O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.02.2015

MEN PREZIDENT SAYLOVIDA ILK BOR QATNASHAMAN

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida muhim voqea — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga katta hozirlik korilmoqda. Qonunga muvofiq 18 yoshga tolgan fuqarolar Prezident saylovida qatnashish huquqiga ega.

Xosh, Prezident saylovida birinchi marta qatnashadigan yoshlar mazkur muhim voqeaning mas’uliyatini qanday tasavvur qilmoqda? Ular yurtimizda kechayotgan saylov bilan bogliq jarayonlardan qay darajada xabardor?

Malumki, Prezident saylovida yurtimizdagi barcha siyosiy partiyalar oz nomzodlarini ilgari surmoqda. Shu kunlarda nomzodlarning saylovchilar, xalqimiz vakillari bilan uchrashuvlari bolib otmoqda. Ushbu uchrashuvlar, ayniqsa, Prezident saylovida birinchi marta ishtirok etadigan yoshlar katta qiziqish uygotmoqda.

Ayni paytda yoshlar Prezidentlik saylovi haqida nimalarni bilishadi? Qanday odamni Prezidentlikka munosib, deb tasavvur qilishadi?

Bobur RAHMONBERDIYEV, Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi:

– Saylovda ishtirok etish, nomzodlar va ularning dasturlari bilan yaqindan tanishish har birimizdan katta masuliyat talab etadi. Mamlakatimiz rahbari sifatida qanday insonni korishimiz mumkin? Bu borada kopchilikning oz fikri, munosabati, aytish mumkinki, pozitsiyasi bor. Saylov kuni har birimiz saylov varaqasiga belgi qoyar ekanmiz, ana shu pozitsiyamizni namoyon etgan bolamiz. Shuning uchun Prezident kim, mamlakat taraqqiyoti, xalq kelajagida uning orni, ahamiyati togrisida chuqur oylab, fikr yuritishimiz kerak boladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini hayajon bilan kutyapman. Mamlakatmiz aholisining katta qismini men kabi yoshlar tashkil qiladi. Bu esa yoshlarning bolajak saylovlarda qatnashishi muhim ekanini korsatadi. Saylovda faol ishtirok etish mamlakat taraqqiyoti, aholi farovonligi yolidagi masuliyatdir. Shunday ekan, oz taqdirini mamlakat taqdiriga chambarchas boglagan har bir yosh Prezident saylovida faol ishtirok etishi zarur. Men ham oz huquqimdan albatta foydalanaman.

Sobirjon RAHMONOV, tadbirkor:

Mamlakatimizda biz, yoshlar uchun qulay shart-sharoit yaratilganini barchamiz oz sohamiz, shaxsiy hayotimiz misolida korib turibmiz. Ayniqsa, oz mustaqil ishimizni yolga qoyishimiz, uni har tomonlama kengaytirishimiz uchun yollar keng ochib berilmoqda. Imtiyozli bank xizmatlari taklif etilyapti, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik tashabbuslari faol qollab-quvvatlanayapti.

Men ham bu imkoniyatlardan foydalangan holda, otgan yili oz tadbirkorlik faoliyatimni yolga qoydim. Albatta, oson bolgani yoq. Lekin kuchli xohish-istak, maqsad bilan har qanday qiyinchiliklarni yengib otish mumkin ekan. Ish boshlaganimizda faqat bolalar kiyimlarini ishlab chiqargan bolsak, hozirda mahsulotlarimizning turi oshdi, xotin-qizlar uchun ham kiyimlar tayyorlayapmiz.

Mustaqil ishimni olib borish bilan birga, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olaman. Mamlakatimizda va dunyoda bolayotgan voqea-hodisalar, siyosiy jarayonlarni muntazam kuzatib, ozimga tegishli xulosalar chiqarib boraman. Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovda yoshlarning ishtiroki muhim, albatta. Shu bois 29 mart kuni bolib otadigan saylovda ishtirok etishni fuqarolik burchim, deb bilaman. Bunga befarq bolishga haqqim yoq.

Prezident yurt taqdiri, xalq farovonligi yolida chin dildan qayguradigan, hayotiy taklif va tashabbuslarni ilgari suradigan, yuksak shijoat bilan ularni amalga oshiradigan hamda fidoyi inson bolishi kerak, deb oylayman. Hududlar, sohalar qay darajada rivojlananishi, odamlarning turmush sharoiti yuksalishi mamlakat rahbariga bogliqdir. Shularni nazarda tutgan holda, saylov bilan bogliq jarayonlarda faol qatnashishimiz zarur.

Shohsanam DAULETBAYEVA, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich oquvchisi:

Saylov katta siyosiy voqea, jarayon. Bugun nomzodlar ham, saylovchilar ham jiddiy sinov arafasida. Bu imtihondan qanday otish esa, avvalo, har birimizning fuqaro sifatida oz burchimizni qanday anglashimizga bogliq. Saylovda saylovchining erkin tanlash huquqi bor. Nomzodlar orasidan tafakkuri yuksak, salohiyatli, aytayotgan sozining ustidan chiqadigan, goyalari hayotiy bolganini tanlab, unga oz ovozimizni bersak, kelajagimiz poydevorini yanada mustahkamlashga hissa qoshgan bolamiz.

Men bu yil birinchi bor Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etaman. Bu menga gurur va iftixor bagishlaydi. Hozir biz saylov jarayonlari haqida koproq malumotlar olishga harakat qilyapmiz. Nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan yaqindan tanishayapman. Saylov jarayonlarida faol qatnashish orqali nafaqat siyosiy huquqimizdan foydalanamiz, shu bilan birga, siyosiy-huquqiy bilimimizni oshiramiz. Shuningdek, mamlakatimiz istiqboli, taraqqiyot yollari haqida fikrimiz, tushunchamizni kengaytirish imkoniga ega bolamiz. Demak, saylov biz yoshlar uchun har tomonlama muhim voqeadir.

Mukarram RASULJONOVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: