O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.03.2015

OZBEKISTONGA HAVAS QILSA, BU MAMLAKATDAN ORGANSA ARZIYDI

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uyushqoqlik bilan otdi. Saylovchilar muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etdi. Mavjud 708 ta saylov uchastkasida saylovchilar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun barcha zarur sharoit yaratildi.

Surxondaryo viloyati boyicha saylovda 1 million 500 ming nafardan ortiq saylovchi ishtirok etgan bolsa, ularning 9 ming nafardan ortigini Prezident saylovida birinchi marta ovoz berayotgan yoshlar tashkil qildi. Xorijdan kelgan xalqaro kuzatuvchilar ushbu saylov demokratik tartib-qoidalarga muvofiq otganini haqida oz fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.

Parviz Morvij, Xalqaro kuzatuvchi (AQSh):

— Mamlakatingizdagi saylovda birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etyapman. Xalqingiz muhim siyosiy jarayonga qiziqish bilan qarayotgani meni xursand qildi. Okrug va koplab saylov uchastkalarida bolib, odamlar bilan suhbatlashdik. Barcha xursand, saylovchilarning kayfiyati kotarinki. Bu kelajakka ishonch mustahkam ekanidan, mamlakatning ertangi kuni porloq bolishidan dalolat beradi.

Shu orinda yana bir muhim jihatni alohida ta’kidlashni istardim. Prezident saylovida qatnashgan yoshlarning kayfiyatiga etibor berdim, ularning yuz-kozida tashabbuskorlik, joshqinlik va fidoyilik ufurib turibdi. Ochigi, shu narsa koproq havasimni keltirdi.

Anatoliy Naumov, MDH kuzatuvchilar missiyasi vakili:

Saylov mamlakatning nafaqat ertangi kuni, balki tom manoda kelajagini ham belgilab beradi. Ozbekistonda bu borada muhim poydevor yaratilganiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Bir guruh xorijlik kuzatuvchilar bilan shahar, tuman, va qishloqlardagi saylov uchastkalarida bolib, ovoz berish jarayoni bilan yaqindan tanishdik. Qonunchilikka zid, jiddiy holat kuzatilgani yoq. Saylovoldi tashviqot vaqtida ham barcha partiyalar nomzodlariga teng sharoit yaratildi. Saylov kuni har bir saylovchi ozi ishongan nomzodga erkin ovoz berdi. Ozbekistonliklar mamlakat hayotidagi muhim siyosiy jarayonda katta qiziqish, zor ishtiyoq bilan qatnashishdi.

* * *

Muhim siyosiy tadbir Samarqand viloyatida ham saylovchilarning faolligi ostida otdi. Xalqaro va xorijiy mutaxassislar ovoz berish jarayonlarini bevosita kuzatib bordi.

Li Chjon XI, Umumjahon saylov organlari assotsiatsiyasi rejalashtirish bolimi direktori (Janubiy Koreya):

Koreyada nogiron, bemor va ozgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarga saylov boshlanishidan biroz muddat avval pochta orqali kimga ovoz berishi togrisida xabarnoma yuboriladi. Ular oz ovozlarini pochta orqali yuborishadi, agar xabar saylov kunidan kech kelsa, ovoz inobatga olinmaydi.

Ozbekistonda yakka-yolgiz, nogiron va ozgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarning uyiga saylov uchastkasi tomonidan maxsus ovoz berish qutisi olib borilib, ovoz berish jarayoni osha yerda tashkillashtirilar ekan. Bu fuqarolarning oz konstitutsiyaviy huquqlaridan tola-tokis foydalanishida katta va qulay imkoniyat yaratadi.

Muhammad Hoshim ABDULLOH, Malayziya saylov komissiyasi raisi orinbosari:

Ertalab soat toqqizgacha ikkita saylov uchastkasida boldim. Bu vaqtga kelib saylovchilarning yarmidan kopi ovoz berib bolgan edi. Ana shu holatning oziyoq siyosiy jarayonga aholining befarq emasligini anglatadi.

Taqqoslash uchun bitta misol keltiraman. Malayziyada saylovda ovoz berish 21 yoshdan boshlanadi. Shunga qaramay saylov uchastkalarida koproq katta yoshlilarni uchratasiz.

Ozbekistonda esa bu huquq 18 yoshdan ekan. Etiborlisi, saylovda bu yoshdagilar faol ishtirok etishmoqda. Biz buni organishimiz kerak ekan.

Elman NASIROV, Xalqaro kuzatuvchi (Ozarbayjon):

Ozbekistonda birinchi bor bolishim. Kecha Toshkentda edim, bugun ertalabdan esa Samarqanddaman. Bu qadimiy shaharning asrlar bilan yuzlashgan osori-atiqalaridan, odamlari yuzlaridan nur yogiladi. Serquyosh olka odamlari samimiy va mehmondost ham ekan.

Etiborimni tortgani saylov uchastkalaridagi gavjumlik boldi. Saylovchilarning ovoz berish uchun navbatda turganligi, ular kayfiyatining yuqoriligiga nihoyatda havas qildim.

Saylov jarayoni demokratik tamoyillar va xalqaro huquq meyorlariga mos ravishda tashkil etilgan. Fuqarolar Ozbekistonning yanada rivojlanishi, baxtli hayoti uchun ovoz berayotganini yaxshi anglab turgani quvonchlidir.

«Ozbekiston ovozi» muxbirlari

Abdurasul SATTOROV,

Abdumalik HAYDAROV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: