O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.03.2015

MEN PREZIDENT SAYLOVIDA BIRINChI MARTA OVOZ BERDIM...

Kuni kecha mamlakatimizda muhim siyosiy voqea — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bOlib Otdi. Har bir fuqaro konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, saylovda Ozi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi. saylov jarayonida yoshlar, ayniQsa, birinchi marta Qatnashayotgan yigit-qizlar katta hayajon va chuqur mas’uliyat bilan ishtirok etdi. Mamlakatimiz aHolisining katta Qismini yoshlar tashkil Qiladi. demak, ularning ovozi saylovda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Bekzod ARZIYEV, Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti talabasi:

Men birinchi marta siyosiy huquqimdan foydalandim. Shuning uchun bolsa kerak, saylovda katta hayajon bilan qatnashdim. Endi men jamiyat hayotidagi siyosiy jarayonlarning teng-huquqli ishtirokchisi boldim. Mening ovozim yurtimizning ertangi taqdirini hal qilishda ahamiyatga ega. Albatta, bunday paytda har kim ham hayajonlanadi, quvonadi...

Erta tongdanoq saylov uchastkasi tomon oshiqar ekanman, Prezident kimligi, hayotimizda uning orni, ahamiyatini ovoz berish daqiqalari yaqinlashgani sari yanada chuqurroq his qildim. Ozim munosib korgan nomzodga ishonch bilan ovoz berishim uchun oldindan nomzodlar haqida, ularning dasturlari togrisida barcha malumotlarga ega boldim. Tengdoshlarim bilan universitetimizda saylov boyicha otkazilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishga harakat qildim.

Saylov kuni fikrimni bir joyga jamlab, nomzodlar dasturini yana bir bora tahlil etdim, uchrashuvlarda bildirilgan mulohazalarni birma-bir xayolimdan otkazdim. Chunki men qollab-quvvatlagan nomzod ertaga xalq manfaatini kozlab ish tutadigan, har tomonlama yetuk, yuksak salohiyatli, el-yurt farovonligi uchun kuyib-yonadigan inson bolishi kerakligi haqida oyladim.

Muhammadsodiq Sayfullayev, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani:

Biz yoshlarning talim-tarbiya olishimiz, kelajagimiz, ertangi taqdirimiz davlat rahbarining olib boradigan siyosatiga bogliq. Demak, mamlakat Prezidentini saylash yuksak masuliyatdir. Saylov varaqasiga belgi qoyishda endi men ham jamiyat hayotidagi siyosiy jarayonlarning teng huquqli ishtirokchisi ekanligimdan, mening ovozim inobatga olinishidan ozgacha faxr tuygusini tuydim.

Munosib nomzodga ovoz berishda oz mustaqil fikrimdan kelib chiqib, xolis munosabatimni erkin bildirdim. Bu orqali demokratik qadriyatlarga bolgan qarashim yanada yuksaldi. Demokratik islohotlar chuqurlashgan, fuqarolik jamiyati qaror topayotgan mamlakat farzandi ekanimdan gururlandim.

Nargiza Bakayeva, Ozbekiston davlat sanat va madaniyat instituti talabasi:

Mamlakatimizda biz, yoshlarning saylovda qatnashish huquqimiz qonun bilan mustahkamlangan. Shuning uchun saylovda qatnashish, oz pozitsiyamni namoyon etish fuqarolik burchim ekanligini ovoz berish yaqinlashgani sari yanada chuqurroq his etdim, saylovda faol qatnashishga harakat qildim. Eng muhimi, shu orqali men mamlakat, xalq manfaatiga daxldor masala boyicha oz xohish-istagimni erkin bayon etish bilan birga mustaqil fikr va qarashlarim asosida davlat boshqaruvida ishtirok etdim. Buni har bir kishi uchun katta sharaf, deb bilaman.

Ovoz berish kabinasiga kirar ekanman, men birinchi marta ovoz berayotganim, faqat munosib nomzodni qollab-quvvatlashim kerakligi haqida oyladim. Oldindan Prezidentlikka nomzodlar haqida keng malumotga ega bolganim, siyosiy-huquqiy bilimimni boyitganim ovoz berish jarayonida qol keldi. Bu ozim ishongan nomzodni tanlashim, togri xulosa chiqarishimga asos boldi.

Zilola UBAYDULLAYEVA

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: