O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.05.2015

OZBEKISTON PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING

Seulga davlat tashrifi Koreya matbuotida keng yoritilmoqda

27-29 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boladi.

Ozbekiston jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramasdan songgi on yil mobaynida yiliga ortacha 8 foiz iqtisodiy osish korsatkichlariga erishib kelyapti. Bundan tashqari, mamlakat tabiiy gaz, paxta, uran, oltin kabi qimmatbaho boyliklarga ega bolib, Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan 30 milliondan ziyod aholiga ega ulkan bozor, temiryol va havo yollari orqali Yevropa va Osiyoni boglaydigan hudud, rivojlanish darajasi juda yuqori davlat hisoblanadi.

Islom Karimov Ozbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatimizga ilk marotaba 1992 yil iyun oyida tashrif buyurgan edi. Bu safargi davlat tashrifi esa hisob boyicha sakkizinchisi bolib, Ozbekiston rahbarining mart oyida bolib otgan umumxalq saylovlaridan song ilk davlat tashrifidir. Ozbekiston Prezidentining aynan bizning mamlakatimizni tanlaganligi Koreya Respublikasi va Ozbekiston ortasidagi strategik sheriklik hamda kop qirrali aloqalar rivojiga katta qiziqish bilan qarashidan dalolatdir deb ta’kidlanadi Koreya Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

28 may kuni ikkala davlat rahbarlari ortasida rasmiy uchrashuv bolib otishi, unda sanoat va infratuzilmalarni rivojlantirish, talim va madaniy aloqalarni yuqori bosqichga olib chiqish, Koreya yarimorolida tinchlikni saqlashga oid siyosatni qollab-quvvatlash va boshqa bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Koreya Respublikasining YTN, OBS, E-Today, Segye Ilbo, Herald Economic, E-Daily, Korea Economic, Yonhap News kabi bir qator ommaviy axborot vositalarida Islom Karimovning Koreya Respublikasiga tashrifiga oid koplab materiallar elon qilinmoqda.

Xususan, Yonhap News Agency shunday yozadi:

Prezident Pak Kin Xening Ozbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvida ozaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, ikkala tarafning ham manfaatlariga xizmat qiladigan sohalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Otgan yili iyun oyida Markaziy Osiyoning eng kop aholiga ega bolgan davlati — Ozbekistonda bolgan muzokaralar chogida ikki davlat rahbarlari gaz va quyosh energetikasi sohasida yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish borasida kelishib olgandi.

Ozbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida Janubiy Koreyaning eng katta savdo hamkori hisoblanadi. Shuni alohida takidlash joizki, mazkur mamlakatda koplab etnik koreyslar istiqomat qiladi.

Otgan yili ikki mamlakat ortasidagi savdo hajmi 1,9 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

Yonhap News Agency malumotlariga kora, 26 may kuni Seulda Ozbekiston va Janubiy Koreya davlatlarining biznes forumi bolib otgan. Unda ikki tomonlama iqtisodiy va korporativ hamkorlikni yanada kengaytirish yollari muhokama qilindi.

Shuningdek, forumda aytilishicha:

Prezident Islom Karimovning Koreya Respublikasiga davlat tashrifidan oldin otkazilgan mazkur anjumanda har ikki davlatning hukumat azolari hamda 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan.

Ozbekiston Koreyaning Markaziy Osiyodagi birinchi raqamli hamkori sanaladi, deydi Koreya Respublikasi Bosh vaziri orinbosari, strategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvan. 1992 yilda ozaro tovar ayirboshlash miqdori bor-yogi 3,5 million AQSh dollarini tashkil etardi. Bugungi kunga kelib esa 2 milliard AQSh dollari va undan ham yuqori korsatkichlar qayd etilmoqda. Seul hamkorlikning bundan-da kengayishiga ishonadi...

Ozaro aloqalar masalasiga kelsak, bu gaz va tibbiyot uchun foydalaniladigan kimyoviy moddalar, axborot texnologiyalari, suv resurslarini boshqarish va milliy mudofaa yonalishlariga qaratiladi. Bundan tashqari, qurilish mollari, elektronika sektori va boshqa sohalarda ham hamkorlikni kengaytirish imkoniyati mavjud.

Forum davomida ozbekistonlik tadbirkorlar davlatlar ortasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi boyicha oz fikrlarini bildirdi. Aloqalarning yanada mustahkamlanishi ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligi alohida takidlandi.

Janubiy Koreyaning nufuzli kompaniyalari vakillari ham Ozbekistonda qanday qilib biznes sohasida muvaffaqiyatga erishganliklari haqida gapirib berdilar. Kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida soz yuritildi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Temur AZAM tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: