O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.03.2015

ISHONCHLI VAKILLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga OzXDPdan nomzod Hotamjon Ketmonovning ishonchli vakili Quvvatboy Qurbonboyev Nukus shahrida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvni 32-saylov uchastkasi raisi Dariyabay Rambergenov ochdi.

Shundan song ishonchli vakil saylovchilarni nomzodning tarjimai holi, uning dasturi bilan tanishtirdi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qollab-quvvatlash, pensiya tizimini takomillashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish borasidagi takliflar dolzarb ekanini ta’kidladi.

Nomzodning dasturida ilgari surilgan takliflar haqida atroflicha malumot berildi. Saylovchilar uning hayotiy muhim jihatlari haqida oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

— Partiyamizning ustuvor goyalaridan biri ijtimoiy himoyadir, dedi uchrashuvda sozga chiqqan OzXDP faoli, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi akademik litsey direktori orinbosari Abadan Ansatbayeva. Prezidentlikka nomzodning dasturida bu tizimning samaradorligini oshirish boyicha takliflar orin olgan. Yani, uyda otirgan ayollar, imkoniyati cheklanganlar, kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlar uchun imtiyozli kreditlar ajratish, ularni kasanachilikka kengroq jalb etish, oilaviy tadbirkorlik shakllarini kengaytirish, bir soz bilan aytganda, ularni ijtimoiy faol qatlamga aylantirish choralarini kuchaytirish lozimligi qayd etilgan. Bu takliflar boqimandalik kayfiyatiga barham berishda, jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy faollik yanada ortishida muhim ahamiyat kasb etadi, deb oylayman.

Uchrashuvda, shuningdek, OzXDP faoli Altish Saparniyazova, 13-maktabgacha talim muassasasi mudiri Zibagul Samiyarova va boshqalar sozga chiqib, saylovda Hotamjon Ketmonovning nomzodini qollab-quvvatlashga chaqirdi.

* * *

Surxondaryo viloyati Jarqorgon tumanida Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonovning ishonchli vakili Chori Jumaqulov saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvni OzXDP Jarqorgon tuman kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Alisher Mamatmurodov ochib, saylovning mamlakatimiz ijtimoiy, siyosiy hayotidagi ahamiyati haqida soz yuritdi.

Ishonchli vakil yigilganlarga nomzodning dasturi togrisida batafsil malumot berdi.

Dasturda asosiy etibor ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini har tomonlama qollab-quvvatlashga qaratilgan, dedi ishonchli vakil. Shuningdek, qishloq joylarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash choralari kozda tutilgani aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlashda muhim omil boladi. Bulardan tashqari, dasturda yangi ish orinlari yaratish, ayniqsa, xotin-qizlar va kollej bitiruvchilari bandligini taminlash boyicha takliflar berilgan. Ular mamlakatimizda bandlik bilan bogliq muhim masalalarni hal etishga xizmat qiladi, deb oylayman.

Samimiy ruhda otgan uchrashuvda saylovchilar oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tumanimizda partiyamiz azolari safi yil sayin kengayib bormoqda, deydi Jarqorgon sport kolleji direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdumutal Arabov. Demak, partiyamiz goyalari aholiga, odamlarga maqul kelyapti. Partiya tashkilotlari, deputatlar amalga oshirayotgan tashabbuslar elektorat manfaatlarini himoya qilishda muhim vosita bolmoqda. Shu bois, biz Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonovning dasturida ilgari surilayotgan goyalarni qollab-quvvatlaymiz.

Aholini ish bilan taminlash, mehnatga oid huquq va manfaatlarini himoya qilish oilalar farovonligi oshishida, har bir odam hayotidan mamnun, ertasidan kongli toq bolib yashashida muhim ahamiyatga ega, deydi «Istiqlol» mahalla fuqarolar yigini raisi Baxtiyor Turdaliyev. Shu manoda Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov dasturida ilgari surilgan goya va takliflar aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan etiborga molik. Xususan, nomzodning xizmat korsatish va servis sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning mehnatga layoqatli aholi bandligini taminlash boyicha say-harakatlarini faollashtirishga qaratilgan takliflari menga maqul keldi. Chunki mazkur sohani rivojlantirish orqali ish orinlari ochish, odamlarga munosib turmush sharoiti yaratish, aholiga xizmat korsatish sifatini oshirish kafolati mustahkamlanadi.

Uchrashuv songida ishonchli vakil saylovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi va ularni Prezident saylovida Hotamjon Ketmonov nomzodini qollab-quvvatlashga chaqirdi.

* * *

Prezidentlikka Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Hotamjon Ketmonovning ishonchli vakili, OzXDP Sirdaryo viloyati kengashi raisi Alisher Toshmatov Sirdaryo tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvni 212-Navroz uchastka saylov komissiyasi raisi Mirkamol Boboyev ochdi. Ishonchli vakil saylovchilarni nomzodning tarjimai holi va dasturi bilan tanishtirdi.

Nomzod dasturida aholi bandligini taminlash tizimini doimiy ravishda takomillashtirish, kam taminlangan oilalar manzilli ijtimoiy himoyasining samaradorligini yanada oshirish, aholiga yuqori sifatli va maqbul tibbiy yordamdan keng foydalanish imkoniyatlarini taminlash masalalariga alohida etibor qaratilgani, mazkur masalalarning ahamiyati haqida toxtalib otdi.

Bizning nomzod bozor iqtisodiyoti tamoyillari izchil joriy qilingani sari aholini ijtimoiy himoyalash va qollab-quvvatlash chora-tadbirlari ham takomillashib borishi lozim, deb hisoblaydi, dedi ishonchli vakil. Chunonchi, u nafaqalar va moddiy yordam aniq manzillilik asosida kam taminlangan oilalar, keksalar va bolalarga berilishini taklif qiladi. Shuningdek, uning dasturida yakka tartibdagi mehnat faoliyatini mikrokreditlash va mikromoliyalash tizimini yanada takomillashtirish taklifi ham aks etgan.

Uchrashuvda Prezidentlikka nomzodning dasturi yuzasidan tuman xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimi mudiri orinbosari Shohida Yoldosheva, Nuriddin-A fermer xojaligi rahbari Olimjon Abdullayev, 15 umumtalim maktabi direktori Xosiyat Abidova va boshqalar sozga chiqib, nomzodning takliflarini qollab-quvvatlashlarini bildirdi, saylovchilarni Hotamjon Ketmonov uchun ovoz berishga chaqirdi.

Zulayho ARTIKOVA,

Abdumalik HAYDAROV,

Oktam ABDULLAYEV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: