O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.04.2015

ISLOM KARIMOV OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ETIB SAYLANGANI MUNOSABATI BILAN QUTLOVLAR

Mamlakatimizda 2015 yil 29 mart kuni bo‘lib otgan saylovda Islom Karimov Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblari nomidan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Jumladan, Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Barak Obamaning qutlovida bunday deyiladi:

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Siz Prezident lavozimida navbatdagi muddatda ish boshlayotganingiz munosabati bilan Sizga va Ozbekiston xalqiga tinchlik va ravnaq tilayman. Amerika Qoshma Shtatlari va Ozbekiston ortasida mushtarak manfaatlar mavjud bolib, ular ozaro munosabatlarimizning mustahkam va izchil rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, biz koplab umumiy tahdidlarga ham duch kelmoqdamiz. Ozaro hamkorligimiz ikki tomonlama munosabatlarimiz kengayishiga, sherikligimiz xalqlarimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bugungi tahlikali dunyoda doimiy barqarorlik va xavfsizlikka demokratik va mas’uliyatli boshqaruvsiz, jumladan, asosiy huquq va erkinliklarga rioya qilmasdan erishib bolmaydi. Prezident lavozimida yangi muddatdagi faoliyatingizda ushbu muhim masalalar boyicha Siz bilan hamkorlikni davom ettirish niyatidaman. Amerika xalqi nomidan Ozbekiston xalqiga ezgu istaklarimni yollab, mamlakatingizga tinchlik va taraqqiyot tilayman.

Ehtirom bilan,

Barak OBAMA,

Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti.

Shuningdek,

Amerika Qoshma Shtatlari Davlat kotibi — Jon Kerri

Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh

Al-Sisi

Afgoniston Islom Respublikasi

Prezidenti Muhammad

Ashraf Gani

Tailand Qirolligi Bosh vaziri Prayut Chan-Ocha

Gruziya Prezidenti Georgiy

Margvelashvili

Armaniston Respublikasi

Prezidenti Serj Sargsyan

Falastin Davlati Prezidenti,

Falastin ozodlik tashkiloti

ijroiya qomitasi raisi Mahmud Abbos

Rossiya Federatsiyasi Federal

Majlisi Federatsiya

Kengashi raisi Valentina

Matviyenko

Energetika Xartiyasi Bosh kotibi Urban Rusnak

Saudiya Arabistonida istiqomat

qilayotgan vatandoshlar Safoxon Jalolxon

Tora Margiloniy

va boshqalar

Rossiya Federatsiyasi musulmonlari

idorasi raisi, Rossiya muftiylar

kengashi raisi Ravil Gaynutdin

Toshkent va Ozbekiston mitropoliti,

Orta Osiyo mitropoliya

okrugi rahbari Vikentiy

Britaniya Ozbekiston jamiyati

raisi Xartli But

Markaziy Osiyo boyicha Kembrij

forumi raisi, professor Siddxart Saksena

«RUSAL» kompaniyasi prezidenti Oleg Deripaska

ham tabrik yollagan.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: