O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.03.2015

PORLOQ KELAJAGIMIZ UCHUN OVOZ BERAMIZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida saylovda ilk marta ishtirok etadigan yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga bagishlangan seminar va davra suhbatlari otkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri — Termiz shahrida bolib otdi. Unda okrug saylov komissiyasi raisi orinbosari Ch.Qurbonov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanish va ozgarishlar saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini ta’minlashda muhim omil bolayotganini takidladi.

Shu yilning 29 martida bolib otadigan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida surxondaryolik sakkiz mingdan ortiq yoshlar ilk marta ovoz beradi.

Bolajak saylov arafasida Konstitutsiyamizda belgilab qoyilgan huquqimdan foydalanib, porloq kelajagimiz uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bolayotganimdan xursandman, deydi Termiz shahridagi 2-akademik litsey oquvchisi N.Obidova. Bu yil akademik litseyni tugatib, oliy oquv yurtiga hujjat topshiraman. 29 mart kuni bolib otadigan saylovda mening ovozim ham biz, yoshlarning kelgusidagi osuda, farovon turmushimizni belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanini yaxshi bilaman. Binobarin, saylov kuni baxtli hayotimiz uchun ovoz beraman.

Davra suhbatida olim va huquqshunoslar milliy saylov qonunchiligimiz, saylovning mazmun-mohiyati, yurtimizdagi tinchlik va farovonlikni taminlashdagi ahamiyati, ovoz berish tartib-taomillari xususida yoshlarga keng malumotlar berdi.

Tadbirda yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

X.MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: