O'zb  
 
17.02.2015

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar royxatga olindi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni royxatga olish togrisidagi masala korib chiqildi.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni korib chiqib, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni royxatga olish togrisida qarorlar qabul qildi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov, Ozbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Akmal Xolmatovich Saidov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Islom Abduganiyevich Karimov, Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Majitovich Umarov Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib royxatga olindi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning 28-moddasiga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan royxatga olingan kundan e’tiboran ularning saylovoldi tashviqoti boshlanadi. Shu munosabat bilan majlisda saylovoldi tashviqoti togrisidagi masala korib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

* * *

Shu kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazida mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing otkazildi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov tadbir ishtirokchilariga Markaziy saylov komissiyasining majlisi yakunlari, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik boyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida malumot berdi.

Saylov kampaniyasi mamlakatimiz qonunchiligi va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha Asosiy tadbirlar dasturiga tola muvofiq holda otkazilayotgani takidlandi.

Markaziy saylov komissiyasi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning 28-moddasiga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti togrisida qaror qabul qildi.

Saylovoldi tashviqoti davrida Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga oz saylovoldi dasturlarining asosiy qoidalarini saylovchilarga yetkazish uchun Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Ozbekiston va Yoshlar teleradiokanallarida 900 daqiqadan efir vaqti beriladi. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, ularning saylovoldi dasturlari haqida video va radioroliklarni efirga uzatish rejalashtirilgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ommaviy axborot vositalarida saylovoldi tashviqoti materiallarining turi, shakl va uslublari hamda mazmunini mustaqil belgilaydi.

Saylovoldi tashviqoti davomida Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning har biriga Xalq sozi, Narodnoye slovo va Pravda Vostoka respublika davriy nashrlarida 10 sahifagacha nashr maydoni bepul ajratiladi. Ushbu materiallar hududiy nashrlarda ham elon qilinadi. Saylovoldi tashviqotini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratish prinsipi partiya nashrlariga joriy etilmaydi. Ular har qanday hajmdagi tegishli materiallarni chop etish huquqiga egadir.

M.Abdusalomov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovoldi tashviqotini mamlakatimiz qonunchiligiga tola muvofiq ravishda otkazish boyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinganini takidladi.

Brifingda saylovga tayyorgarlik ishlari haqida ham soz yuritildi. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazish uchun 9058, jumladan, Ozbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Saylov uchastkalari zarur aloqa vositalari, komputer va tashkiliy texnika, huquqiy adabiyotlar bilan taminlangan. Maxsus belgilangan joylarda yashirin ovoz berish uchun saylov kabinalari, saylov qutilari ornatilgan.

Okrug saylov komissiyalari tomonidan uchastka saylov komissiyalari tashkil etilib, ularning tarkibiga jami 90 mingga yaqin kishi kiritilgan. Ularning 67 foizi sogliqni saqlash, fan, talim, madaniyat va sport sohasi vakillari, 22,3 foizi jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, 5,3 foizi fermerlar, 5,4 foizi ishlab chiqarish sohasi vakillari, 6,2 foizi iqtisodchilardir. Komissiya azolarining 84 foizi saylovlarga tayyorgarlik korish va ularni otkazishda avval ham ishtirok etgan. Uchastka saylov komissiyalari orasida xotin-qizlar 42,8 foizni tashkil qiladi.

Brifingda saylov kampaniyasining ochiq va oshkoraligini taminlash, ommaviy axborot vositalarining Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazishga taalluqli axborotlardan foydalanishi uchun barcha sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi. Shu maqsadda Markaziy saylov komissiyasi belgilangan tartibda hujjatlar taqdim etgan mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 340 dan ziyod vakilini akkreditatsiyadan otkazdi.

Sardor Tojiyev, OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: