O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.03.2015

Xalqaro kuzatuvchilar okrug saylov komissiyasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasida saylov jarayonlarini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosining uzoq muddatli kuzatuvchilari bilan uchrashuv bolib otdi.

Okrug saylov komissiyasi raisi Ya.Allayorov mehmonlarga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi jarayonlari, okrug saylov komissiyasi vakolatlari, olib borilayotgan ishlar haqida sozlab berdi.

“Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida”gi qonunga kora, okrug saylov komissiyasi tomonidan Samarqand viloyatida 957 saylov uchastkasi tuzilgan, uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangan va komissiyalar oz faoliyatini boshlab yuborgan. Ular oz faoliyatida saylov kampaniyasining barcha bosqichlarida qonuniylik, oshkoralik va transparentlik prinsiplariga qat’iy rioya etadi.

Ayni paytda Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda. Mazkur tadbirlarni otkazish, bu jarayonda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish uchun barcha nomzodlarga teng sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Saylov jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish maqsadida viloyatdagi ellikdan ziyod jurnalist tegishli tartibda akkreditatsiyadan otkazilgan.

EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi uzoq muddatli kuzatuvchilari Simus Fransis Martin va Yeva Karolina Suxonen saylov kampaniyasi jarayonlarini kuzatish uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni yuqori baholadi. Shuningdek, yurtimizning betakror tabiati, xalqimizning ochiq kongilliligi va samimiyligi, mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, odamlarning ertangi kunga katta ishonch bilan yashayotgani, bozor va dokonlardagi mol-kolchilik haqida hayrat bilan gapirdi.

Xalqaro kuzatuvchilar saylov okrugida komissiyaning samarali faoliyat olib borishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Golib Hasanov, OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: