O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.02.2015

YEXHT DIIHB CHEKLANGAN MISSIYASI OZBEKISTONDA PARLAMENT SAYLOVI BOYICHA YAKUNIY HISOBOTINI ELON QILDI

O’zbekistonda parlament saylovi uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi cheklangan missiyasining yuakuniy hisobotida shunday xulosa qilingan. Hisobot 24-fevral kuni tashkilotning sayti (http://www.osce.org/odihr/elections/uzbekistan/142576)da ingliz tilida elon qilingan.

Malumki, Elchi Daan Everts boshchiligidagi YeXHT DIIHB cheklangan missiyasi 2014 yil 21 dekabr kuni bo‘lib otgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari saylovini kuzatdi. Missiyaning Toshkent shahrida 12 kishilik asosiy guruhi hamda mamlakatimiz hududlarida 8 kishilik uzoq muddatli kuzatuvchilari ish olib bordi.

Missiyaning yakuniy hisobotida qayd etilganidek, Markaziy saylov komissiyasi oz faoliyatida shaffoflikni taminlash va jamoatchilikni saylov haqida xabardor qilish boyicha faol chora-tadbirlar kordi. «Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylovga texnik jihatdan puxta hozirlik kordi va qonunchilikda belgilangan muddatlarga amal qildi», deb takidlashdi ekspertlar.

Missiya kuzatuvchilari shuni qayd etishdiki, Ozbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan ozgartishlarda YeXHT DIIHBning avvalgi ayrim tavsiyalari inobatga olingan va saylov kampaniyasi va ovoz berish tartib-taomillariga nisbatan yanada batafsil qoidalar joriy etilgan. Xususan, qamoqda saqlash joylarida ovoz berish imkoniyatini taqdim qilish kozda tutilgan.

Missiya, shuningdek, Ozbekiston qonunchiligiga muvofiq deputatlikka nomzodlarning saylov bilan bogliq xarajatlari davlat tomonidan qoplanganini takidlagan. Bunda bolib otgan parlament saylovida moliyalashtirish mablaglari miqdori sezilarli darajada oshirilganiga etibor qaratilgan. Nomzodlar va siyosiy partiyalar oz saylovoldi tashviqotlarini mahallalar va saylov komissiyalari komagida amalga oshirishdi. Siyosiy partiyalar va nomzodlarning tashviqot tadbirlari yaxshi tashkil qilingan, zarur resurslar bilan taminlangan.

Umuman aytganda, ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayoni, missiya kuzatuvchilari fikricha, samarali va shaffof otdi. Ular tashrif buyurgan saylov uchastkalarida saylovchilarning erkin ovoz berishi uchun zarur sharoit yaratilgan.

YeXHT DIIHB kuzatuvchilari missiyasi maruzasida parlament saylovida ayollar va etnik kamchilik vakillarining faol ishtirok etgani yuksak etirof etilgan. Xususan, Markaziy saylov komissiyasi royxatga olgan 535 nafar nomzodning 170 nafari xotin-qizlar bolib, nomzodlar orasida etnik kamchilik vakillari ham bor.

Shu bilan birga, YeXHT DIIHB kuzatuvchilari cheklangan missiyasi yakuniy hisobotida kuzatuv davomida aniqlangan kamchiliklar va ularni keyingi saylovlargacha bartaraf etish boyicha qator tavsiyalar bergan.

Eslatib otamiz, shu kunlarda Ozbekistonda Prezident saylovini kuzatish boyicha favqulodda va muxtor elchi Kayetana de Zuluyeta boshchiligidagi YeXHT DIIHBning cheklangan missiyasi oz ishini boshladi. Missiya tarkibida 11 nafar xalqaro ekspert, shuningdek, joylarda ish olib borish uchun 10 nafar uzoq muddatli kuzatuvchi bor.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: