O'zb  
 
03.03.2015

OSHKORALIK BOSH MEZON

Termizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimini yanada oshirish va uchastka saylov komissiyalari ishini samarali tashkil etish masalalariga bagishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi azolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, huquq-tartibot idoralari vakillari, Termiz shahridagi uchastka saylov komissiyasi azolari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi raisi A.Ahmedov, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi azosi O.Abdunazarov va boshqalar mamlakatimizda saylovlarni xalqaro mezonlarga tola mos otkazish uchun barcha huquqiy asoslar yaratilganini alohida takidladi.

Viloyatda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini milliy qonunchiligimiz doirasida ochiq va oshkora otkazish uchun qizgin hozirlik korilayotir. Vohada 708 saylov uchastkasi tashkil etilib, fuqarolarning Konstitutsiyamizda belgilab qoyilgan huquqlaridan foydalanishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Saylovni yuqori saviyada tashkil etishning muhim bogini bolgan uchastka saylov komissiyalari azoligiga el orasida obro-etiborga ega, saylov qonunchiligidan xabardor kishilar jalb etilgan.

Termiz shahrida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 44 uchastka saylov komissiyasi faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda saylov uchastkalarini jihozlash, saylovchilar royxatini shakllantirish ishlari nihoyasiga yetkazilayotir.

— «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunning 18-moddasida uchastka saylov komissiyasining vakolatlari alohida belgilab qoyilgan, deydi Termiz shahridagi 251-uchastka saylov komissiyasi raisi Sh.Sadullaev. Shunga muvofiq, saylovchilar royxatini shakllantirib, ovoz beriladigan bino va saylov qutilarini hozirlab qoydik. Ona va bola, tibbiyot xonalari milliy qonunchiligimizda belgilangan talablar asosida jihozlandi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi uchastka saylov komissiyalari ish faoliyatini tashkil etish, komissiyalarni moliyalashtirish masalalari xususida ham atroflicha soz yuritildi. Ishtirokchilarga saylov jarayonida mahalliy va xalqaro kuzatuvchilarning orni, saylov kampaniyasining ochiq va oshkoraligini taminlashda ommaviy axborot vositalarining roli, muddatidan oldin ovoz berish tartiblari togrisida malumotlar berildi.

Shunday seminar-treninglar viloyatning barcha tumanlarida otkazilmoqda.

X.MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: