O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.05.2015

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi togrisida axborot

Toshkent shahrida2015yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, boshqa tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi N.Yoldoshev olib bordi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlisining birinchi kunida senatorlar tomonidan 10 ta masala korib chiqildi. Ularning 7 tasi sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, investitsiya va ishchanlik muhitini yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sud-huquq sohasini takomillashtirish, fuqarolar sogligi asralishini, axborot xavfsizligini taminlashga qaratilgan qonunlardir.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalarni muhokama etish chogida senatorlar alohida takidlaganidek, qabul qilingan qonunlar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Senatining 2015-yil 22-yanvarda otkazilgan birinchi majlisidagi nutqida hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2015-yil 23-yanvarda bolib otgan qoshma majlisidagi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-yanvarda bolib otgan mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng ustuvor yonalishlariga bagishlangan majlisidagi maruzalarida bayon etilgan vazifalarning royobga chiqarilishiga komaklashadi.

Senatorlar ishni«Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi qonunini korib chiqishdan boshladilar. Ushbu qonun Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan2011 – 2015yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting korsatkichlariga erishishning ustuvor yonalishlari togrisidagi qarorini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan parlamentning quyi palatasiga kiritilgan.

Umumiy foydalanishdagi havo, temir yol, ichki suv va avtomobil transporti yolovchilarining majburiy shaxsiy sugurtasi togrisidagi amaldagi qonunning ornini bosishi kerak bolgan mazkur qonun Ozbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi transport vositalarida tashuvlar amalga oshirilayotganda yolovchilarning hayoti, sogligi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning ornini tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish orqali kafolatli ravishda qoplashga qaratilganligi qayd etildi.

Senatorlarning fikricha, ushbu qonunning qabul qilinishi sugurta bozori va transport infratuzilmasini rivojlantirishga, korsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, yangi ish orinlarini yaratishga komaklashadi. Qonun senatorlar tomonidan maqullandi.

Shundan song senatorlar qonunchilik tashabbusi tartibida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan yangi tahrirdagiQimmatli qogozlar bozori togrisidagiOzbekiston Respublikasi qonunini korib chiqdilar. Takidlandiki, qonunning yangi qoidalari qimmatli qogozlar emissiyasi bilan bogliq huquqiy tartib-taomillarni, shu jumladan, yangi moliyaviy vositalarni soddalashtirishga, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Qonunda qimmatli qogozlarga doir bitimlar tuzishda imtiyozlar va preferensiyalar belgilanmoqda, zamonaviy elektron texnologiyalarini keng joriy etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari nazarda tutilmoqda. Qonunda jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribasi hisobga olingan holda qimmatli qogozlar bozorida professional faoliyat olib borishga qoyilgan talablar, qimmatli qogozlar bozori ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, ushbu sohada qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik shartlari va mexanizmlari qayta korib chiqilmoqda va belgilab berilmoqda.

Senatorlar takidlaganlaridek, ushbu qonunning qabul qilinishi qimmatli qogozlar bozoridagi investitsiya muhiti va ishchanlik muhitini, fond bozoridagi xizmatlar sifatini yaxshilashga, mulkdorlar sinfi osishiga va aholi uchun daromadlar manbalarini kopaytirishga, shuningdek, investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish uchun kapital, shu jumladan, chet el investitsiyalari oqib kelishiga komaklashadi. Qonun senatorlar tomonidan maqullandi.

Shundan song senatorlar yangi tahrirdagiElektron tijorat togrisidagiOzbekiston Respublikasi qonunini korib chiqdilar. Ushbu qonun Hukumatning 2014-yil 17-yanvarda bolib otgan 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2014-yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng ustuvor yonalishlariga bagishlangan majlisida belgilab berilgan vazifalarni royobga chiqarish doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan.

Muhokama etish chogida senatorlar takidlaganlaridek, qonun elektron savdoga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilishning huquqiy mexanizmlarini yaratishga, bitimlar tuzish tartib-taomillarini yanada osonlashtirishga, elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarining himoya qilinishini taminlashga qaratilgan bir qator muhim qoidalarni oz ichiga oladi.

Senatorlarning fikricha, ushbu qonunning qabul qilinishi tadbirkorlikni rivojlantirish va ishchanlik muhitini yaxshilash uchun qoshimcha shart-sharoitlar yaratilishini, elektron tijoratning yanada takomillashtirilishini taminlash imkonini beradi. Qonun senatorlar tomonidan maqullandi.

SenatorlarOzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oz kuchini yoqotgan deb topish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunini korib chiqdilar va maqulladilar. Mazkur qonunning asosiy maqsadi sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq sohalariga oid amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishdan iborat.

Ushbu qonunning asosiy qoidalarini korib chiqish chogida senatorlarMahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonunga kiritilayotgan qoshimchalarga alohida etibor qaratdilar. Ushbu qoshimchalar viloyat, tuman va shahar hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti xalq deputatlari Kengashi tomonidan har yili eshitib borilishini nazarda tutuvchi Konstitutsiyaning 103-moddasiga kiritilgan tuzatishlar doirasida kiritilmoqda.

Takidlandiki, taklif etilayotgan qoshimchalar Vazirlar Mahkamasining, viloyatlarning tegishli majlislaridan song otkaziladigan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bagishlangan majlisida xalq deputatlari Kengashi tomonidan hokim hisobotini eshitishning huquqiy mexanizmini belgilab bermoqda. Bunda viloyat hamda Toshkent shahri hokimining hisoboti Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda, tuman va shahar hokimining hisoboti esa Vazirlar Mahkamasining, xalq deputatlari viloyat Kengashining majlislarida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda muhokama etiladi.

Senatorlar viloyat, tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishda Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari viloyat Kengashlari vakillarining ishtirok etishini, xalq deputatlari Kengashining qarorini qabul qilish mexanizmini nazarda tutuvchi normalarning muhimligini alohida takidladilar. Xalq deputatlari Kengashining qarorida hokim va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligining kompleks tahlili hamda unga berilgan baho, uni yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek, qaror royobga chiqarilishining borishi ustidan nazoratni taminlash chora-tadbirlari keltirilgan bolishi kerak.

Senatorlarning fikricha,Mahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonunga kiritilyotgan tuzatishlar hokimiyat vakillik organlarining nazorat funksiyalarini yanada kuchaytirishga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ochiqligini, mintaqani rivojlantirishga doir eng muhim masalalar muntazam korib chiqilishiga, hokimlar tomonidan hisobotlar berilayotganda takrorlanishlarni bartaraf etishga, hisobotlarning joylarda samarali muhokama etilishini uyushtirishga komaklashadi.

Senatorlar amaldagi qonun hujjatlariga, jumladan, Fuqarolik protsessual kodeksiga,Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi togrisidagi,Radiochastota spektri togrisidagi,Avtomobil transporti togrisidagi qonunlarga kiritilayotgan bir qator boshqa muhim ozgartish va qoshimchalarni ham korib chiqdilar. Ushbu ozgartish va qoshimchalar sugurta bozorini yanada takomillashtirish, sud jarayoniga elektron hujjatlar ayirboshlanishini joriy etish, fuqarolar sogligini asrash, axborot xavfsizligini taminlashga qaratilgan qonunlarni va mamlakatimiz Prezidentining qarorlarini royobga chiqarish doirasida tayyorlangan.

Shundan song senatorlar Ozbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari ortasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish togrisidagi qonunlarni korib chiqdilar va maqulladilar.

Senatorlar U.Muhammadiyevni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boyicha vakili (Ombudsman) etib saylash togrisidagi masalani ham korib chiqdilar. Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Shu bilan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ikkinchi yalpi majlisi ishining birinchi kuni yakunlandi.

Ozbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Matbuot xizmati

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: