O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.04.2015

YUTUQLAR OZIMIZNIKI,

biz ko‘proq kamchiliklarni bartaraf etish haqida oylashimiz zarur

Davlatimiz rahbari Oliy Majlis palatalarining 10 aprel kuni bolib otgan qoshma majlisidagi nutqida mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda erishilgan yutuqlar, tanlangan taraqqiyot yolining naqadar togri ekanligi, xalqimizning turmush farovonligi yuksalib borayotgani haqida muhim ma’lumotlarni keltirib otdi. Shu bilan birga, oldimizda turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Prezidentimiz oz chiqishida yana bir bor achchiq haqiqatni esga soldi: «Agarki biz erishgan yutuq va marralarimiz bilan chegaralanib, xotirjamlik, havolanish va beparvolik kayfiyatlariga berilib ketsak, bunday holat barchamiz yol qoygan, kechirib bolmaydigan katta xatoga aylanib ketishi mumkin». Qaysi sohada kim bolib faoliyat yuritishimizdan qati nazar, hammamiz bu davatdan ozimizga tegishli xulosalar chiqarib olishimiz, ishimizga tanqidiy baho berib, shu asosda kelgusi rejalarimizni belgilab olishimiz zarur.

Bu masala, ayniqsa, mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar, ularning tashkilotlari va deputatlik birlashmalari zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Chunki mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda, jamiyatimizda siyosiy-huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishda, ijtimoiy-iqtisodiy faollikni oshirishda, fuqarolarni yangicha fikrlashga orgatishda siyosiy partiyalar faoliyati muhim orin tutadi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan otkazilgan amaliy seminarda shu haqda fikr yuritildi. Prezident Islom Karimovning Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisidagi nutqidan kelib chiqadigan, partiya tashkilotlari, deputatlar oldida turgan vazifalar boyicha fikr almashildi.

Tadbirda Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi masullari, partiya fraksiyasi azolari, partiyaning Toshkent shahar va viloyat kengashlari xodimlari, mutaxassis va ekspertlar ishtirok etdi.

Seminarda sozga chiqqanlar aholi farovonligini oshirish borasidagi keng kolamli islohotlar davlat qurilishi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy sohalarda erishilayotgan yutuqlarda oz aksini topayotgani, xalqimizning hayot darajasi muttasil yuksalib borayotgani, mazkur ozgarishlar va yangilanishlar aholining ijtimoiy qollab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlami, yani OzXDP elektorati manfaatlarini himoya qilishda asosiy omil bolayotganini takidlab otishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qomitasi raisi, OzXDP fraksiyasi azosi Rustam Komilov axborot va soz erkinligi, inson huquq va erkinliklarini taminlash, sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va himoyalash kabi islohotlarni yangi, yuksak bosqichga kotarish, hamon saqlanib kelayotgan mamuriy-buyruqbozlik shakllaridan qutulish, ushbu masalalarda partiyamiz fraksiyasi va mahalliy Kengashlardagi deputatlik birlashmalari oldida turgan vazifalar haqida soz yuritdi.

— Iqtisodiyotning barcha tarmogini rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini kuchaytirish, xususiy mulkning kafolatlarini yanada mustahkamlash aholining real daromadlarini oshirishda, barqaror ish orinlari yaratilishida muhim ahamiyat kasb etadi, dedi u. Bu partiyamiz Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar amalga oshishida asosiy omil hisoblanadi. Shuning uchun fraksiyamiz, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiyamiz guruhlari joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosini chuqur organishi, tahlil etishi zarur. Bu parlament va deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishda, partiyamiz elektorati manfaatlarini himoya qilishda katta imkoniyatlar yaratadi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Sharbat Abdullayeva Prezidentimiz nutqida bildirilgan fikr-mulohazalarning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish, bu borada targibot ishlarini izchil yolga qoyish masalalariga etibor qaratdi.

Eng avvalo, partiyamiz tomonidan nafaqat markazlar, balki olis tuman va qishloqlarda ham targibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirishimiz zarur, dedi u. Partiyamizning har bir azosi islohotlardan orqada qolmasligi, zamon bilan hamnafas bolmogi lozim.

Targibot tadbirlarida yangi ish orinlari tashkil etish, bandlikni taminlash va aholining real daromadlarini oshirish masalalariga doimiy etibor qaratib kelinayotgani, bu kabi ishlar oz-ozidan amalga oshmagani, buning zamirida katta mehnat yotganini aholiga yetkazish, shu orqali iqtisodiy tafakkurni ostirish, boqimandalik kayfiyatini yoqotishga etibor berish kerak.

Barchamizga malumki, bandlikni taminlash, yangi ish orinlari yaratish, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari va oliy talim muassasalarining bitiruvchilarini oz mutaxassisligiga muvofiq ishga joylashtirish partiyamizning ustuvor vazifalariga kiradi. Osib kelayotgan yosh avlodni yuksak manaviy-axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga biz ham jiddiy etibor qaratishimiz, bu borada partiyamiz Faol ayollar va Istiqbol yoshlar qanotlarining tashabbuslarini kopaytirish, xotin-qizlar, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular hayotda munosib orin egallashi uchun imkoniyat yaratishimizga jon kuydirishimiz kerak boladi.

Ayniqsa, aholining asosiy qismi yashaydigan qishloq joylarda munosib turmush sharoitini yaratish, namunaviy loyihalar asosida uy-joylar va infratuzilma tarmoqlarini barpo etish boyicha amalga oshirilayotgan dasturlarning ijtimoiy ahamiyatini keng targib etish, bu borada jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish zarur.

Seminarda, shuningdek, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati azosi Maqsuda Vorisova, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati azosi Muhammadjon Zufarov sozga chiqdi. Ular har bir partiya tashkiloti, deputatlik birlashmasi oz faoliyatiga koproq tanqidiy-tahliliy ruhda qarashi kerakligini takidlashdi.

Partiya tashkilotlari faolligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirokini kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama etildi.

Tadbir yakunida partiya tashkilotlari va deputatlar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Bobur OTKIROV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: