O'zb  
 
02.04.2015

SAYLOVCHILAR FAOLLIGI VATANGA FIDOYILIK IFODASI

Masaru NAKAMURA, «Fukuoka-O‘zbekiston» dostlik uyushmasi prezidenti, Fukuoka shahri saylov qomitasi a’zosi (Yaponiya):

– Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida boldim. Saylov ochiq, oshkora, halol va haqqoniy, uyush-qoqlik bilan otdi.

Saylovlarning muqobillik asosida otishi demokratiyaning muhim talablaridandir. Ozbekistonda otgan Prezident saylovida tort nafar nomzod ishtirok etganining oziyoq bu tamoyilga qatiy amal qilinganini korsatib turibdi. Saylov Ozbekiston xalqining siyosiy va huquqiy saviyasi qanchalik yuqori ekanini jahon jamoatchiligi oldida yaqqol namoyon etdi.

Ozbekiston saylov tizimida ornak olsa arzigulik koplab jihatlarni kordim. Saylov uchastkalarida saylovchilar va kuzatuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, zarur uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot, ona va bola xonalari hamda boshqa shart-sharoit bunga yorqin misoldir.

Saylovni kuzatish asnosida yana bir jihat etiborimni tortdi. Saylovga kelish imkoni bolmagan keksa va bemor kishilarning turgan joyiga maxsus qutilar olib borilgani mamlakatingizda inson manfaatlari, saylov huquqlarini taminlashga katta etibor qaratilishining yana bir yorqin ifodasidir.

Zenonas VAYGAUSKAS, Litva Markaziy saylov komissiyasi raisi:

Ozbekistonda Prezident saylovi yuksak saviyada otdi. Saylov uchastkalari komissiyalari azolari ovoz berayotgan fuqarolarning barcha savollariga batafsil javob qaytardi. Saylovchilar faollik bilan, emin-erkin ovoz berdi.

Fuqarolarning saylovda faol ishtirok etgani, kunning birinchi yarmigacha saylovchilarning 70 foizdan ortigi ovoz berib bolgani etiborga sazovor. Bunday faollik xalqingizning oz Vataniga fidoyiligini korsatadi.

Prezidentlikka nomzodlarga saylov kampaniyasi davomida teng imkoniyatlar yaratilganiga guvoh boldik. Ozbekistonda saylovlarni tashkil etish tajribasidan ornak olsa arziydi. Biz ham bu borada mamlakatingiz soha mutaxassislari bilan ozaro tajriba almashishdan, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdormiz.

Vijay JOLLI, Bharatiya Janata partiyasining tashqi aloqalar bolimi muvofiqlashtiruvchisi (Hindiston):

Ozbekiston mustaqillik yillarida sanoatlashgan, jadal taraqqiy etayotgan mamlakatga aylandi. Mamlakat iqtisodiyoti bar-qaror rivojlanmoqda. Ozbekiston va Hindiston hamkorligi barcha sohada izchil taraqqiy etib, mustahkamlanib borayotganini alohida takidlashni istardim.

Ozbekistonda Prezident saylovi demokratik tamoyillar, koppartiyaviylik va muqobillik asosida, ochiq va oshkora ruhda otdi. Ayniqsa, fuqarolaringizning siyosiy faolligi, saylovda ozi istagan nomzodga ovoz berishga katta qiziqish bilan jiddiy yondashgani havasimni keltirdi. Bu Ozbekiston aholisining manaviyati, siyosiy, huquqiy bilim va madaniyati yuksak ekanidan dalolatdir.

Alihaydar RZAYEV, xalqaro kuzatuvchi (Birlashgan Arab Amirliklari):

— Mamlakatingiz haqida kop eshitganman va oqiganman. Ozbekiston yoshlarining faolligi, yurt ravnaqiga kamarbasta ekani, odamlarning hayotdan roziligi va ertangi kunga ishonchi menda katta taassurot qoldirdi. Bu jihatlar Prezident saylovida ham namoyon boldi.

Xalqingizning tarixga ehtiromi, milliy qadriyatlarni tiklash va ezozlash, madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga etibori hurmatga loyiq. Bunga men Samarqand shahrini ziyorat qilish asnosida yana bir karra amin boldim. Mazkur qadimiy va fusunkor shahar jozibasidan ruhlandim.

Ozbekistonda avtomobilsozlik, transport va transport kommunikatsiyalari sohalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatingiz iqtisodiy salohiyatini yanada oshirmoqda. Ozbekiston xalqaro savdo aloqalarida muhim rol oynamoqda, yurtingiz biznes va logistika markazlaridan biriga aylanmoqda.

Ozbekiston buyuk istiqbolga erishishiga, taraqqiyotingiz yanada yuksalishiga ishonamiz.

OzA muxbirlari

Iroda UMAROVA,

Nodira MANZUROVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: