O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
21.02.2015

Ozbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medali bilan mukofotlash togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

2015-yil 9-mayda umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni otkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Galabaning 70-yilligi bayram qilinishi munosabati bilan fashizm ustidan qozonilgan Galabaga bebaho hissa qoshgan Ozbekiston fuqarolari 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini munosib ravishda va izzat-ikrom bilan sharaflash maqsadida:

1. 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Galabaning 70-yilligi sharafiga “Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etilsin.

2. Belgilab qoyilsinki, Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medali bilan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945-yillardagi Ulug Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan galaba uchun va Yaponiya ustidan qozonilgan galaba uchun medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun olingan boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomalariga ega bolgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlangan, shu jumladan, 1941-1945-yillar Ulug Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun, Mehnatdagi jasorati uchun, Mehnatda ornak korsatganligi uchun medallariga yoki 1941-1945-yillardagi urush davrida qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash boyicha shtat lavozimida bolganlik togrisidagi guvohnomaga ega bolgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadilar.

3. Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medali togrisidagi Nizom va uning tavsifi 1- va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

4. Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgarmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medali bilan mukofotlanishi lozim bolgan 1941-1945-yillardagi urush faxriylari va nogironlarining, mehnat fronti qatnashchilarining aniq royxatini tuzib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Markaziy bank va Davlat belgisi davlat-ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medallari va ularning guvohnomalari blanklari belgilangan tartibda tayyorlanishini taminlasin;

2015-yilning 1-martiga qadar Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Galabaning 70-yilligi mamlakatimizda keng bayram qilinishiga bagishlangan tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medallari bilan tantanali va bayramona vaziyatda mukofotlash chora-tadbirlari kozda tutilsin.

6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 19-fevral

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining
2015-yil 19-fevraldagi PF-4704-sonli
Farmoniga 1-ilova


Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi
esdalik yubiley medali togrisidagi Nizom

1. Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medali bilan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945-yillardagi Ulug Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan galaba uchun va Yaponiya ustidan qozonilgan galaba uchun medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun olingan boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomalariga ega bolgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlangan, shu jumladan, 1941-1945-yillar Ulug Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun, Mehnatdagi jasorati uchun, Mehnatda ornak korsatganligi uchun medallariga yoki 1941-1945-yillardagi urush davrida qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash boyicha shtat lavozimida bolganlik togrisidagi guvohnomaga ega bolgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadilar.

2. Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medalini topshirish Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Ozbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, ichki ishlar vaziri, Davlat bojxona qomitasi raisi, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari tomonidan mahalliy harbiy boshqarma organlarining, urush va mehnat faxriylari kengashlarining ishtirokida tantanali vaziyatda amalga oshiriladi.

Mukofotlanganlarga esdalik yubiley medali bilan birga belgilangan shakldagi guvohnoma topshiriladi.

3. Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medali kokrakning chap tomoniga taqiladi.

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining
2015-yil 19-fevraldagi PF-4704-sonli Farmoniga 2-ilova


Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi
esdalik yubiley medalining tavsifi
Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medali 0,25 mikrongacha qalinlikdagi oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 32 millimetrli doira shaklida boladi.

Esdalik yubiley medalining ong tomonida taralayotgan quyosh nurlari fonida Xotira maydoni yodgorlik kompleksidagi Mangu olov yonida Motamsaro ona monumenti tasvirlangan. Monumentning chap va ong tomonlarida 1945 va 2015 raqamlari yozilgan bolib, ular Ikkinchi jahon urushi tugagan yil va yubiley yilini anglatadi.

Esdalik yubiley medalining orqa tomonida Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi sozlari yozilgan. Yozuv dafna chambari bilan oralgan bolib, uning novdalari pastda sakkiz qirrali yulduz bilan tutashgan.

Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.

Esdalik yubiley medalining qirralari doira bilan hoshiyalangan.

Esdalik yubiley medali xalqachalar yordamida besh burchakli kolodka bilan tutashtiriladi, uning ustki qismi Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrogi ranglaridagi eni 24 millimetrli shoyi lenta bilan oralgan. Kok, oq va yashil polosalarning eni 7 millimetrdan, qizil polosalarning eni esa 1,5 millimetrdan. Kolodkaning balandligi 48 millimetr, eni 45 millimetr. Tognogich yordamida qadaladi.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: