O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.02.2015

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI 2015

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI

Qoraqalpogiston Respublikasida Prezident sayloviga puxta tayyorgarlik korilmoqda. Bu jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish maqsadida markaziy gazetalar, radio-televideniye, axborot agentliklari vakillari royxatga olinib, ularga maxsus akkreditatsiyalar taqdim etildi.

— Saylov jarayonlarini yoritadigan jurnalistlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, deydi okrug saylov komissiyasi raisi orinbosari Muxtor Ibragimov. Jurnalistlar bu borada bevosita matbuot markazi bilan hamkorlikda ish olib borishadi. Zamonaviy komputer va aloqa vositalari bilan jihozlangan matbuot markazi zarur adabiyotlar, saylovga oid qonunlar, uslubiy qollanmalar bilan ta’minlangan.

Qoraqalpogistonda saylov qonunchiligidan xabardor, partiyasiz fuqarolardan tashkil topgan 589 uchastka saylov komissiyasi tarkibi tasdiqlangan. Barcha saylov uchastkalarining tartib raqami va manzili korsatilgan holda ular haqidagi malumotlar qoraqalpoq, ozbek va rus tillarida mahalliy nashrlarda elon qilindi.

Respublikada 1 million 159 ming 795 nafar saylovchi Prezident saylovida ishtirok etishi kutilmoqda. Ayni paytda saylov uchastkalarini jihozlash, saylovchilar uchun yetarli qulayliklar yaratish ishlari olib borilmoqda.

QASHQADARYO

Qashqadaryo saylov okrug komissiyasi tomonidan Prezident saylovini yuqori saviyada otkazish yuzasidan qator chora-tadbirlar korilmoqda.

Aytish kerakki, mamlakatimizdagi muhim siyosiy-ijtimoiy jarayonni otkazishda, eng avvalo, uchastka saylov komissiyalari azolari saylov qonunchiligidan yaxshi xabardor bolishlari talab etiladi. Shu bois viloyatda oquv seminarlari, amaliy uchrashuvlar tashkil etishga alohida ahamiyat qaratilyapti.

Viloyatimizda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazish uchun 867ta uchastka saylov komissiyasi tuzilgan, deydi okrug komissiya kotibi Botir Shukurov. Joylarda saylov uchastkalarining moddiy-texnik taminoti hamda saylovchilarning ovoz berishi bilan bogliq tashkiliy ishlar nihoyasiga yetkazilmoqda. Saylovga tayyorgarlik korish, saylov bilan bogliq jarayonlar xususida jamoatchilikni keng xabardor qilish, ayniqsa, saylovda birinchi bor qatnashadigan yoshlarning bilim va tushunchalarini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilyapti.

JIZZAX

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 4-Jizzax saylov okrugida tayyorgarlik ishlari qizgin pallaga kirdi. Ayni paytda viloyatda tuzilgan saylov uchastkalarini zamonaviy aloqa vositalari va boshqa jihozlar bilan taminlash ishlari tugallanmoqda.

Okrug saylov komissiyasi tashkil etgan matbuot anjumanida saylovga tayyorgarlik jarayonlarini OAVda keng yoritishda xolislik mezonlariga qatiy amal qilish muhim ahamiyatga ega ekani takidlandi.

Viloyatimizda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari reja asosida amalga oshirilmoqda, deydi okrug saylov komissiyasi raisi Abdumajid Sattorov. Saylovning ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida otkazilishida ommaviy axborot vositalarining orni katta. Shu bois bu jarayonlar viloyat, shahar hamda tuman bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Bundan tashqari, viloyatdagi 463ta saylov uchastkalarida saylovchilar uchun tibbiyot hamda, onalar va bolalar uchun maxsus xonalar tashkil qilingan.

Ahmad YUSUPOV tayyorladi.

Saylovga tayyorgarlik ishlari togrisida tahririyatimizga xabar qiling.

tel.: (0-371) 233-10-13, 233-65-45 info@uzbekistonovozi.uz


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: