O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.05.2015

OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1 may kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi Bosh vaziri orinbosari, ctrategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvanni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, Koreya Respublikasi Ozbekiston Respublikasining vaqt sinovidan otgan ishonchli va strategik sherigi ekanini ta’kidladi. Ozbekiston-Janubiy Koreya hamkorligi ozaro manfaatli va samarali xususiyatga ega bolib, barcha yonalishlarda izchil rivojlanib bormoqda.

Ayni paytda Koreya Respublikasi Ozbekistonning iqtisodiyot, investitsiya va texnologiya sohalaridagi asosiy sheriklaridan biridir.

Janubiy Koreya biznesining faol ishtirokida mamlakatimizda sanoatning turli sohalarida qator muhim strategik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Surgil konida barpo etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, shuningdek, mashinasozlik, elektr energetikasi, neft-gaz, avtomobilsozlik, elektrotexnika, toqimachilik sanoati va boshqa sohalardagi onlab loyihalar muvaffaqiyatli investitsion hamkorligimizning yorqin namunasidir. Bugun Ozbekistonda Janubiy Koreya kapitali ishtirokida tuzilgan 400 dan ortiq korxona faoliyat korsatmoqda. Janubiy Koreyaning Ozbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan togridan-togri investitsiyalari umumiy hajmi 5 milliard AQSh dollaridan oshdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida ham janubiy koreyalik sheriklar bilan hamkorlik faol rivojlanmoqda. 2014 yilda Toshkentda ochilgan Inxa universitetining filialida komputer injiniringi va dasturlash sohasi mutaxassislari tayyorlanmoqda.

Koreya Respublikasining Eksimbanki, Taraqqiyot banki, «EDCF» jamgarmasi va boshqa koplab yetakchi moliya institutlari bilan ham sheriklik aloqalari mustahkamlanib bormoqda.

Jahondagi yirik transport kompaniyalaridan biri bolgan Korean Eyr hamkorligida Navoiy aeroporti negizida xalqaro intermodal logistika markazi samarali faoliyat yuritmoqda.

Oqsaroyda otgan suhbat chogida Ozbekiston bilan Janubiy Koreya ortasidagi savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari boyicha fikr almashildi. Shu kunlarda ikki davlat moliya vazirlari uchinchi majlisining otkazilishi iqtisodiy sohadagi ozaro hamkorlikning joriy ahvolini chuqur tahlil etish va yangi yonalishlarini belgilash imkonini berishi takidlandi.

Choy Kyong Xvan davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, Koreya Respublikasi Ozbekiston bilan serqirra va uzoq muddatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: