O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.02.2015

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI 2015

SURXONDARYO

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yuqori saviyada, demokratik tamoyillar asosida otishini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, yaqinda viloyatda okrug saylov komissiyasi va uning tarkibi tasdiqlandi.

9-saylov okrug komissiyasi uchun ajratilgan maxsus bino va xonalar zarur jihoz va texnikalar bilan taminlandi. Saylov jarayonlarini keng yoritish uchun matbuot markazi tashkil etilgan. Bundan tashqari, viloyatdagi 708 ta saylov uchastkalarida saylovchilar uchun barcha sharoit yaratilgan.

— Uchastka saylov komissiyasi azoligiga el hurmatini qozongan, saylov qonunchiligidan yaxshi xabardor fuqarolar tanlab olinmoqda, deydi okrug saylov komissiya raisi Abdukarim Ahmedov. Har bir saylov uchastkasiga okrug saylov komissiyasi azolari biriktirildi. Saylovlarda ishtirok etayotgan yoshlarni milliy qonunchiligimiz bilan yaqindan tanishtirib boryapmiz.

TOSHKENT VILOYATI

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 10-Toshkent viloyat okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Unda uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash togrisidagi masala korib chiqildi.

Qonunchilik talablariga binoan viloyatdagi jami 18 ta shahar va tumanlarda uchastka saylov komissiyalari azoligiga nomzodlar muhokama qilinib, okrug saylov komissiyasiga tavsiya qilindi.

Toshkent viloyati boyicha 1 million 906 mingga yaqin saylovchi 872 ta saylov uchastkasida ovoz beradi. Okrug saylov komissiyasi majlisida shahar va tumanlar boyicha tavsiya etilgan nomzodlar batafsil korib chiqilib, uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash togrisida qaror qabul qilindi.

Okrug saylov komissiyasi majlisidan song ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani otkazildi.

FARGONA

Fargona shahar Sayilgoh kochasida joylashgan 11-Fargona okrug saylov komissiyasida shu kunlarda ish qizgin. Komissiya uchun ajratilgan maxsus xonalar va konferensiya zali barcha kerakli jihozlar, siyosiy adabiyotlar va korgazmali vositalar bilan taminlandi. Bu yerdagi mavjud komputerlar internet tarmogiga ulangan. Bundan tashqari, saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tibbiyot va ona-bola xonalari tashkil etilgan.

Okrug saylov komissiyasining asosiy etibori saylov uchastkalari chegaralarini aniqlash, uchastka joylashgan binolar manzillarini belgilashga qaratilgan, deydi okrug saylov komissiyasi kotibi Tolqinoy Tojiyeva. Shu kungacha 2 million 342 ming nafar saylovchi royxatga olingan bolib, ular 947 ta saylov uchastkasida ovoz berishadi. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 350 ming nafardan ortiq fargonalik yoshlar birinchi bor ishtirok etishadi.

Men birinchi marta Prezident saylovida ovoz beraman, deydi Fargona shahar 2-tibbiyot kolleji oquvchisi Bobur Musayev. Oldinlari ota-onam saylovlarda ishtirok etayotganini korib, ularga juda havasim kelardi. Endi ozim ham shunday muhim siyosiy jarayon qatnashchisi ekanligimdan baxtiyorman. Bu men uchun ham faxr, ham katta masuliyatdir.

Ahmad YUSUPOV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: