O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.05.2015

OZBEKISTON PREZIDENTI ISLOM KARIMOV KOREYA RESPUBLIKASIGA KELDI

SEUL, 27 may. O‘zA maxsus muxbiri Anvar SAMADOV xabar qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 27 may kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi.

Janubiy Koreya protokoliga muvofiq Ozbekiston Prezidenti sharafiga Seul aeroportida ikki mamlakatning davlat bayroqlari kotarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Rasmiy kutib olish marosimidan song Ozbekiston delegatsiyasi ozi uchun ajratilgan qarorgohga yol oldi.

Seul kochalari Ozbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining davlat bayroqlari, oliy martabali mehmonni qutlovchi shior va bannerlar bilan bezatilgan.

Ushbu tashrif Ozbekiston — Janubiy Koreyaning muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuvlari doirasida otmoqda. Ular davlatlarimizning ozaro aloqalariga doir keng kolamli masalalarni muhokama qilish, hamkorlikning ustuvor yonalishlarini belgilash, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini bermoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifining asosiy tadbirlarini, jumladan, Koreya Respublikasi Prezidenti va boshqa rahbarlari bilan rasmiy muzokaralar, yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvlarni 28-29 may kunlari otkazish moljallangan.

Avval xabar qilinganidek, tashrif chogida ikki davlat rahbarlarining qoshma deklaratsiyasi qabul qilinishi va ozaro munosabatlarni 2014 yilda imzolangan Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish togrisidagi qoshma deklaratsiya ruhida mustahkamlashga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: