O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
10.03.2015

SAYLOV UCHASTKALARIDA

Prezident saylovida qatnashish har bir fuqarodan katta mas’uliyat talab etadi. Bu saylovda xalqimiz o‘z kelajagi uchun ovoz beradi. Shu bois barcha hududlarda, jumladan, Samarqand viloyatida ham saylovchilar 29 mart kuni bolib otadigan saylovga katta qiziqish va etibor bilan qarashmoqda.

Viloyatda saylovchilarning umumiy soni 2 million 294 ming 602 kishidan iborat. Saylovni otkazish uchun 957 ta saylov uchastkasi tuzilgan. Ularning barchasida saylovga qizgin tayyorgarlik korilmoqda. Saylovchilar uchun hamma sharoit yaratib berilmoqda.

Payariq tumanidagi Chelak qishloq xojalik kasb-hunar kolleji binosida joylashgan 567-saylov uchastkasidamiz. Bu yerda siyosiy partiyalar dasturlari, siyosiy partiyalar nashrlari, saylovchilar royxati, Prezidentlikka nomzodlarning targibot vositalari tartib bilan joylashtirilgan. Tibbiyot hamda ona-bola xonalari did bilan jihozlangan. Ovoz berish kabinalari ornatilgan.

— Saylovchilarimiz 3223 nafar, deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Doniyor Roziyev. – Ularning 146 nafari Prezident saylovida ilk bor ishtirok etadigan yoshlar. Saylovchilar bilan saylovning mazmun-mohiyati, uning mamlakat ravnaqi, aholi farovonligidagi ornini tushuntirish maqsadida turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilyapti.

Saylov uchastkasida bir guruh yosh yigit-qizlar bilan suhbatlashdik. Ularning barchasi Prezident saylovida birinchi bor ovoz berishar ekan.

Kollejning komputerlarga texnik va dasturiy xizmat korsatish yonalishida oqiyman, dedi Firdavs Umrzoqov. Har kuni darsdan song saylov uchastkasida saylov qonun-qoidalarini organyapman, nomzodlarning dasturlari bilan tanishyapman. Bugun Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining maqsad va vazifalari bilan tanishdim. Kelajakda shu partiya safida bolishni niyat qildim. Prezident saylovida qatnashayotganimdan, kelajagim uchun ovoz berishimdan xursandman.

Firdavs Umrzoqovning dostlari ham shunday fikrda. Ularning barchasi shu yil 29 martda otkaziladigan saylovda faol ishtirok etishlarini aytishdi.

Abdurasul SATTOROV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: