O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.01.2015

URUSHSIZ BIR KUN

Bilmadim, bir qarashda o‘zi urush kimga kerak? Bironta xalqqa kerak emas. Lekin, ming afsuski, mana shunday xavotirlik, tinchlikka mana shunday tahdidlar har qadamda paydo bolayapti. Bugungi kunda dunyoning turli hudud va mintaqalarida, olis va yaqin atrofimizda qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotganini kormoqdamiz. Ayrim joylarda qon tokilayotgani, nizo va adovatlar avj olayotgani, fashizm degan balo yana bosh kotarayotgani, millatchilik, shovinizm kabi ofatlar maydonga chiqayotgani, bir soz bilan aytganda, vaziyat tobora keskinlashib, xavf-xatarlar ortib borayotgani barchamizni tashvishga solmasdan qoymaydi.

Islom KARIMOV

2014 yil 16 dekabr. Pokistonning Peshovar shahridagi maktabga jangarilar bostirib kirdi. 150 kishi halok boldi. Qurbonlarning 134 nafari murgak, mas’um bolalar edi. Yil songida sodir bolgan bu vahshiylik, xunrezlik butun dunyoni larzaga soldi. Jahon xalqlari otgan yilni jarohat va yoqotishlar ila kuzatdi...

2015 yil 7 yanvar. Yaman poytaxti sanadagi politsiya kolleji oldida portlash yuz berdi. 15 kishi halok boldi. 40 kishi ogir jarohatlandi. Bu yangi yil boshlangandan buyon mazkur mamlakatda yuz bergan ikkinchi teraktdir. Insoniyat yangi yilning dastlabki kunlarini mana shunday ogir musibat va yoqotishlar bilan kutib oldi.

Inson ruhiga tashqi tasirlar, tazyiqlar, tajovuzlar ortgandan ortib bormoqda. Internetga kirish, televizor korish azobga aylandi. Notinch dunyo xabarlari dilni ogritadi, kongilni yaralaydi, qalbni zoriqtiradi. Oylar, tashvishlar, xavotirlar iskanjasida qolasan.

Bizdan necha ming kilometr uzoqlardagi urush bizga shunchalik yaqin. Uning qorquvi, iztirobi tinch mamlakatlarda yashayotgan millionlab odamlarning ruhiga kirib olgan.

Urush orqasidan hududini kengaytirib olayotganlar, yovlashgan tomonlarga ochiqdan-ochiq qurol yetkazib berayotganlar, birni ikkiga urib boy bolayotganlar, noxolis tarafkashlik qilayotganlar, urushlar, kelishmovchiliklar sahnasini tayyorlab tomosha korayotganlar...

Sizning koksingizda ham yurak bormi? Qondan seskanasizmi? Begunoh bolalar, himoyasiz keksalar, ayollar qonini tokishdan qorqmaysizmi? Vatanini, uyini tashlab ketayotganlar, parokanda bolgan oilalar, godaklar oh-faryodi, yetim-esirlar uvoli nahotki sizni tutmasa...

Oh, qani endi yer yuzida hech bolmasa bir kun tinchlik hukm sursa. Oq otilmasa, odamlar qiynoqqa solinmasa. Dunyo mamlakatlari va xalqlari bir-biri bilan dostlashsa. Asriy nizolar, ixtiloflar, ziddiyatlar, tarixiy xatolar unutilsa. Urush paytida asirga olinganlar ozod etilsa. Bemorlarga dori-darmon, ochlarga non, suvsizlarga suv, jahon bolalariga tinch dunyo berilsa. Bir kun bolsa ham dardli dunyo jarohatlariga malham qoyilsa. Ellar bir-biriga el bolsa, yollar yollarga tutashsa, qollar qollardan tutsa, yer yuzida yashayotgan insonlar tinchlik, totuvlik, birdamlik sari qadam tashlasa.

Mantiqsiz urushlar, maqsadsiz urushlar, qonli qollar, yopiq yollar, bir-biri bilan yovlashishlar, ziyon-zahmat yetkazishlar, ming yillar davomida oqayotgan daryolarni bogishlar, gegemonlik vasvasasi, qoshni mamlakatlarga zahar sochishlar qachon barham topadi? Qachon toxtaydi? Qachon tugaydi?

Bolasining jasadi ustida faryod chekayotgan onalarni korib, yurak zirqiraydi. Qanchalar dahshat... Insoniyat bugun ozining yovuz, vayronkor intilishlari girdobiga norasida godaklarni ham tortmoqda.

Dunyoga yalinaman, dunyoga yolvoraman: hech bolmasa bir kun urushsiz, qurbonsiz bir kun otishini istayman.

Urush haqida tarqatilayotgan axborotlar insoniyat ongu tafakkurini egallab oldi. Umumqorquv, umumxavotir odamzod qalbini butunlay zabt etdi.

Urushlardan saboq chiqarilmayapti. Aksincha urushlar insoniyat hayotiga butunlay kirib keldi. Chuqur joy oldi, mustahkam ornashdi.

Bolalar bogchalari, maktablar, shifoxonalar, turar-joylar zambarak oqlari zarbidan yer bilan yakson bolmoqda. Odamlar oylab yertolalarda yashamoqda. Keksalar, bolalar, xotin-qizlar oz uylarini, oz vatanlarini tashlab ketishga majbur bolmoqda. Qochoqlar lagerlari, shaharchalari tashkil etilmoqda.

Urush qilayotgan tomonlar ozlarini haq deb bilishadi. Biz korayotgan, dahshatga tushayotgan qorqinchli voqealar ularga tasir ham qilmaydi. Yurak tosh qotgan, kozlar qonga tolgan, qollar, aytilayotgan sozlar qon.

Eng dahshatlisi, eng ogiri urushlarga boshqalarni ham aralashtirishga zor beriladi. Kerak bolsa, urush maydonini kengaytirish, qurbonlar sonini oshirish ustida izlanishlar olib boriladi.

Bitta haqiqat borki, urush korgan bolalarning kozida dahshat qotib qoladi. Yuragi muzlaydi. Ularning murgak vujudi, qalbi bir umr bitmas jarohat oladi. Urushda yaqinlarini yoqotganlar koksida mangu isyon, nafrat, qasos yashaydi.

Telekanallarda urush kinolar tinimsiz namoyish qilinadi. Xabar tarqatuvchi dasturlarda ham bosh mavzu — urush. Qaysidir joy portlagan, tinch aholi oqqa tutilgan. Jinoyatchi todalar shaharlarni, aholi punktlarini vayron qilgan...

Dunyo mamlakatlarida fashizm bosh kotara boshladi. Yovuzona goyalar tarqatilmoqda. XXI asrga kelib, jahon boylab fashizm sharpasining kezib yurishi, uning yolboshchilari uluglanishi, davomchilarining paydo bolishi qanchalar dahshat.

Nahotki, insoniyat tarixdagi xatolarini yana takrorlasa, xulosa chiqarmasa. Ikkinchi jahon urushi azob-uqubatlarini shunchalar tez unutsa. Urush qatnashchilarining kozlari tirik. Ularning qalbida fashizmga, urushga bolgan nafrat yashaydi. Vujudida esa oq parchalari bor... Bu johilona harakatlar urush qurbonlari xotirasiga xiyonat, hayot bolganlariga hurmatsizlik emasmi?

Fashizmni uluglash uchun insonning qalbi soqir bolishi kerak. Eng alamlisi, mana shu hodisalar hammamizning koz ongimizda yuz bermoqda.

Keyingi paytlarda dunyo mamlakatlarida yoshlar ortasida jinoyatchilik kopaya boshladi. Yosh bola qolidagi qurol bilan oz dostini, muallimini, kerak bolsa, yaqinlarini, ota-onasini otib tashlayotgani haqida oqiyapmiz, eshityapmiz. Begubor, shaffof qalbga bu yovuzlik, bu vahshiylik virusi qachon tushdi ekan. Nimaga buni atrofdagilar bilishmadi? Sezishmadi, ogoh bolishmadi?

Ruhshunoslarning takidlashicha, keyingi vaqtda urushga, urushishga moyil odamlar, ayniqsa, yoshlar soni ortib bormoqda. Bu insoniyat tomonidan yol qoyilgan qaysi xatoning javobi ekan?

Boboning qolida qurol, otaning qolida qurol, bolaning qolida qurol. Ha, qurol tutish ham qondan qonga, avloddan avlodga otadi. Oddiy ishga aylanib qoladi.

Odamzod borgan sari yovuzlashib bormoqda. Hayotdan maqsad urush, yashashdan maqsad urush, tugilishdan maqsad urush bolgan vayronkorlik uning jismi-jonini egallab olmoqda. Azobdan rohatlanish, yomonlikdan huzurlanish, qaygudan kulish tuygusi paydo bola boshladi.

Urushdan, urush xurujlaridan qanday himoyalansa boladi? Butun insoniyatni urush ofatidan, urush iztiroblaridan qutqazsa boladimi? Qachon yer yuzida tinchlik boladi? Urush degan soz qachon arxaik sozga aylanadi? Qachon odamzod urushsiz bir kun, urushsiz bir yil, urushsiz bir asr yashaydi?

Urushlar takomillashmoqda. Urush yashayapti, urush kengayyapti, urushlar davom etayapti. Bu urushlar bizga tinchlik qadrini tobora chuqurroq anglatmoqda, bildirmoqda...

Urush olovi yonayotgan mamlakatlardagi murakkab vaziyat tahlil qilinganida bu davlatlarda milliy birdamlik, hamjihatlik tamoyillari ortadan kotarilganligiga guvoh bolamiz. Bu holat kimlargadir qol kelib, urushlarning boshlanib ketishiga sabab bolgan.

Qaysiki xalq birlashmasa, Vatan va Millat shani uchun kurashmasa, tahdid va xavf-xatarlarni oldindan kora olmasa, urushlar, parchalanishlar girdobida qolib ketadi.

Ozbekiston Prezidenti aytganidek, «Bizga nima kerak? Tinchlik kerak! Yana bir bor tinchlik kerak». Bu xalqimizning xohish-istagi, orzu umidi, intilishidir. Bugungi tahlikali dunyoda ozbek xalqining Bizga tinchlik kerak degan davati jahon boylab aks-sado bermoqda...

Farrux HAMROYEV



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: