O'zb  
 
21.03.2015

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida Prezident sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonini kuzatish maqsadida mamlakatimizga kelgan xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov Latviya Markaziy saylov komissiyasi raisi Arnis Simdars bilan uchrashuvda mamlakatimizda saylovlarni ochiq-oshkora, erkin va adolatli otkazish, fuqarolarning saylov jarayonlarida faol ishtirok etishi uchun barcha huquqiy asoslar yaratilganini ta’kidladi. Bu fuqarolarning saylov huquqlari toliq amalga oshirilishiga, Ozbekistonning demokratiya yolidan izchil borib, yuksak marralarni egallashiga zamin yaratmoqda.

2014 yil 16 aprelda qabul qilingan «Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)»gi qonun saylovlarni demokratik, ochiq-oshkora otkazish, unda qonuniylikni har tomonlama taminlashning muhim kafolati boldi. Qonunda Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini shakllantirishning demokratik tizimi, uning faoliyatiga doir asosiy prinsiplar konstitutsiyaviy norma tarzida mustahkamlab qoyildi.

Shuni alohida takidlash kerakki, saylov kampaniyasi jarayonida Prezidentlikka nomzodlarga teng sharoit va imkoniyatlar taminlanmoqda. Saylov uchastkalarida saylovchilarning saylov bilan bogliq malumotlar bilan tanishishi uchun barcha imkoniyat yaratilgan.

— Ozbekiston saylov tizimi, saylov qonunchiligi haqida koplab malumotlarga ega boldim, deydi Arnis Simdars. Saylovni yuqori saviyada otkazish uchun barcha tayyorgarlik ishlari korilgan.

* * *

Shu kuni Markaziy saylov komissiyasida Hindistondagi Bharatiya Janata partiyasi muvofiqlashtiruvchisi Vijay Jolli bilan ham uchrashuv bolib otdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining olib borayotgan ishlari haqida batafsil malumot berildi.

Markaziy saylov komissiyasi oz faoliyatini davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil tarzda olib borishi, uning faoliyatiga aralashishga yol qoyilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bolishi saylovlarni demokratik tarzda otkazishga yol ochmoqda.

Ozbekistonda saylovlarni xalqaro demokratik talablar asosida otkazish uchun barcha huquqiy, tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan, deydi Vijay Jolli. Bunga otgan yili dekabr oyida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bolib otgan saylov jarayonini kuzatib amin bolganman. Bu haqdagi oz xulosalarimni Ozbekiston-Hindiston: dostlik, rivojlanish, yuksalish yolida risolasida bayon etdim. Prezident saylovi ham yuqori saviyada otishiga ishonamiz. Saylovga tayyorgarlik jarayoni hamda xalqingizning faolligi shundan dalolat berib turibdi.

Uchrashuvlar yakunida mehmonlarga xalqaro kuzatuvchi maqomini beruvchi mandatlar topshirildi.

N.ABDURAIMOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: