O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.02.2012

Deputat bolishdan muddao nima edi?

Boyovut tuman Kengashidagi O‘zMTDP deputatlik guruhi bu savolga qanday javob berarkin?..

Prezidentimiz ilgari surgan Konsepsiyada siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish dolzarb vazifa etib belgilangan. Bu borada muhim g‘oya va qonunchilik tashabbuslari taqdim etilgan. Ularning hayotga tatbiq etilishi siyosiy partiyalar, ulardan saylangan barcha darajadagi deputatlar zimmasiga jiddiy vazifalar yukladi. Siyosiy partiya faoli, har bir deputat buni chuqur anglashi, ijrosiga mas’uliyat bilan yondashishi zarur.

Mahalliy Kengash deputatlari o‘z partiyasi g‘oyalari amalga oshishi uchun hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatini atroflicha o‘rganishi, elektoratni o‘ylantirayotgan masalalarga mahalliy hokimlik va mutasaddi idoralar e’tiborini qaratishi, ayni paytda, ularning yechimi bo‘yicha taklif bildirishi, tashabbus ko‘rsatishi kerak. Hozir har bir deputatdan shu mezon asosida ishlash talab etilayotir.

Mahalliy Kengash deputatlari mahalliy hokimiyat faoliyatini nazorat qilishi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonida faol ishtirok etishi uchun huquqiy asos yaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, partiya g‘oyaviy maqsadlarini amalga oshirish, samarali himoya etishi uchun yetarli vakolat va imkoniyatga ega.

Ammo mahalliy Kengashlardagi ayrim deputatlik guruhlari hamon «sen menga tegma, men senga» qabilida faoliyat yuritmoqda. Bunga Sirdaryo viloyati Boyovut tuman Kengashiga «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan saylangan deputatlar faoliyati misol bo‘la oladi. Ma’lumotga ko‘ra, tuman Kengashida mazkur partiya vakillari 10 nafarni tashkil etadi. Xo‘sh, O‘zMTDP deputatlik guruhi o‘z imkoniyatidan qay darajada foydalanmoqda? Ular partiyaning Saylovoldi dasturidan kelib chiqib, qanday tashabbus bilan chiqayapti? Bu deputatlarga ishonch bildirib, ovoz bergan tuman ahli ularning faoliyatidan rozimi?

Ma’lumotlarni tahlil etib, xulosa chiqaradigan bo‘lsak, ijobiy fikr aytish qiyin. O‘tgan davrda tuman Kengashining 8 ta sessiyasi bo‘lgan. Ularda tuman rivoji bilan bog‘liq turli masalalar muhokama qilinib, bu borada tegishli qarorlar qabul qilingan. Mazkur qarorlarda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish, xususan, aholini ish bilan ta’minlash va boshqa tegishli davlat Dasturlari ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, O‘zXDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan doimiy komissiyalarga 8 ta, tuman Kengashi sessiyasiga 2 ta masala kiritilgan.

Ammo tahlillar ko‘rsatishicha, O‘zMTDP deputatlik guruhi hududdagi partiya elektorati muammolarini o‘rganish, doimiy komissiyalar va sessiya muhokamasiga olib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda. Partiya Saylovoldi dasturida belgilab olingan vazifalarni bajarishda deputatlik guruhi faoliyatida kamchiliklar ko‘zga tashlanayotir.

O‘zMTDP Saylovoldi dasturida, xususan, milliy hunarmandchilikning barcha turlarini, servis sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Biroq deputatlik guruhi tumandagi hunarmandlar, kasanachilardan iborat partiya elektorati manfaatini himoya qilishda amaliy ish ko‘rsatmayapti. Vaholanki, bu borada tumanda kamchilik, muammo oz emas...

O‘zMTDP Saylovoldi dasturida «Davlat hokimiyati vakillik organlarida ko‘pchilik o‘rinni egallash orqali o‘z tarafdorlarining manfaatlarini himoya qilish partiyamizning muhim vazifasidir, binobarin ayni ko‘pchilik o‘rinni egallash partiya o‘z dasturiy maqsadlari va vazifalarini imkon qadar to‘la-to‘kis ruyobga chiqarishi imkonini beradi», deb belgilangan.

Biroq Boyovut tuman Kengashidagi O‘zMTDP deputatlik guruhi faoliyati bilan tanishgan kishi o‘ylab qolishi tabiiy: son bo‘lgan bilan shunga yarasha ish va natija bo‘lmasa, bundan kimga foyda?..

To‘lqin TO‘RAXONOV,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: