O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.05.2015

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taminlash, ularni jadal rivojlantirish yolidagi tosiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari togrisidagi farmoniga sharh

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yolidagi ortiqcha byurokratik tosiq va govlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2012-2014-yillarda xususiy mulk mavqeini oshirish va uni himoya qilish, ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritish sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan Ozbekiston Respublikasining on beshdan ortiq qonuni, jumladan, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari togrisida”, Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida (yangi tahrirda), Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari togrisida, Raqobat togrisida, Oilaviy tadbirkorlik togrisida va boshqa qonunlar qabul qilindi.

Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000-yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56 foizga yetdi, ish bilan band aholining 77 foizi ushbu sohada mehnat qilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yolidagi tosiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va ornini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yolidagi mavjud tosiq va cheklovlarni tugatish, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulotda, jumladan, xorij sarmoyasi ishtirokidagi ulushini izchil oshirish uchun yanada qulay iqtisodiy, huquqiy sharoit va ragbatlar yaratishga qaratilgan.

Farmonga muvofiq xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoyasini taminlash, ularning jadal rivojlanishi yolidagi tosiqlarni bartaraf etishning tortta asosiy yonalishi boyicha asosan joriy yilda amalga oshiriladigan ottiz uchta aniq chora-tadbirni kozda tutuvchi kompleks Dastur tasdiqlandi.

Chora-tadbirlar dasturida xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularni tashkil etish va faoliyatini yolga qoyish tartibini yanada soddalashtirish, mamuriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish hisobidan tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga alohida etibor qaratilgan.

Xususan, agar shaxs Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy tolovlarni tolashdan boyin tovlash) ilk marotaba sodir etib, jinoyat aniqlangan kundan 30 kun davomida davlatga yetkazilgan zararni toliq qoplagan, penya va boshqa moliyaviy jarima turlarini tolagan bolsa, unga nisbatan jinoyat ishi qozgatilmasligi va shaxs javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga xojalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslariga nisbatan ular tomonidan soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirish orqali yetkazilgan moddiy zarar toliq qoplanganda ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazo qollanilmasligini nazarda tutuvchi qoshimchalar kiritish kozda tutilmoqda.

Savdo-sotiq qoidalari, savdo va vositachilik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklarni jinoiy yurisdiksiyadan mamuriy yurisdiksiyaga otkazish nazarda tutilmoqda. Juda katta miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelgan huquqbuzarliklar bundan mustasno.

Tadbirkorlik tuzilmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarida mamuriy-taqsimot va mamuriy-xojalik vakolatlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar javobgarligini yumshatish choralari belgilandi. Jumladan, Jinoyat kodeksiga noqonuniy ravishda moddiy mukofot olganlik (tijorat porasi), vakolatlarini suiistemol qilganlik va boshqa huquqbuzarliklar uchun nisbatan yumshoq jazo choralarini nazarda tutuvchi alohida moddalar kiritiladi. Yuqorida korsatilgan huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan moddiy zarar toliq qoplangan holda ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazo qollanilmaydi.

Chora-tadbirlar dasturida xususiy tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilishda sud organlari rolini kuchaytirish nazarda tutilgan. Xususan, tadbirkorlik subyektlari soliq va bojxona qonunchiligini buzganligi munosabati bilan ularning mulkini musodara qilish, tolovchi tomonidan etiroz bolganda, qoshimcha hisoblangan bojxona tolovlarini undirish faqat sud qarori bilan amalga oshiriladi. Xojalik sudlariga nazorat qiluvchi organning shikoyat qilinayotgan harakati (qarori) ijrosini toxtatib turish huquqi beriladi, xojalik sudlari tomonidan davo arizasini korib chiqishga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash togrisidagi ajrim chiqarish muddati 10 kundan 5 kungacha qisqartirildi.

Qozgatilgan jinoyat ishlari doirasida nazorat qiluvchi organlar tomonidan xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatining tekshiruvlari xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan jalb etilgan advokatlar ishtirokida amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilmoqda (xojalik yurituvchi subyekt yozma ravishda mazkur huquqni rad etgan hollar bundan mustasno).

Dasturda barcha turdagi royxatga olish va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, turli davlat xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish borasida kompleks chora-tadbirlar kozda tutilgan. Masalan, endilikda qonunchilikda tadbirkorlik subyektlari uchun kozda tutilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanishda turli yozma arizalar bilan murojaat qilishning hojati yoq.

Ozbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali vositasida otkaziladigan elektron savdolar orqali tadbirkorlik subyektlaridan birlamchi ehtiyojdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) boyicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi soddalashtirildi.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat royxatiga olish va hisobga qoyish Ozbekiston Respublikasi interfaol davlat xizmatlari Yagona portaliga integratsiya qilingan internet tarmogida avtomatlashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini davlat royxatiga olish va hisobga qoyish tizimi orqali 24 soat uzluksiz amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlaridan foydalanishda byurokratik tosiqlarni bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflikni taminlash, arizachilarning xizmat korsatish togrisida qaror qabul qiluvchi mansabdor shaxslar bilan bevosita aloqasini istisno qilish maqsadida bugungi kunda turli idoralar qoshida faoliyat yuritayotgan, alohida davlat xizmatlari korsatayotgan bir darcha xizmatlarining orniga tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini royxatga olish inspeksiyalari negizida bir darcha tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari korsatish Yagona markazlari tashkil etiladi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari tomonidan zarur hujjatlarni taqdim etish asosida davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari tomonidan qurilish obyektlarini royxatga olish va qurilish-montaj ishlariga ruxsat berishning bildirish tartibini joriy etish, yer maydonlarini tanlash va ajratish boyicha materiallarni tayyorlash, kelishish va tasdiqlash tartib-taomillari va muddatlarini optimallashtirish hisobidan tadbirkorlik subyektlariga yer maydonlarini taqdim etish bilan bogliq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish nazarda tutilmoqda.

Farmon bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturida xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni yanada tartibga solish hamda tadbirkorlik faoliyatiga tosqinlik qilganlik va noqonuniy aralashganlik, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining javobgarligini oshirish, jumladan, jinoiy javobgarligini joriy etish ota muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifa sifatida belgilangan.

Jumladan, 2015-yilning 1-iyulidan rejali tekshiruvlar otkazishning yagona tartibi va davriyligi joriy etiladi. Mazkur tartibga kora, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xojaliklari faoliyati boyicha barcha tekshiruvlar rejali asosda tort yilda bir martadan kop bolmagan, boshqa xojalik subyektlarini tekshirish uch yilda bir martadan kop bolmagan va faqat Ozbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qarori bilan amalga oshiriladi. Ayni paytda moliyaviy-xojalik faoliyati bilan bogliq bolmagan rejali tekshiruvlarni amalga oshirish muddati 30 kalendar kunidan 10 kungacha qisqartirilmoqda.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining moliyaviy-xojalik faoliyati boyicha rejali tekshiruvlar faqat oxirgi rejali tekshiruv davridan keyingi muddatni qamrab olishi shart. Tadbirkorlik subyektlariga yol qoyilgan xatolarni tekshiruv davom etayotgan davrning ozida togrilash, shu orqali faoliyatining toxtatib qoyilishi va tugatilishining oldini olish imkoniyati yaratilmoqda.

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqiy savodxonligini oshirish va ular faoliyatiga doir kompleks tekshiruvlar tayinlanishidan avval huquqbuzarliklarning oldini olishga doir profilaktika ishlari samaradorligini oshirish masalalariga katta etibor qaratilgan. Nazorat qiluvchi organlarning faoliyati aynan shu mezon asosida baholanadi.

Bu chora-tadbirlarning tatbiq etilishi Ozbekiston Respublikasining Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish togrisidagi qonunini yangi tahrirda qabul qilishni nazarda tutadi.

Farmonda Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Oliy sudiga manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatiga tosqinlik qilgani va noqonuniy aralashgani uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish boyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish topshirildi.

Jumladan, xojalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xojalik faoliyati boyicha tekshiruv va taftish otkazish tartibini, davlat xizmatlari korsatish tartibini buzganlik, xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatini va (yoki) ularning bank hisobvaraqlari boyicha amaliyotlarni noqonuniy toxtatib qoyganlik, xojalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridagi mavjud pul mablaglari togrisida axborotni asossiz ravishda talab qilganlik, xojalik yurituvchi subyektlarni xayriya ishlari va pul mablaglari ajratish bilan bogliq boshqa tadbirlarga majburiy jalb qilganlik va boshqa harakatlar uchun mamuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish kozda tutilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlariga tegishli bolgan binolar va boshqa inshootlarni shu mulkning bozor qiymatini qoplamasdan buzib tashlaganlik uchun mamuriy javobgarlikni joriy etish nazarda tutilmoqda.

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlarining tadbirkorlik faoliyati erkinligini himoya qilish sohasidagi qonunchilikni kop marotaba buzgan mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy javobgarlik choralari qollaniladi.

Shu bilan birga, davlat organlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarining noqonuniy harakatlari yoki ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararni, jumladan, boy berilgan foydani toliq qoplash mexanizmini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Mazkur ozgartish va qoshimchalarning barchasi mamuriy va jinoyat qonunchiligida oz aksini topadi. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga tadbirkorlik faoliyatiga tosqinlik qilish va noqonuniy aralashish hamda xojalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi boshqa huquqbuzarliklar uchun mamuriy javobgarlikni nazarda tutadigan alohida XVI1bobini kiritish kozda tutilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ham tegishli qoshimchalar kiritiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan farmoni ijrosini taminlash kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, biznes muhitni yaxshilash, Ozbekiston iqtisodiyotiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni yanada keng jalb qilish, yangi ish orinlari yaratish, pirovardida, xalqimiz farovonligini yuksaltirish imkonini beradi.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: