O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.04.2015

ISHLAGAN DEPUTAT HURMATGA SAZOVOR BOLADI

«Partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha Ozbekiston XDP deputatlik birlashmalari faoliyatini samarali tashkil etish...» Bu OzXDPning 2015-2019 yillarga moljallangan Harakat dasturida belgilangan dastlabki vazifa.

Partiyaning jamiyatda oz orniga ega bolishi kop jihatdan deputatlar, partiya guruhlarining amaliy natijalarga erishishiga, shu orqali el-yurt nazariga tushishiga bogliq. OzXDP bu masalaga alohida e’tibor qaratmoqda, saylovchilar, xalqimizga berilgan vadalarni bajarishga harakat qilmoqda. Shundan kelib chiqib, yangi Harakat dasturida partiya kengashlari va deputatlar zimmasiga aniq vazifalar belgilab berildi. Ular joylarda odamlarni oylantirib kelayotgan masalalarni hal qilish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish niyatida ishlab chiqilgan.

Dasturda asosiy etibor aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turmush farovonligini yaxshilash masalalariga qaratilgan. Xususan, unda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini mutaxassisliklari boyicha ish bilan band etish, aholining kam taminlangan qatlami va ishga joylashishda qiyinchilikka duch kelayotgan insonlar manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarimizga maqbul tibbiy xizmat korsatish sifatini oshirish va ijtimoiy tenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash kabi keng kolamli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Galdagi vazifa ularni izchil amalga oshirish hisoblanadi. Albatta, bu oz-ozidan boladigan jarayon emas. Buning uchun har bir masalani mutasaddi tashkilotlar ishtirokida chuqur organish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarida muhokama qilish, xato-kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqish kerak boladi.

— 2011-2014 yillarga moljallangan Harakat dasturiga kora, otgan chaqiriqda birgina 2014 yilda xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari 200 dan ortiq masalani organishi belgilangan edi, deydi OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov. Shundan 45 masala mahalliy Kengashlar sessiyalariga kiritildi. Qolganlari doimiy komissiya yigilishida, partiya guruhlarida muhokama etildi. Lekin hamma joyda ham deputatlarimiz zimmasidagi vazifalarni toliq ado etmadi. Masalan, otgan yili Navoiy viloyatida Harakat dasturi asosida bor yogi 3 ta masala partiya guruhlarida korib chiqilgan. Aslida, dasturga kora, 10 ta masala organilishi kerak edi. Nima qilsak ahvol yaxshilanadi? Nima qilinsa, partiya guruhlari jon kuydirib ishlaydi, hammaning fikri bir joydan chiqib, vijdonan harakat qiladi? Saylovdan keyin yangidan tuzilgan partiyamiz guruhlari ishini samarali yolga qoyishda shu masalaga alohida etibor qaratilyapti. Odamlar amaliy ishlarimizga qarab, partiyamizga baho beradi. OzXDPning jamiyatdagi orni, mavqei mustahkamlanishi ozimizga bogliq.

Biz masalani sessiyaga olib chiqishdan oldin uni deputatlarimiz bilan ozaro muhokama qilamiz, deydi OzXDP Buxoro viloyat kengashi raisi Saida Jorayeva. Har bir deputat oz hududidagi ijtimoiy masalalar yuzasidan malumotlarni taqdim etadi va ularni birinchi navbatda okrug doirasida, keyin esa tuman va shahar miqyosida muhokamaga qoyiladi. Masalan, otgan yili viloyatimizdagi maktabgacha talim muassasalari faoliyatini tanqidiy organib, tuman, shahar va viloyat Kengashlari sessiyalariga masala kiritgandik. Dastlabki urinishlarimiz negadir kutilgan samarani bermadi. Bu, albatta, deputatlarni qoniqtirmadi. Oradan vaqt otib, yana ayni shu masala sessiyalarga olib chiqildi. Natijada sessiya qarori asosida xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilandi, rahbar xodimlarning masuliyati kuchaytirildi. Menimcha, ayrim partiya guruhlari biror masalani sessiyaga olib chiqishdan muayyan natija bolmasligidan chochishadi. Ammo men bunday fikrga qoshilmayman. Tashabbuskor deputat, qatiyatli odam, albatta, natijaga erishadi.

Otgan yili Navoiy, Samarqand viloyatlari, Toshkent shahar Kengashlaridagi OzXDP guruhlari Harakat dasturida belgilangan vazifalar boyicha masalalarni sessiyaga olib chiqa olmadi. Demak, bu hududlarda odamlarni bezovta qilayotgan ijtimoiy masalalarni organish, tahlil etish, amaliy takliflar berishga yetarli ahamiyat qaratilmadi, amaliy ishlar qilinmadi deganidir. Bunday kamchilikdan togri xulosa chiqarish, aholiga yordami tegadigan, partiyamiz obrosini oshiradigan tashabbuslarni kopaytirish kerak boladi.

Bir narsani aslo unutmaslik lozim. 2015-2019 yillarga moljallangan Harakat dasturi OzXDPning asosiy ish rejasi, saylovchilarga, elektorat vakillariga berilgan vadalar jamlanmasi hisoblanadi. Deputatlarning obrosi, partiya guruhlarining tasir kuchi, partiyaning el nazarida turishi mazkur hujjatning ijrosi qay darajada bajarilishiga bogliqdir.

Zilola UBAYDULLAYEVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: