O'zb  
 
31.03.2015

XALQARO KUZATUVCHILAR MISSIYALARI: OZBEKISTONDA SAYLOV ERKIN VA OSHKORA OTDI

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonini kuzatib borgan xalqaro tashkilotlar missiyalarining yakuniy matbuot anjumanlari bolib otdi.

Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kuzatuvchilari missiyasining matbuot anjumanini missiya rahbari, assotsiatsiyaning rejalashtirish bolimi direktori Li Chjon Xi boshqardi.

29 mart – saylov kuni missiya vakillari Toshkent va Samarqand shaharlaridagi saylov uchastkalarida bolib, ovoz berish hamda ularni sanab chiqish jarayonini kuzatgani ta’kidlandi. Missiya azolarining fikricha, saylov yuksak tashkiliy darajada otdi, saylovchilar ovoz berishda faol ishtirok etdi, ovozlarni sanab chiqish jarayoni ochiq va oshkora amalga oshirildi.

Kuzatuv davomida saylov qonunchiligi biror marta ham buzilmaganining guvohi boldik, dedi Li Chjon Xi jurnalistlarga bergan intervyusida. Saylov kuni ertalab soat 10:00 da ovoz berish uchun kelgan saylovchilar soni 30 foizdan oshgani aholining faolligi, mamlakat kelajagi uchun oz saylov huquqini amalga oshirishdan manfaatdorligidan dalolat beradi. Shuningdek, bu fuqarolarning huquqiy madaniyati va siyosiy faolligi yuqoriligini namoyon etadi.

* * *

Mustaqil davlatlar hamdostligi kuzatuvchilari missiyasining matbuot anjumanida MDH Ijroiya qomitasi raisi ijrochi kotibi Sergey Lebedev missiyaning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bagishlangan bayonotini oqib eshittirdi.

S.Lebedev Ozbekiston milliy saylov qonunchiligiga keyingi yillarda kiritilgan ozgartishlar uni yanada takomillashtirganini takidladi. Bunda xalqaro tajriba va milliy manfaatlar uygunligini korish mumkin.

Biz saylov jarayonini erkin kuzatishimiz uchun barcha sharoit yaratib berildi, dedi Sergey Lebedev. Saylov komissiyalari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan uchrashdik, fuqarolar, siyosiy partiyalar kuzatuvchilari bilan suhbatlashdik. Shuningdek, Ozbekistonning barcha hududlarida bolib, joylarda saylovga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdik, ovoz berish jarayonini kuzatdik. Saylov yuksak saviyada tashkil etilganiga guvoh boldik. Siyosiy partiyalar kuzatuvchilari va xalqaro ekspertlar bilan fikr almashib, saylov ochiq va oshkora otgani haqida yakdil xulosaga keldik.

Missiya vakillarining takidlashicha, saylovda saylovchilarning 91 foizdan ortigi ishtirok etgani alohida etiborga molik korsatkichdir. Bu Ozbekiston fuqarolari oz masuliyatini teran his etib va mamlakat Prezidenti lavozimiga munosib nomzod uchun ovoz berib, yurt kelajagiga hissasini qoshishga intilayotganidan dalolat beradi.

Saylovda yoshi ulug kishilar va yoshlar birday faol ishtirok etgani MDH kuzatuvchilarida katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, 2 millionga yaqin yigit-qiz ilk bor ovoz bergani diqqatga sazovor. Saylov uchastkalariga kela olmaganlarning ovoz berishi va muddatidan oldin ovoz berish uchun yaratilgan sharoitlar yuksak darajada tashkil etildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi matbuot anjumanini missiya rahbari, ShHT Bosh kotibi Dmitriy Mezensev boshqardi. U tashkilot kuzatuvchilari saylov kampaniyasining borishi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi bilan tanishganini takidladi. Missiyaga Prezidentlikka nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari haqida toliq axborot taqdim etildi.

Missiya bayonotida Prezidentlikka nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng imkoniyatlar berilgani, saylov kampaniyasi davomida saylovoldi tashviqotini olib borishda qonunni buzish holatlari aniqlanmagani qayd etilgan.

Ovoz berish jarayoni va saylov yakunlarini sarhisob qilishni xolis baholash maqsadida missiya uchastka saylov komissiyalarining faoliyati bilan ham tanishdi. 29 mart kuni missiya azolari Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Zangiota va Qibray tumanlaridagi toqsondan ortiq saylov uchastkalarida boldi. ShHT kuzatuvchilari ovoz berishda fuqarolarning faolligi yuqori bolganini takidladi.

«Kuzatuvchilar saylov uchastkalarida bolganida saylovchilar va siyosiy partiyalar vakillaridan missiya azolariga shikoyat va tanqidiy fikrlar bildirilmadi», deb qayd etilgan bayonotda.

Missiya kuzatuv yakunlari boyicha Prezident saylovi Ozbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi, Markaziy saylov komissiyasining meyoriy-huquqiy hujjatlari va Ozbekiston oz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarga tola muvofiq holda, ochiq hamda demokratik vaziyatda otganini takidladi.

* * *

Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi ham Prezident saylovini monitoring qilib bordi. Matbuot anjumanida missiya rahbari, tashkilotning siyosiy masalalar boyicha departamenti direktori Ali Abolhassaniy missiya vakillari Markaziy saylov komissiyasida uchrashuvlar otkazgani, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishgani, saylovchilar bilan suhbatlashgani, ovoz berish jarayonini kuzatganini takidladi.

Saylov goyat yuksak tashkiliy darajada otdi, dedi A.Abolhassaniy. Markaziy saylov komissiyasi saylovga puxta tayyorgarlik korgan va bu saylov davomida yaqqol namoyon boldi. Saylov milliy qonunchilik talablari va xalqaro normalarga tola mos ravishda, demokratik tarzda, adolatli otdi. Fuqarolarning ushbu muhim siyosiy voqeada faol ishtirok etgani bizda katta taassurot qoldirdi. Biz borgan har bir saylov uchastkasi saylovchilar bilan gavjum edi. Ayniqsa, ular orasida saylovda ilk bor ishtirok etgan yigit-qizlarning kopligi quvonarli holdir. Yoshlarning bunday siyosiy voqeaga qiziqishi va fuqarolik masuliyati ortib borayotganini his etdik.

OzA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: