O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.03.2015

ISHONCHLI VAKIL

saylov kampaniyasining muhim ishtirokchisidir

Mamlakatimizda Prezident saylovining muhim bosqichlaridan biri — saylovoldi tashviqoti jarayoni davom etmoqda. Shu kunlarda saylovoldi targ‘iboti doirasida Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va ularning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashyapti.

Toshkent davlat yuridik universiteti oqituvchisi, yuridik fanlar nomzodi Shavkat NAZAROV bilan ishonchli vakil institutining saylov jarayonidagi orni, maqsad va vazifalari haqida suhbatlashdik.

Saylovlar bu mamlakatimizda amalda bolgan huquqiy normalarning demokratiyaga asoslanganini namoyon etadigan, huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalq oz xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli hisoblanadi, deydi u. Otgan yillar mobaynida mamlakatimizda demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish borasida keng kolamli islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 2003 hamda 2008 yillarda Konstitutsiyamiz va «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunga kiritilgan tegishli ozgartish va qoshimchalar milliy saylov tizimining izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvini, saylovlarning qonun talablari va umume’tirof etilgan xalqaro prinsip va normalarga tola mos holda otkazilishini taminlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Ishonchli vakil institutining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

Bir masalaga alohida etibor qaratish lozimki, Prezident sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish bilan bogliq bolgan mutlaq vakolatlar Markaziy saylov komissiyasiga berilgan. Bu esa rivojlangan demokratik davlatlar tajribasida ham kamdan-kam uchraydi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning tortinchi bobi saylovoldi tashviqoti, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar huquqlarining kafolatlari hamda Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillariga bagishlangan bolib, aynan, 29-moddasida Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ishonchli vakillarining huquqiy maqomi mustahkamlangan.

Unga kora, Prezidentlikka nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega bolishga haqlidir.

Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini otkazishda yordam beradi, uning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi uchun targibot ishlarini olib boradi. Davlat va jamoat tashkilotlari, saylov komissiyalari bilan boladigan munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning taqdimnomasiga kora, ishonchli vakillarni Markaziy saylov komissiyasi royxatga oladi hamda ularga tegishli guvohnomalar beradi.

Bizning qonunchiligimizda saylov kampaniyasining biron-bir ishtirokchisi uchun qandaydir alohida imtiyoz va preferensiyalar berilmasligi belgilab qoyilgan. Shu bois ishonchli vakillar faqat qonunda belgilangan vakolatlardan foydalanishi talab etiladi.

Aytingchi, ishonchli vakillar qanday huquqlarga ega? Ularga nimalar taqiqlanadi?

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari Prezidentlikka nomzod nomidan saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazish, saylovoldi yigilishlarida sozga chiqish, televideniye korsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida saylovni otkazish uchun ajratiladigan mablaglar hisobidan ortacha oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bolish huquqiga ega.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakillariga tashviqotning saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar korsatish (axborot xizmatlari bundan mustasno), shuningdek, pul mablaglari tolash bilan qoshib olib borilishi taqiqlanadi.

Shuningdek, ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida hamda ovoz berish kuni jamoat fikri sorovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va otkazilayotgan saylov bilan bogliq boshqa tadqiqotlarni nashr etish, shuningdek, ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga, xususan, Internetga joylashtirishga yol qoyilmaydi.

Shu bilan birga, agar siyosiy partiya u yoki bu shaxsni Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib korsatish togrisidagi oz qarorini saylovga kechi bilan yetti kun qolganda bekor qilsa yoki Prezidentlikka nomzod etib korsatgan siyosiy partiya faoliyatini tugatgan taqdirda yoxud nomzod saylovga kechi bilan yetti kun qolganida nomzodlikdan voz kechsa, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin.

Bunday hollarda oz navbatida Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari ham vakolatlarini soqit qiladi. Yani, Markaziy saylov komissiyasi ishonchli vakillarning vakolatlarini bekor qilish togrisida tegishli qaror qabul qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, ularning ishonchli vakillari saylov komissiyalariga azo bolishi mumkin emas.

Ishonchli vakillar saylov kuni qanday vazifani bajaradi?

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillarining asosiy vazifasi nomzodni qollab-quvvatlagan holda saylovoldi tashviqoti olib borish hisoblanadi.

Saylov kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qollab-quvvatlashga qaratilgan har qanday harakatlar va tashviqot olib borish qonun bilan taqiqlanadi. Ushbu norma mazmunidan shuni tushunish mumkinki, Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakillari oz faoliyatlarini saylov kuni toxtatadi.

Shunday ekan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari saylov kuni saylash huquqiga ega bolgan barcha fuqarolar qatori oz nomzodiga ovoz berish orqali ozining Konstitutsiyaviy huquqini royobga chiqaradi.

Rivojlangan demokratik davlatlarda Prezident saylovlarida ishonchli vakillardan foydalaniladimi? Bu boradagi dunyo tajribasi haqida gapirib bersangiz.

Dunyo tajribasini organadigan bolsak, turli holatlarning guvohi bolamiz. Misol uchun, Fransiyada saylovlarni tashkil etish va otkazish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Prezidentlikka nomzodlarni royxatga olishni esa Konstitutsiyaviy kengash bajaradi. Yani, ushbu kengash markaziy saylov komissiyasi vazifasini otaydi. Mazkur davlat qonunchiligida Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari haqida aniq norma mustahkamlanmagan.

Rossiya Federatsiyasida Prezident saylovlarida ishonchli vakillardan foydalanish jarayoni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovi togrisidagi federal qonun bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunning 43-moddasi nomzodlarning ishonchli vakillariga bagishlangan bolib, unga kora Prezidentlikka nomzod ishonchli vakil tayinlashga haqli. Nomzodni ilgari surgan siyosiy partiya esa oz nomzodini qollab-quvvatlovchi 100 tagacha ishonchli vakil tayinlashi mumkin. Ishonchli vakil sifatida korsatilgan shaxslar markaziy saylov komissiyasi tomonidan royxatga olinadi. Ishonchli vakil sifatida saylov komissiyasi azolari, davlat organlari mansabdor shaxslari, xodimlari royxatga olinmaydi. Ishonchli vakil kuzatuvchi vakolatidan foydalana olmaydi.

Dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarning saylov qonunchiligini organib, shunday xulosaga kelish mumkinki, mamlakatimizda yaratilgan huquqiy meyorlarda saylov kampaniyasi bilan bogliq har bir jihat alohida etiborga olingan. Bu esa saylov kampaniyasi ishtirokchilarining haq-huquqlari kafolatlanishi, ular uchun barcha tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratib berilishi, eng asosiysi, saylovlarni demokratik tamoyillar asosida otishiga xizmat qiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: