O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.02.2015

KIM KIM BILAN TANISHMOQDA?

uyatsiz vositachilar pul dardida yonmoqda

Bu to‘grida ikki yil muqaddam ham yozgandik. Ya’nikim, efirdagi «hojatbarorlar» – manfaatparast sovchilar togrisida. Mazkur chiqishimizdan song Xorazm viloyatidagi xususiy televideniyelar tanqiddan togri xulosa chiqarishdi shekilli, endilikda efir orqali Qizlar bilan tanishaman mazmunidagi elonlarga chek qoyildi. Ammo...

TTV yani, Qoraqalpogiston Respublikasining Tortkol shahrida faoliyat yuritayotgan oynai jahon mutasaddilari hali hamon savobtalab sovchilik bilan yoshlar xayolini ogirlashyapti. Har kuni istalgan paytda efirga uzatiladigan qoshiqlar dasturi bilan bir vaqtda Xonqalik qizlar bilan tanishaman. Nukusdan Oybek, Gozal qizlar bilan tanishaman. Xojaylidan Xolmurot, Hazorasplik qizlarga salom. Xivalik Sardor mazmunidagi xususiy elonlar toxtovsiz ravishda berib borilyapti. Tanishuvga chorlovchi yigit-qizning qol telefoni raqami ham toliq efirga uzatiladi...

TTV mutasaddilari bu xizmatdan, albatta, oziga yarasha pul ishlayapti. Sababi Sms orqali TV sozini 5742 raqamiga yuboring qabilidagi yoshlarni chalgituvchi davat efirda muntazam berib boriladi. Albatta, har bir kiruvchi sms falon dollar turadi. Bundan ham telefon kompaniyalari, ham televideniye moddiy manfaatdor. Bu yoqda esa...

...Tumanimizdan bir qiz aynan TTVdagi elon tufayli boshqa bir tumanda yashovchi yigit bilan sirtdan tanishadi. Vadalar beriladi va qizning ota-onasi noiloj toy qilishdi. Bir hafta otmasdan qiz uyiga bosh egib qaytib keldi. Malum bolishicha, yigit uylangan, avvalgi xotini bilan hali rasman ajralishmagan ekan. Bu yoqda ikki ortada mojaro. Savobtalab sovchilar esa pul topish bilan ovora.

Aloqa tizimining taraqqiyoti, ayniqsa, mobil aloqaning aholi orasida goyatda tezkor, qulay vositaga aylanishi bilan bir vaqtda uning boshqacha xizmatlari ham korinib qolmoqda. Bir misol: Bilayn kompaniyasi xizmatidan foydalanaman. Telefonimda qancha mablag qolganini bilish uchun xabar jonatdim va tezda shunday xabar kelib qoldi. Balansingizda 0.96 dollar bor!, javob ortidan berilayotgan chorlovni qarang: Sevgingizni toping! Qizlar A, yigitlar M harfini 777 raqamiga yuboring. Manzil, ism, shahar, telefon. Bir kiruvchi sms 0.06 USD.

Ana, xolos! Kompaniyadagi beminnat xizmatchilar operatorlar telefon egasi kim, necha yoshda, oilaviy ahvoli qanday, ehtimol boyi yetgan qizlari, ogillari bordir. Ehtimol, 70-80 yoshli qariyadir... Bu bilan ishlari yoq.

Bunday uyatsiz sovchiliklar xalqimiz milliy qadriyatlariga zid emasmi? Osmir bolalar, qizlar ruhiyatiga, tarbiyasiga salbiy tasir qilmaydimi?.. Manaviyatimizga ziyon-zahmat yetkazmaydimi? Bu savollar ularni qiziqtirmayapti.

Rozimboy HASAN,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: