga qoyish, yangi avlod avtomobil dvigatellari, transmissiyalari va butlovchi qismlari ishlab chiqarishni ozlashtirish, zamonaviy maishiy elektrotexnika buyumlari ishlab chiqarish boyicha istiqbolli loyihalarni qamrab olgan.

Farmatsevtika sohasida imzolangan 7 loyihada onkologik, endokrin, oftalmologiya, nafas olish organlari va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolash uchun preparatlar ishlab chiqarish kozda tutilgan.

Moliyaviy hamkorlik Ozbekiston Janubiy Koreya munosabatlarining ustuvor yonalishi hisoblanadi. Tashrif doirasida bu borada Janubiy Koreyaning imtiyozli kredit resurslarini jalb etish boyicha 7 bitim imzolandi. Sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish dasturlari doirasida ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun Koreya Respublikasi banklarining umumiy qiymati 2,9 milliard dollarlik uzoq muddatli investitsiya kreditlarini jalb etish boyicha 6 bitim, EDCF fondining 33 million dollarga teng imtiyozli kreditini jalb qilgan holda, Maktab talimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish loyihasini moliyalashtirish boyicha zayom bitimi ham imzolandi.

Ozbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi ortasida EDCF fondi liniyasi boyicha imzolangan 2015-2019 yillarga moljallangan hamkorlik dasturida qiymati 415 million dollarlik uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb etish orqali 6 loyiha, shu jumladan, Toshkent shahrida IV darajali zamonaviy kop tarmoqli, yuqori darajada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini, elektron hukumat tizimi malumotlarini qayta ishlaydigan davlat markazini tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida suv resurslarini boshqarish tizimini joriy qilish loyihalarini hayotga tatbiq etish kozda tutilgan.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan 2015-2017 yillarga moljallangan hamkorlik dasturi qiymati 58 million dollar bolgan grantlarni jalb etish orqali 11 loyihani amalga oshirishni nazarda tutgan. Toshkent aeroportini modernizatsiya qilish va yangi xalqaro terminal barpo etish loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, quriladigan IV darajali zamonaviy kop tarmoqli klinikalar uchun yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash va tibbiyot uskunalariga xizmat korsatish markazlarini, Xorazm va Fargona viloyatlarida texnik mutaxassisliklar boyicha kadrlar tayyorlash markazlarini tashkil etish, zamonaviy axborot-resurs markazini qurish va jihozlash, elektron oqitish tizimini joriy etish hamda oquv-ilmiy laboratoriyalarni jihozlash orqali Toshkent axborot texnologiyalari universitetini rivojlantirish loyihalari shular jumlasidandir.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida Ozbekistondan Janubiy Koreyaga paxta tolasi, rangli metallar, avtomobil kabellari, mineral ogit, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar yetkazib berish boyicha yirik eksport shartnomalari imzolandi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe Janubiy Koreya kompaniyalari Ozbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini takidladi va Ozbekiston uchun yangi, birinchi navbatda, qayta ishlash sanoati sohasidagi ustuvor loyihalar royxatini tuzish hamda ularni birgalikda amalga oshirish masalalarini korib chiqishni taklif etdi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti yaqinda tasdiqlagan sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish, davlat korxonalarini korporativ boshqarish va xususiylashtirish tizimini takomillashtirish dasturlari bu borada huquqiy asos bolib xizmat qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat tashrifiga tayyorgarlik korish doirasida 26 may kuni Seulda bolib otgan Ozbekiston Janubiy Koreya biznes-forumida Janubiy Koreyadan 300 nafardan ziyod kishi, jumladan, hukumat azolari, vazirlik va idoralar, yetakchi kompaniyalar, moliya institutlari, oliy oquv yurtlari, ekspert-tahlil markazlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Unda Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Choy Kyong Xvan sozga chiqib, Ozbekiston Markaziy Osiyodagi yetakchi hamkorimiz hisoblanadi va bu mamlakatga investitsiya kiritish mumkin va kerak. Ozbekiston bilan strategik hamkorlikni, avvalambor, mamlakatda amalga oshirilayotgan sanoatni yanada modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish boyicha strategik dasturlar, xususiylashtirish, ishbilarmonlik muhiti va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, korporativ boshqaruvni tubdan takomillashtirish dasturini qollab-quvvatlash orqali rivojlantirish va mustahkamlashga qatiy ahd qilganmiz, dedi.

Biznes-forumda Lotte Kemikal kompaniyasi prezidenti Xu Su Yong, Korean Eyr kompaniyasi prezidenti Chi Chang Xun, Ji Em Koreya kompaniyasi prezidenti Serjio Rocha, Samsung Elektroniks kompaniyasining katta vitse-prezidenti Ku In Choy, Eksimbank vitse-prezidenti Kim Yong Ki va boshqalar Ozbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat korsatish tajribasi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida maruza qildi.

Tashrif davomida madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qilish doirasida Toshkent shahrida Janubiy Koreya madaniyat va sanat uyini qurish hamda uning faoliyatini tashkil etish togrisida kelishib olindi. Bu Ozbekiston Janubiy Koreya dostligining yangi ramzi, xalqlarimiz ortasidagi ozaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlashga intilishning timsoliga aylanadi.

Pak Kin Xe Ozbekistonda yashayotgan koreys millati vakillariga korsatilayotgan etibor va gamxorlik uchun Janubiy Koreya xalqi nomidan minnatdorlik izhor etdi.

Xanjin kompaniyasi bilan Inxa universitetining Toshkent shahridagi filialida yangi Logistika fakultetini ochish togrisida kelishuvga erishildi.

Prezidentlar ushbu tashrif davomida davlat, hukumat va idoralararo imzolangan salmoqli hujjatlar Ozbekiston Janubiy Koreya ortasidagi strategik sheriklik asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini alohida takidladi.

Prezident Islom Karimov tashrif doirasida 29 may kuni Koreya Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Choy Kyong Xvan, Janubiy Koreya gaz korporatsiyasi prezidenti Li Jong Xo, Lotte grupp kompaniyasi raisi Shin Dong Bin, Lotte Kemikal kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Xu Su Yong, Xanjin grupp va Korean Eyr kompaniyasi raisi Cho Yang Xo, Koreya Respublikasi Eksport-import banki prezidenti Li Duk Xun va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti Kim Yong Mokni qabul qildi. Muzokaralar chogida iqtisodiy hamkorlik va qoshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi spikeri Chon Iy Xva va deputatlar bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishda tarixiy voqea bolib, ozaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga kotarishi shubhasizdir.

Anvar SAMADOV,

OzA maxsus muxbiri

Toshkent-Seul-Toshkent.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: