O'zb  
 
24.02.2015

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI 2015

TOSHKENT VILOYATI

Toshkent viloyat okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida saylovga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan bogliq masala atroflicha muhokama etildi. Unda okrug saylov komissiyasi a’zolari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bolimi, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

— Muhim siyosiy tadbirning qonun talablari asosida otishini taminlashda okrug va uchastka saylov komissiyalari muhim orin tutadi, deydi 10-Toshkent viloyat okrug saylov komissiyasi raisi Nurmuhammad Abdullayev. Shu bois uchastka saylov komissiyasi azolarining bilim va konikmalarini yanada oshirish masalasiga katta etibor qaratilmoqda. Seminarlar tashkil qilib, ularni milliy saylov qonunchiligimiz bilan yaqindan tanishtirib boryapmiz.

Okrug saylov komissiyasining yigilishida tegishli tashkilotlar vakillarining saylov uchastkalarida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlari xususidagi axborotlari tinglandi.

NAVOIY

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 5-Navoiy viloyat okrug saylov komissiya tomonidan saylovni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan puxta tayyorgarlik korilmoqda.

Saylov uchastkalari milliy saylov qonunchiligimizga oid siyosiy adabiyotlar, korgazmali qurollar va eng songgi axborot texnologiyalari bilan toliq taminlandi, deydi okrug saylov komissiyasi kotibi Husniddin Ahmedov. Bu saylovchilarning siyosiy-huquqiy ongini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi, deb oylayman.

Saylovga tayyorgarlik korish bilan bogliq barcha tadbirlar milliy qonunchiligimiz talablari va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi asosida izchil olib borilmoqda. Buning uchun okrug saylov komissiyasining ish rejasi, azolarining vazifalar taqsimoti ishlab chiqildi. Shuningdek, saylov uchastkalarida doimiy navbatchiliklar tashkil qilingan.

NAMANGAN

Namangan viloyatida Prezident saylovini otkazishga puxta tayyorgarlik korilmoqda. Jumladan, har bir saylov uchastkasi saylovchilarga qulay va yaqin bolgan binolarda joylashtirilib, zarur shart-sharoitlar yaratilib, zamonaviy aloqa vositalari bilan toliq jihozlandi.

Bizning saylov uchastkamizda 3 mingdan ortiq saylovchi bor, deydi Namangan shahridagi 114-uchastka saylov komissiya raisi Feruza Ramazonova. Ularning malum qismi Prezident saylovida ilk bor ishtirok etadi. Shu bois yoshlarning muhim siyosiy tadbir haqidagi tushunchalarini yanada boyitish, saylovda faol ishtirok etishning ahamiyatiga oid targibot-tushuntirish tadbirlari otkazilmoqda. Uchastkamizda onalar va bolalar xonasi tashkil qilindi. Shuningdek, tibbiyot xonasiga ham zarur asbob-uskunalar ornatilib, birinchi yordam korsatish uchun shay qilib qoyildi.

Namangan viloyat okrug saylov komissiyasining shahar va tumanlarga biriktirilgan azolari butun okrug hududida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Qonun talablariga tola rioya qilinishiga alohida etibor berishmoqda.

Ahmad YUSUPOV tayyorladi.

Saylovga tayyorgarlik ishlari togrisida tahririyatimizga xabar qilsangiz, minnatdor bolamiz.

Tel.: (0-371) 233-10-13, 233-65-45. info@uzbekistonovozi.uz


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: