O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.04.2015

ISLOM KARIMOV OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ETIB SAYLANGANI MUNOSABATI BILAN QUTLOVLAR

Mamlakatimizda 2015 yil 29 mart kuni bo‘lib otgan saylovda Islom Karimov Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblari nomidan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

Ozbekiston rahbari nomiga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpindan kelgan qutlovda Xitoy hukumati va xalqi nomidan samimiy tabrik va ezgu istaklar bildirilgan.

Qutlovda Islom Karimov rahbarligida Ozbekistonda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot va xalq farovonligi yuksalib, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzi muttasil oshib borayotgani ta’kidlangan. Ozbekiston davlat qurilishining barcha sohalarida bundan buyon ham yangi va yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonch bildirilgan.

XXR rahbari Xitoy va Ozbekiston hamkorligi ozaro ishonch, dostlik va samimiy munosabatlarga asoslanganini takidlagan. Diplomatik aloqalar ornatilganidan buyon otgan 23 yil mobaynida mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarda izchil rivojlanish suratlari saqlanib kelmoqda, siyosiy sohadagi ozaro ishonch har tomonlama mustahkamlanib, manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari rivojlanmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xitoy bilan Ozbekiston ortasidagi hamkorlikning rivojlanish suratini yuksak baholab, ozaro strategik sheriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yolida yangi bosqichga kotarish uchun birgalikda harakat qilishga tayyor ekanini bildirgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Islom Karimovni saylovda ishonchli galaba qozongani bilan samimiy qutlagan.

Qutlovda saylov yakunlari Islom Karimov mamlakatda yuksak obro-etiborga ega ekanini toliq tasdiqlashi qayd etilgan. Bu, shubhasiz, Islom Karimovning davlat rahbari sifatidagi xizmatlarining, Ozbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb vazifalarini hal etishda erishayotgan yutuqlarining keng etirofidan dalolatdir.

Rossiya Prezidenti Rossiya bilan Ozbekiston ortasidagi ittifoqchilik va strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini alohida takidlab, ozaro munosabatlarni, mintaqaviy va xalqaro sohada amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish boyicha dostona muloqot hamda birgalikdagi harakatlarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan.

Shuningdek,

Koreya Respublikasi Prezidenti – Pak Kin Xe

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdogan

Latviya Respublikasi Prezidenti Andris Berzinsh

Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli

Berdimuhamedov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili

Bangladesh Xalq Respublikasi

Prezidenti Abdul Hamid

Bangladesh Xalq Respublikasi

Bosh vaziri Shayx Hasina Vazed

Koreya Respublikasining sobiq

Prezidenti Li Myon Bak

MDH Ijroiya qomitasi raisi

Ijrochi kotibi Sergey Lebedev

Yevropa Parlamenti vitse-prezidenti Richard Charnetski

Shanxay hamkorlik tashkilotining

Mintaqaviy aksilterror

tuzilmasi Ijroiya qomitasi direktori Chjan Sinfen

Yaponiya parlamenti Maslahatchilar

palatasi deputati Kyoko Nakayama

«LUKOYL» neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov

Transneft AK OAJ vitse-prezidenti Vladimir Rushaylo

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat

universiteti rektori, akademik Viktor Sadovnichiy

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot

universiteti rektori, professor Viktor Grishin

Davlatlararo aviatsiya qomitasi raisi Tatyana Anodina

ITAR-TASS Bosh direktori Sergey Mixaylov

AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari

kongressi prezidenti Boris Qandov

INITEC Energia S.A. kompaniyasi

bosh direktorii Fransisko Xaver

Gomes Garsia

ham tabrik yollagan.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: