O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.04.2015

ISLOM KARIMOVNING OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI LAVOZIMIGA KIRISHISH TANTANALI MAROSIMIGA BAGISHLANGAN OLIY MAJLIS PALATALARINING QOSHMA MAJLISIDAGI NUTQI

Aziz vatandoshlar, muhtaram Oliy Majlis deputatlari!

Qadrli mehmonlar!

Avvalo, siz, hurmatli Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolariga, sizlarning timsolingizda butun xalqimizga murojaat qilib, mening O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bolib saylanishimga oz ishonchini bildirgan yurtdoshlarimga ozimning samimiy minnatdorligimni izhor etishdan baxtiyorman.

Ayni shu fursatdan foydalanib, siz, azizlarimga ozimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirib, hammangizga soglik-omonlik, baxt-saodat tilayman, qalbimdagi eng ezgu orzu-tilaklarimni qabul qilishingizni sorayman.

Menga bildirilgan ishonchni ozim uchun avvalo ulkan masuliyat va katta sharaf deb bilaman va yana bir bor aytmoqchiman — bunday yuksak, hech narsa bilan olchab bolmaydigan xalq ishonchini oqlashga, bajo keltirishga butun borligimni safarbar qilaman.

Qadrli dostlar!

Biz eski, ozini oqlamagan mustabid, zoravon tuzumdan butunlay voz kechib, taqdirimizni oz qolimizga olib, biz uchun yangi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, hech kimdan kam bolmaydigan ozod va obod hayot qurishni oz oldimizga maqsad qilib qoyib, amalga oshirayotgan qatiy ozgarish va islohotlar natijasida bugun erishayotgan yuksak marra va yutuqlarimizni hech kim inkor etolmaydi.

Bularning asosiy omili va mezoni sifatida, hech shubhasiz, biz tanlagan va dunyoda «ozbek modeli» deb nom olgan, mashhur besh tamoyil prinsipga asoslangan, tadrijiy evolutsion, bosqichma-bosqich rivojlanishning Ozbekiston yoli naqadar togri ekanini hayotning ozi tasdiqlab bermoqda.

Bu modelning afzalligi va bugun ozini butunlay oqlaganini Ozbekistonga xos bolgan turli tabiiy, tarixiy, milliy, demografik va ekologik xususiyatlarni tola hisobga olganida koramiz.

Misol uchun, qishloq xojaligini oladigan bolsak, bu sohada arenda ijara mulkiga asoslangan fermerlik harakatini rivojlantirishga katta etibor berganimiz, uni har tomonlama qollab-quvvatlaganimiz evaziga bu harakat, hech shubhasiz, yaqin tariximizda ochmas iz bolib qoladi, desam, ayni haqiqatni aytgan bolaman. Fermer xojaliklarimiz bugungi kunda qishloq xojaligi mahsulotlarining nafaqat 90-92 foizini ishlab chiqarmoqda, balki qishloq hayotining taraqqiyotini oz zimmasiga olgan ijtimoiy-siyosiy harakatga aylanib bormoqda.

Yoki bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 56 foizini ishlab chiqarayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik haqida gapiradigan bolsak, hozirgi vaqtda ish bilan band aholimizning 75-77 foizi bu sohada mehnat qilmoqda.

Oz-ozidan ayonki, kop narsadan dalolat beradigan ana shunday korsatkich va raqamlar biz olib borayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ertangi kunimiz, taraqqiyotimiz yolida mustahkam poydevor bolishi muqarrar.

Shuni toliq asos bilan aytishimiz mumkin ayni shu kabi islohotlarni amalga oshirish hisobidan biz Ozbekiston iqtisodiyotining barqaror osish suratlarini taminlashga erishmoqdamiz. Yani, oxirgi 10 yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning osish suratlari 8 foizdan oshib kelayotgani va 2015 yilda ham shunga ishonchimiz bor bundan kam bolmasligini inobatga olsak, barcha narsa oz-ozidan ayon boladi.

Bunday yutuqlarning sabablarini biz avvalo mard va matonatli, kopni korgan xalqimizning, odamlarimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi va saviyasi tobora yuksalib borayotganida koramiz. Va eng muhimi, buning sababi bugungi kunda hal qiluvchi kuch bolib maydonga chiqayotgan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan, Vatanimizning ertangi kuni uchun masuliyatni oz zimmasiga olishga qodir bolgan navqiron yoshlarimizni biz ozimizning ishonchimiz, tayanchimiz va suyanchimiz deb bilganimizdadir.

Ammo shular haqida soz yuritar ekanmiz, bir achchiq haqiqatni esimizdan chiqarmasligimizni istar edim. Agarki biz erishgan yutuq va marralarimiz bilan chegaralanib, xotirjamlik, havolanish va beparvolik kayfiyatlariga berilib ketsak, bunday holat barchamiz yol qoygan, kechirib bolmaydigan katta xatoga aylanib ketishi mumkin.

Biz XXI asrda intellektual mehnat va internet davrida, globallashuv zamonida yashayotganimizni, hayot taraqqiyoti hech qachon bir joyda toxtab turmasligini unutmasligimiz zarurligini hayotning ozi taqozo etmoqda.

Buning ustiga, jahon miqyosida iqtisodiy-moliyaviy inqiroz davom etayotgani, raqobat, qarama-qarshilik tobora beshafqat tus olayotgani, radikalizm, terrorizm, ekstremizm kabi tahdidlar kuchayib borayotgani barchamizdan avvalo bir yoqadan bosh chiqarib, safarbarligimizni yanada oshirishni talab qiladi.

Shu borada amalga oshirayotgan ishlarimiz qatorida hayotimizni keskin ozgartirayotgan demokratik islohotlarni tezlashtirish, ularning samarasini oshirish bugungi kunda, hech shubhasiz, eng dolzarb vazifamizga aylanmoqda, desam, yanglishmagan bolaman.

Shular haqida gapirar ekanmiz, eng avvalo, biz uchun tosiq bolib turgan, eski mustabid tuzumdan qolgan asoratlarga barham berish va bugun hamon oz yechimini kutayotgan turli muammolarni hal qilishimiz, qabul qilgan qonunlarimizni izchil amalga oshirish, olib borayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan, birinchi navbatda, axborot va soz erkinligi, inson huquq va erkinliklarini taminlash, sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va himoyalash kabi islohotlarni yangi, yuksak bosqichga kotarish aytish mumkinki, bu sohalarda hali qiladigan ishlarimiz kop.

Hech kimga sir emas, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini taminlamasdan turib, yani, ishlab chiqarish soha va tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilmasdan, texnologik va texnik nuqtai nazardan yangilamasdan turib, biz ishlab chiqaradigan mahsulotlarni jahon bozori, ertaga esa ichki bozorimiz ham qabul qilmaydi.

Bu haqiqat hammamizga ayon bolishi kerak.

Shuning uchun ham ertangi kunni, kelajak istiqbolimizni oylaydigan bolsak, bugun iqtisodiyotimizda amalga oshirayotgan keng kolamli islohotlarni, avvalambor, tarkibiy ozgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yangi, zamon talab qiladigan darajaga kotarish masalasini hal qilmasdan turib, ochiq aytishimiz kerak, biz oz maqsadlarimizga taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga kotarilishimiz haqida gapirishning hojati qolmaydi.

Birinchi navbatda Konstitutsiyamizda muhrlab qoyilgan kop tarmoqli iqtisodiyotimizning ustuvor sohasi bolmish xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik yolidan barcha gov va tosiqlarni yoq qilish biz uchun hal qiluvchi, ustuvor vazifaga aylanishi darkor.

Aytish kerak otgan yillar davomida mamlakatimizda xususiy mulk va mulkdorlarni himoyalashga qaratilgan ishonchli meyoriy-huquqiy asos va kafolatlarni, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka zarur sharoit va imtiyozlarni yaratib berish boyicha kopgina ishlar bajarildi va bajarilmoqda. Lekin, ming afsuski, xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan ustuvorligi barchamiz uchun ayon bolishiga qaramasdan, bu yonalishda amalga oshirayotgan ishlarimiz, avvalo, mulkdorlarga erkinlik berish masalalari tola yechilmayapti, ozining kutilgan samarasini bermayapti.

Shuning uchun ham iqtisodiyotimizda davlatning ulushi va ornini strategik hamda iqtisodiy asoslangan darajaga qadar qisqartirishimiz darkor.

Oldimizda turgan yana bir muhim vazifa mamuriy-buyruqbozlik tizimining hamon saqlanib qolayotgan har qanday shakllaridan voz kechib, davlat organlari, biznes va xususiy sektor ortasidagi vazifa va vakolatlarni aniq belgilab qoyishimiz, savdo operatsiyalarini, chakana savdodan tashqari, asosan birja orqali amalga oshirish tizimiga otishimiz kerak.

Shular qatorida korporativ yoki aksiyadorlik birlashmalari faoliyatiga ham kopgina xorijiy firma va kompaniyalar tajribasi asosida tegishli ozgartirishlar kiritish zarur.

Bu boradagi amaliy tajribamiz shuni korsatadiki, Ozbekistonda mahalliy aksiyadorlar bilan birga, chet ellik investorlarning ham aksiyalarga ega bolishi mulkchilikning eng maqul, samarali, ozini oqlayotgan yolidir. Buning afzalligi shundaki, xorijlik aksiyadorlar muassislar qoshma korxonalarga avvalo ilgor, yuqori texnologiyalarni olib kelish bilan birga, ishlab chiqarishni zamonaviy asosda tashkil etish va boshqarishni joriy etadi.

Shu asnoda biz xorijiy davlatlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ochiqligimizni bildirib, bu borada yangi yol va imkoniyatlar ochib berishga tayyormiz, desam, oylaymanki, barchangiz bu fikrga qoshilasiz.

Bugungi kunda amalga oshirayotgan va 2015 yil hamda kelgusi yillar uchun belgilab olgan ayni shunday islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotimizning barqaror osish suratlarini davom ettirishimiz, hech shubhasiz, davlat boshqaruvi tarkibini va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yangi bosqichga kotarishga, jahon miqyosida Ozbekistonimizning munosib orin egallashiga xizmat qiladi.

Qadrli dostlarim, yurtdoshlarim!

Ruxsatingiz bilan yana bir ota muhim va barchamizni oylantiradigan masalaga toxtalib otishni zarur, deb bilaman. Yani, bugungi kunda barchamiz qanday ota tahlikali, tobora keskinlashib borayotgan, turli xavf-xatarlarni olib kelishi mumkin bolgan zamonda yashamoqdamiz.

Ayni shunday vaziyatni hisobga olib, bugun yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni, xalqimizning osuda hayotini, chegaralarimizning daxlsizligini asrash maqsadida biz uzoq va yaqin atrofimizdagi barcha davlatlar bilan dostona munosabatlarni va ozaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashni ozimizning eng ustuvor vazifamiz, deb bilishimiz kerak.

Yana va yana bir bor aytishni ozimning burchim, deb bilaman Ozbekiston hech qanday harbiy-siyosiy blokka qoshilmaydi, oz hududida chet el harbiy bazalarini joylashtirishga, bizning harbiylarimizning mamlakatimiz tashqarisida bolishiga mutlaqo yol qoymaydi.

Bugun yaqin atrofimizda vujudga kelayotgan ota murakkab vaziyatda ayni shunday yolni, shunday siyosatni biz uchun eng togri, eng maqul, deb bilamiz. Ilgari ham aytganimdek, bizga, xalqimizga tinchlik va omonlik kerak, buning uchun kurashishimiz kerak.

Fursatdan foydalanib, bizga yaqindan yordam va komak berib, hamkorlik qolini uzatib, doimo xayrixoh bolib kelayotgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga, ularning mana shu zalda otirgan vakillariga, barcha chet ellik mehmonlarimizga oz nomimdan, xalqimiz nomidan samimiy tashakkur izhor etishga ruxsat bergaysiz.

Mening Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishim munosabati bilan oz tabrik va qutlovlarini yollagan barcha davlat rahbarlariga, siyosat va jamoat arboblariga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Menga yuksak ishonch bildirgan ona xalqimga bosh egib, yana va yana bir bor tazim qilaman.

Mana shunday olijanob, bagrikeng xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan xizmat qilish men uchun eng yuksak sharaf, oliy saodatdir.

Doimo sog-omon bolinglar, qadrdonlarim!


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: