O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.03.2015

HINDISTONLIK EKSPERTLAR: OZBEKISTONDA YUKSAK DEMOKRATIK TALABLARGA JAVOB BERUVCHI MILLIY SAYLOV TIZIMI MAVJUD

Yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Hindiston jamoatchiligi tomonidan diqqat bilan kuzatib borilmoqda.

Xususan, «Hindiston-MDH» savdo-sanoat palatasi bosh kotibi Jyotsna Dyube Choudxuri xonim Jahon axborot agentligi muxbiriga quyidagi fikr-mulohazalarini bayon qildi:

— Ozbekiston istiqlol yillari davomida faol rivojlanayotgan, sanoatlashgan davlatga aylandi. Energetika, avtomobilsozlik, toqimachilik, qishloq xojaligi, turizm va boshqa sohalar jadal rivojlandi, mamlakatning eksport imkoniyatlari va yonalishlari kengaydi.

Men har gal yurtingizga tashrif buyurganimda koplab ijobiy ozgarishlarning guvohi bolaman. Misol tariqasida yangi qurilgan muhtasham inshootlar, kochalar va kopriklar, maktab va san’at binolarini keltirish mumkin.

Fikrimcha, 29 mart kuni bolib otadigan Ozbekiston Prezidenti saylovi mamlakatingizning yanada taraqqiy topishi yolidagi navbatdagi bosqichdir.

Political Events jurnali siyosiy sharhlovchisi Moxan Krishen Dxar:

Men otgan yili yurtingizda bolib otgan parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim hamda poytaxtdan uzoqda joylashgan bir necha hududlarda ovoz berish jaryonini bevosita kuzatdim. Shu bilan birga, koplab saylovchilar bilan suhbatlashib, ularning Ozbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarga munosabati ijobiy ekanligi hamda fuqarolarning porloq kelajakka bolgan ishonchining kuchligiga amin boldim.

Ishonamanki, mustaqil tarzda faoliyat olib boruvchi Markaziy saylov komissiyasi bolajak Prezident saylovi ochiq-oshkora, xolislik va shaffoflik muhitida otishini tola taminlay oladi.

Jamia Milliya Islomiya universiteti Xalqaro tadqiqotlar akademiyasi professori Rashmi Doraisvami xonim:

Ozbekistonda mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalar izchil rivojlanib borishi natijasida umumetirof etilgan xalqaro standartlar va yuksak demokratik talablarga har tomonlama javob beruvchi milliy saylov tizimi shakllandi.

Men 2007 yilda yurtingizda bolib otgan Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. Erta tongdan boshlab yoshu keksaning saylov uchastkasiga kelib, navbat bilan oz tanlagan nomzodiga ovoz berish jarayonini kuzatish juda qiziqarli bolgandi oshanda.

Ozbekiston demokratik qadriyatlar rivojlanib, fuqarolik jamiyati institutlari faollashib borayotgan davlatlar sirasiga kiradi. Mamlakat hayotidagi muhim siyosiy voqea sanalmish saylovlarning koppartiyaviylik asosida, teng kurashlar va xolis raqobat ostida ochiq va oshkora otib kelayotgani fikrimning dalilidir.

Oylaymanki, bu galgi saylov ham barcha demokratik andozalarga mos holda otishi bilan mamlakat hayotidagi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab beradi.

Bal Ram Saini, BRIKS savdo-sanoat palatasi raisi:

Ozbekiston MDH mamlakatlari orasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning togri, puxta oylangan yolini tanlab olgan sanoqli davlatlarning biri sanaladi.

Yurtingizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning muhim shartlaridan biri sifatida qulay investitsion muhit yaratish va xorijiy sarmoyalarni jadal ostirishga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Huquqiy kafolatlar va imtiyozlar hindistonlik ishbilarmonlarni ham befarq qoldirgani yoq. Bugungi kunda Ozbekistonda ozaro hamkorlikda ishlayotgan 60 dan ortiq korxona mavjud bolib, ularning 20 ga yaqini 100 foizlik hind tadbirkorlari mablagi asosida faoliyat yuritayotgani etiborga molik.

Mustaqillik yillarida mamlakatingizda saylovlarni erkin va oshkora otkazilishini taminlovchi huquqiy asos yaratildi. Shu bilan birga, fuqarolarning siyosiy madaniyati, huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi oshdi. Fikrimcha, bolajak Prezident saylovida bu jarayonlarning yorqin misolini koramiz.

Jahon AA,

Dehli.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: