O'zb  
 
28.03.2015

PREZIDENT SAYLOVIGA TAYYORGARLIK NIHOYASIGA YETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida okrug saylov komissiyalari raislari va a’zolari, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar kuzatuvchilari, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida kengaytirilgan onlayn majlis bolib otdi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti monitoringi natijalari, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasidagi vazifalar ijrosi korib chiqildi.

Saylov qonunchiligiga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishda, jumladan, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanishda teng sharoitlar bilan taminlanayotgani takidlandi.

Joriy yilning 14 fevralidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar oz saylovoldi dasturlarining asosiy yonalishlarini, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining turli masalalariga oid pozitsiyalarini saylovchilar hamda keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan saylovoldi tashviqotini olib bormoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va ularning ishonchli vakillari barcha saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazmoqda, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qura tashlash yoli bilan belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilmoqda. Majlisda Prezidentlikka nomzodlar ommaviy axborot vositalarida oz saylovoldi tashviqoti materiallarining turi, shakli, uslubi va mazmunini mustaqil belgilagani qayd etildi.

Saylovoldi tashviqotida tashqi (kocha) reklama vositalaridan ham samarali foydalanilayotir. Xususan, mamlakatimiz boyicha Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning 829 tadan banneri joylashtirilgan. Bundan tashqari, nomzodlar haqidagi roliklar elektron monitorlarda har kuni namoyish etilmoqda.

Majlisda saylovoldi tashviqotining otgan davrida saylov qonunchiligi buzilishi holati qayd etilmagani takidlandi.

Markaziy saylov komissiyasi azolari 29 mart kuni ovoz berishga tayyorgarlik korish masalasini ham korib chiqdi. Bunda milliy saylov qonunchiligi talablari, ochiqlik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplariga rioya etish zarurligi qayd etildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazish uchun 9060 saylov uchastkasi, jumladan, Ozbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 saylov uchastkasi tuzildi. Ular barcha zarur jihozlar bilan taminlangan. Har bir saylov uchastkasida Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar haqida axborot mavjud. Uchastka saylov komissiyalari saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boyicha saylov kampaniyasini yoritishda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan royxatga olingan 430 nafardan ziyod, okrug saylov komissiyalari tomonidan royxatdan otkazilgan 550 nafarga yaqin mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Ularni barcha zarur axborot materiallari bilan taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazi, okrug saylov komissiyalari huzuridagi matbuot markazlari faoliyat korsatmoqda. Ularda matbuot anjumanlari, brifing va seminarlar otkazilmoqda.

Saylov jarayonining ochiqlik va oshkoraligini taminlash maqsadida mamlakatimizda internetga ulangan yagona komputer tarmogi yaratilgan bolib, bu ovoz berish jarayonini onlayn rejimida kuzatish hamda respublikamiz hududlari bilan videoaloqa ornatishga yordam beradi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kuni jamoatchilikni 29 martda Respublika matbuot markazida bolib otadigan brifinglar orqali ovoz berish jarayoni haqida xabardor qilib boradi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: