O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.04.2015

HARAKAT DASTURI IJROSI

siyosiy partiyaning nufuzini oshirishga xizmat qiladi

Saylovlar jarayoni, saylovoldi tashviqot-targ‘ibot tadbirlarida siyosiy partiyalar saylovchilarga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi, xususan, elektorat manfaatlarini himoya qilish boyicha oz dasturlarini taqdim etgan, sodda qilib aytganda, saylovoldi va’dalarini bergan edi. Saylovchilar esa ana shunga qarab, ulardan korsatilgan nomzodlarga ovoz berdi. Saylov ham otdi. Endi ana shu vadalarni bajarish, Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, saylovchi ishonchini oqlash uchun harakat qilish lozim.

Saylovoldi dasturida siyosiy partiyaning belgilab olgan asosiy vazifalari, goyalari oz ifodasini topgan. Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining 2015-2019 yillarga moljallangan amaliy Harakat dasturida keyingi besh yil davomida partiya tashkilotlari hamda deputatlik korpuslari zimmasida turgan asosiy vazifalar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va yollari aniq korsatilgan.

Harakat dasturida, eng avvalo, OzXDPdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar nazorat vakolatlari va vazifalarini samarali bajarishini taminlash masalasiga alohida etibor qaratilgan.

Bu bejiz emas, albatta. Chunki berilgan vakolat va imkoniyatlardan samarali foydalanilmas ekan, Saylovoldi dasturida belgilangan biror-bir maqsadga erishib bolmaydi.

Birinchi navbatda, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi azolarining nazorat-tahlil ishlarini, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari tomonidan qonunlar va boshqa hukumat qarorlari ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish talab etilmoqda. Yani, aholining ijtimoiy muhofazaga ehtiyojmand qatlamlarini manzilli ijtimoiy himoyalash, fuqarolarning pensiya va ijtimoiy taminoti, aholi bandligi, shu jumladan, parlament tomonidan yangi ish orinlarini tashkil etish va aholi bandligini taminlash boyicha qabul qilingan dasturlarning ijro etilishi ustidan tizimli monitoring ornatilishi lozim.

Shuningdek, talim va sogliqni saqlash muassasalari faoliyati, qishloq joylarida uy-joy qurilishi va zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholiga kommunal xizmatlar korsatish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini organish natijalarini ishchi guruh va fraksiya yigilishlarida muhokama qilish katta samara berishini inobatga olib, bu boradagi ishlarni kuchaytirish zarur.

Yana bir muhim masala. Davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruhlarining oz huquq va vakolatlaridan samarali foydalanish. Harakat dasturidagi elektorat manfaatlari bilan bogliq masalalarni organish, partiya guruhi nomidan sessiyada yoki doimiy komissiya yigilishida korib chiqish uchun takliflar tayyorlash va kiritish uslublarini yanada takomillashtirish zarur.

Shuningdek, partiya guruhi tomonidan qonunlar va boshqa hukumat qarorlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish metodikasi, yani deputat sorovi va qonunchilikda kozda tutilgan boshqa nazorat funksiyalaridan unumli foydalanish boyicha tizimli ishlar olib borilishi lozim. Zarur bolsa, har bir deputat oldiga individual vazifalar qoyish va uning ijrosini partiya guruhi yigilishlarida doimiy ravishda muhokama qilib borish amaliyotini yolga qoyish muhim ahamiyatga ega.

Harakat dasturida deputatlarning oz saylov okruglarida muntazam ish olib borishini tashkil etish boyicha ham aniq vazifalar belgilangan. Hududlarda ish olib borishda qaysi masalalarga koproq etibor qaratish lozim? Birinchidan, saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida qonunlarning qay darajada ishlayotganiga aniqlik kiritish, amaldagi qonunchilikdagi boshliq va kamchiliklarni bartaraf etish boyicha takliflar berish talab etiladi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi OzXDP guruhlari azolari oz saylov okruglarida elektorat vakillarini oylantirayotgan muammolarni organib borishi, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari hamda hududiy ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash boyicha dasturlar ijrosini muntazam nazorat qilib, xulosalar tayyorlab borishi kerak. Ana shundagina Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari ozaro hamkorlikda, bir butun mexanizm sifatida ishlashi taminlanadi.

Dasturda qoyilayotgan muhim masalalardan yana biri — bu partiya mahalliy tashkilotlari huzuridagi Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirishdir. Davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlariga partiyadan saylangan deputatlarning Jamoatchilik qabulxonalarida fuqarolarni qabul qilishda doimiy ishtirokini taminlash kerak boladi. Bu esa hududlardagi muammolar oz vaqtida hal etilishida muhim orin tutadi.

Siyosiy partiyalar saylov jarayonlarida juda ham faol bolishadi, deydi Boysun tumanidagi 6-umumtalim maktabi oqituvchisi Shokir Boltayev. Nazarimda, saylovdan keyin keng xalq ommasi bilan yanada koproq muloqotda bolish lozim. Chunki saylovoldi tashviqotida aytilgan fikrlar ijrosini taminlash shuni talab etadi. Saylovoldi vadalar bajarilsa, partiyaning jamiyatdagi nufuzi yanada yuqori boladi, deb oylayman.

Barcha siyosiy partiyalarning Saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishman, deydi yuridik fanlar nomzodi Xushvaqt Hayitov. Ularda belgilangan vazifalar toliq bajariladigan bolsa, aholi turmush darajasini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bogliq qator masalalar oz yechimini topadi. Siyosiy partiyaning Saylovoldi dasturi ijrosi mamlakat taqdiriga daxldor masala, deb hisoblayman.

Nurali ORIPOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: