O'zb  
 
07.02.2015

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI 2015

TOSHKENT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi 14-Toshkent shahar saylov okrugida saylovni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Okrug saylov komissiyasi raisi orinbosari, kotibi va okrug saylov komissiyasi a’zolari faoliyat korsatishi hamda matbuot xizmati uchun alohida xonalar ajratilgan.

Okrug saylov komissiya raisi Javdatxon Inogomovning sozlariga kora, saylov togrisidagi qonunchilikni saylovchilarga keng tushuntirish, ularning bolajak saylovga mamlakatimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqea sifatida tayyorgarlik korishi uchun zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Hozirda poytaxtimizda 653 saylov uchastkasi tuzildi. Uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining manzilini korsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari togrisida saylovchilar belgilangan vaqtda xabardor qilinadi.

SAMARQAND

Samarqand viloyatida okrug saylov komissiyasining yigilishi bolib otdi. Unda okrug hududida saylov uchastkalarini tuzish haqidagi masala korib chiqildi.

— Viloyatdagi saylovchilar umumiy soni 2 million 294 ming 602 kishini tashkil etishini inobatga olib, okrug boyicha 957 ta saylov uchastkasi tuzish togrisida qaror qabul qilingan, deydi Samarqand viloyat okrug saylov komissiyasi raisi Yaxshinor Allayorov. Saylov uchastkalarida saylovchilar uchun barcha zarur sharoit yaratilmoqda.

Anjuman doirasida okrug saylov komissiyasi tomonidan jurnalistlar uchun brifing tashkil etildi. Unda Markaziy saylov komissiyasining 2015 yil 16 yanvardagi «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini otkazuvchi okrug saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibini tasdiqlash togrisida»gi qarori asosida rais, rais orinbosari, kotib va sakkiz nafar azodan iborat 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi faoliyati haqida malumot berildi.

NAMANGAN

Namanganda okrug saylov komissiyasining navbatdagi yigilishi bolib otdi. Unda muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha dolzarb vazifalar muhokama etildi. Saylovni tegishli qonunchilik asosida, ochiqlik va oshkoralik tamoyillariga tayangan holda otkazish zarurligi takidlandi.

Ayni paytda viloyatdagi Yoshlar markazida joylashgan 6-Namangan okrug saylov komissiyasi zarur aloqa va transport vositalari bilan taminlangan. Prezident saylovida 1 million 713 ming nafardan ortiq saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda. Saylovni otkazish uchun esa 651 ta saylov uchastkasi tuzilgan.

Saylov bilan bogliq barcha tayyorgarlik tadbirlarini oz vaqtida amalga oshirishga harakat qilyapmiz, deydi Okrug saylov komissiyasi raisi Ganijon Ortiqov. Endilikda saylov kampaniyasining navbatdagi bosqichlariga puxta tayyorgarlik korishga alohida etibor qaratyapmiz.

Ahmad YUSUPOV

tayyorladi.

Saylovga tayyorgarlik ishlari togrisida tahririyatimizga xabar qilsangiz, minnatdor bolamiz.

tel.: (0-371) 233-10-13, 233-65-45 info@uzbekistonovozi.uz



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: