O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.04.2015

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI YAKUNLARI ELON QILINDI

2015 yil 6 aprel kuni Markaziy Saylov komissiyasining majlisi bo‘lib otdi. unda 2015 yil 29 mart kuni bolib otgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari korib chiqildi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugbek Abdusalomov ta’kidlaganidek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etayotgan mamlakatimiz kelajagi uchun tarixiy ahamiyatga ega. Saylov fuqarolarimizning yuksak huquqiy madaniyati va siyosiy faolligini namoyon etdi. Fuqarolar ovoz berishda ishtirok etishi orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni qollab-quvvatlashini yana bir karra ifoda etdilar.

Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 2015 yil 29 mart kuni bolib otgan saylovda saylovchilar royxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 nafardan 18 million 942 ming 349 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etganini aniqladi. Bu royxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 91,08 foizini tashkil etadi.

Saylov natijalari korsatganidek, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 17 million 122 ming 597 nafari (90,39 foizi) Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasidan korsatilgan nomzod Islom Abduganiyevich Karimovni yoqlab ovoz berdi. Ozbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan korsatilgan nomzod Akmal Xolmatovich Saidovga 582 ming 688 nafar saylovchi (3,08 foiz), Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan korsatilgan nomzod Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonovga 552 ming 309 nafar saylovchi (2,92 foiz), Ozbekiston Adolat Sotsial-demokratik partiyasidan korsatilgan nomzod Narimon Madjitovich Umarovga 389 ming 24 nafar saylovchi (2,05 foiz) ovoz berdi.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90, 117-moddalariga, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 14, 35, 36-moddalariga, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abduganiyevich Karimovni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblash togrisida qaror qabul qildi.

Majlisda saylov Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisidagi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunlarga muvofiq fuqarolarning oz xohish-irodasini erkin bildirish huquqini taminlagan hamda umumiy, teng va togridan-togri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish tamoyillariga rioya qilgan holda bolib otgani takidlandi.

Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 43 davlatidan va beshta xalqaro tashkilot — Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorligi tashkilotidan 299 nafar kuzatuvchi ishtirok etgani saylov kampaniyasi demokratik va shaffof otganligining yorqin dalilidir. Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy partiyalardan 35 mingdan ortiq kuzatuvchi ham ishtirok etdi.

Prezident saylovini mamlakatimizning qariyb 600 ta va 180 dan ziyod xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, qariyb 180 ta xorijiy va milliy internet nashrlari yoritib bordi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazi va hududiy matbuot markazlari tomonidan mamlakatimiz va chet elning 980 nafardan ortiq jurnalisti ishtirokida saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bagishlangan 70 dan ortiq matbuot anjumani, brifing va onlayn brifinglar otkazildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish bilan bogliq 12750 dan ziyod maqola va axborot materiallari, korsatuv hamda eshittirishlar elon qilindi.

Ozbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati axboroti asosida tayyorlandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: