O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.03.2015

OZBEKISTON XALQI SAYLOV RUHI BILAN YASHAMOQDA

O‘zA muxbirlari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etadigan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan suhbatda boldi.

Verner FURMAN, «Evropa-Berlin» dostlik jamiyati raisi (Germaniya):

– Ozbekistonning iqtisodiy rivojlanishini kuzatib boraman. Jahonda 2008 yilda boshlangan va hamon davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramay, mamlakatingiz yalpi ichki mahsuloti muttasil osib borayotgani diqqatga sazovor. Bu korsatkich har yili 8 foizdan ziyodni tashkil etayotgani yurtingiz iqtisodiy qudrati tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani, biznes yuritish va investitsiya kiritish uchun qulay muhit yaratilgani bunda muhim omil bolmoqda.

Ozbekistonga kelib, xalqingiz saylov ruhi bilan yashayotganiga guvoh boldim. Markaziy saylov komissiyasi keng va rejali faoliyat yuritmoqda. Bu saylovning demokratik talablar darajasida otishiga xizmat qiladi. Biz, xalqaro kuzatuvchilar uchun barcha imkoniyat yaratilgan. Saylov kuni ozimiz istagan uchastkaga borib, saylov jarayonini kuzatamiz.

Robert BLUM, Jeneva diplomatik doirasi prezidenti (Shveytsariya):

Ozbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatini hurmat qilaman. Mamlakatingizda ularni soglom va bilimli etib tarbiyalash, hayotiy muhim masalalarini hal etish doimiy e’tiborda. Maktabgacha talimdan oliy talim tizimigacha bolgan mexanizm mukammal yolga qoyilgan. Bugun Ozbekiston yoshlari har jabhada faol, ozining yuksak intellektual salohiyati, iqtidori, xorijiy tillarni puxta ozlashtirganligi bilan mamlakat hayotida muhim orin tutmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasida bolib, yosh avlod kamolotiga etiborning yana bir namunasini kordim. Kutubxonaning boy fondi, eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangani menda katta taassurot qoldirdi.

Villem XAAGSMA, Drente eksport klubi prezidenti (Niderlandiya):

Ozbekistonda ilk bor bundan yigirma yil avval bolgandim. Mamlakatingiz yil sayin rivojlanib, chiroy ochib bormoqda.

Qishloq xojaligida amalga oshirilgan islohotlar samarasida mamlakatingiz dunyodagi kam sonli davlatlar qatori oziq-ovqat mustaqilligiga erishgan. Bugungi kunda ushbu soha zamonaviy asosda modernizatsiya qilinmoqda. Qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlash kopayayotgani, fermer xojaliklari koptarmoqli xojaliklarga aylantirilayotgani etiborga sazovor. Bu iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

OzA muxbirlari

Iroda UMAROVA,

Nodira MANZUROVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: