O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.04.2015

MAHALLIY KENGASH DEPUTATI,

zimmangizda qanday mas’uliyatli vazifalar turganini bilasizmi?

2014 yil dekabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy vakillik organlariga bo‘lib otgan saylovlarda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan korsatilgan nomzodlarning 214 nafari viloyat kengashlariga, 1657 nafari tuman va shahar kengashlariga saylandi.

Yangidan shakllangan partiya guruhlari zimmasida qanday vazifalar turibdi? Deputatlik sorovi instituti, deputatlik nazorati hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarining hisobotini eshitish qay darajada amalga oshirilmoqda? Buni otgan chaqiriqda faoliyat yuritgan partiya guruhlari misolida tahlil etishga harakat qilamiz.

Bugun mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotida siyosiy partiyalarning orni tobora kuchayib bormoqda. Ijro hokimiyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati ornatishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari muhim orin tutmoqda.

Qonunchilikka kora, partiya guruhlari sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish, sessiya kun tartibidagi har bir masala boyicha muzokaralarda guruh vakiliga soz berish, tegishli ravishda Joqorgi Kengesning Raisiga va Vazirlar Kengashiga, Qoraqalpogiston Respublikasining vazirlariga va boshqa davlat organlari rahbarlariga, hokimlarga, hokim orinbosarlariga, hokimliklar bolimlari va boshqarmalarining rahbarlariga, shuningdek, tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlariga sorovlar bilan murojaat etish huquqiga ega.

Biroq, 2014 yil davomida mahalliy Kengashlardagi OzXDP guruhi azolari deputatlik sorovi instituti vakolatlaridan toliq va samarali foydalana oldi, buning uchun ayrim raqamlarga murojaat qilamiz. Jumladan, otgan yili deputatlar tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlariga 3 mingdan ortiq deputatlik sorovi jonatilgan. Vaholanki, bugungi kunda joylarda oz yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, elektorat manfaatlarini oylantirayotgan muammolar oz emas.

Yana bir masala. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi OzXDP guruhlari tashabbusi bilan mahalliy Kengashlar sessiyalarida mansabdor shaxslarning sohaga oid masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish yetarli darajada tashkil etilmayapti. Partiya guruhlari tomonidan 2014 yilda bor-yogi 50 dan ortiq hisobot eshitildi.

Shundan kelib chiqqan holda aytish kerakki, partiya guruhlari deputatlik sorovi instituti hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar sessiyalarida mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish amaliyotini yanada takomillashtirishi lozim.

«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish togrisida»gi Konstitutsiyaviy qonunning
7-moddasiga kora, nazorat qilish vazifalari samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati togrisida Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi bilan chiqishi belgilab qoyilgan. Bunday tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomonidan qollab-quvvatlangan taqdirda, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti bu tashabbusning xalq deputatlari Kengashidagi muhokamasini tayinlaydi va muhokama natijalariga muvofiq qaror qabul qiladi.

Afsuski, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari berilgan vakolatlardan yetarli darajada foydalana olmayapti. Aytish kerakki, mintaqalar iqtisodiyoti, ijtimoiy infratuzilmasi va mehnat resurslarini muvozanatli kompleks rivojlantirishning ortacha muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish asosida bandlik borasidagi mintaqaviy siyosat samaradorligini yanada oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi OzXDP guruhlarning joylarda tasirchan deputatlik va jamoatchilik nazoratini tashkil etish borasidagi ishlari talab darajasida emas.

2014 yilda ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash Dasturi bajarilishida, jumladan, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini oz mutaxassisliklari boyicha ishga joylashishida bir qator muammolar, aniqrogi, rasmiy malumotlar bilan haqiqiy holat ortasida tafovutlar paydo boldi.

Shu orinda savol tugiladi: mahalliy Kengash deputatlari zimmasida qanday vazifalar turibdi? Eng avvalo, davlat hokimiyatining saylanadigan vakillik organlari ishida faol ishtirok etish orqali partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirish va Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi elektorati manfaatlariga xizmat qiluvchi qonunlar va boshqa davlat qarorlarini qabul qilish ular samarali bajarilishiga tasir korsatish mexanizmidan toliq foydalanish lozim boladi. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning normativ asosini tashkil etadigan davlat qarorlarining joylarda aniq ijro etilishi yuzasidan davlat boshqaruvi mahalliy organlari xodimlari masuliyatini oshirishga xizmat qiladigan deputatlik va jamoatchilik nazorati instituti faoliyatidan kengroq foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Iqtisodiyotda band bolmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan, shuningdek, kam taminlangan va kop bolali oilalar, jismoniy imkoniyatlari cheklangan odamlar va pensionerlar aholining ehtiyojmand qatlamlari va guruhlarini aniq tarzda ijtimoiy qollab-quvvatlashni nazarda tutadigan maqsadli davlat dasturlari bajarilishi borasida mansabdor shaxslar hisobotlarini eshitib borish amaliyotini takomillashtirish talab etiladi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hududiy dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilish va ijro qilinishidagi faol ishtirokini taminlash lozim.

Mazkur vazifalarni hayotga samarali tatbiq etish saylovchilar, elektorat vakillari ishonchini oqlashga xizmat qiladi.

Nurali ORIPOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: