O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.03.2015

SAYLOV KAMPANIYASI TENGLIK VA SOGLOM RAQOBAT MUHITIDA OTMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun xalqaro kuzatuvchilar, yetakchi ekspertlar mamlakatimizga kelmoqda. OzA muxbirlari ulardan ayrimlarining mazkur saylov kampaniyasiga oid kuzatuvlari, yurtimiz haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Li IXAY, Shanxay Ijtimoiy fanlar akademiyasining Xalqaro departament direktori (Xitoy):

– Ozbekiston har tomonlama rivojlanib bormoqda. Mamlakatingizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi yuksalishlar, shahar va qishloqlardagi ulkan ozgarishlar e’tiborga molik.

Ozbekiston goyat muhim siyosiy voqea arafasida turibdi. Mamlakat Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi dasturlari, targibot-tashviqot ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdim. Barcha nomzodlarning dasturlari oziga xos va dolzarb ahamiyatga ega. Teleradiokanallarda saylovoldi tashviqotlari uchun nomzodlarning hammasiga teng efir vaqti, matbuot sahifalarida bir xil joy ajratilgan. Bu omil barcha nomzodlar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratilganidan dalolat beradi. Ozbekistonda saylovoldi tashviqotlari tenglik, soglom raqobat muhitida yuksak demokratik standartlar asosida otmoqda.

Parviz MORVIJ, Nyu-York davlat universiteti professori, «Global ilmiy nashrlar» markazi direktori (AQSh):

— Ozbekiston dunyo hamjamiyatida ozining munosib ornini egalladi. Bugun uning jahondagi obro-etibori tobora yuksalmoqda. Bu mamlakatingizda demokratiya va bozor iqtisodiyotiga oid islohotlarni amalga oshirish natijasida qolga kiritilayotgan ulkan yutuqlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan etirof etilishida, davlatingizning mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari berayotgan samaralarda oz ifodasini topmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga bolib otayotgan saylov jarayonini bevosita kuzatib, bu siyosiy tadbirga mamlakatda juda katta tayyorgarlik korilganiga ishonch hosil qildim. Siyosiy partiyalar tomonidan korsatilgan nomzodlarning mamlakatingizning barcha hududlarida saylovchilar bilan uchrashuvlarini, saylovoldi tashviqotlarini katta qiziqish bilan kuzatib kelyapman. Saylovchilarning nomzodlar va ularning dasturlari haqida toliq malumotga ega ekani, aholi va saylov organlari ortasidagi aloqa faolligi diqqatga sazovor. Bularning barchasi mamlakatingizda Prezident saylovining ochiqlik, oshkoralik, adolatlilik tamoyillariga tola muvofiq, xalqaro standartlarga mos holda otishini taminlaydi.

Ozbekistonda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni muntazam kuzatib boraman. Mamlakatingizda uzoqni kozlab yuritilayotgan oqilona siyosat tufayli har soha, jumladan, siyosat, iqtisodiyot, talim, sogliqni saqlash kabi sohalar yil sayin taraqqiy etmoqda. Ozbekiston saylov tizimi ham dunyo hamjamiyati tomonidan yuksak etirof etilishiga ishonchim komil.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: