O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.01.2015

QATNASHCHI TADBIRDA NAFAQAT TINGLASHI,

shu bilan birga, o‘z fikri, munosabatini bildirishi kerak

Gazetamizning shu yil 10 yanvar sonida «Tahlil, taklif, mulohaza» rukni ostida Nomiga otkazilgan tadbir hech kimga foyda bermaydi sarlavhali maqola chop etilgan, unda partiyamiz tashkilotlari tizimida otkazilayotgan tadbirlar ta’sirchanligini oshirish bilan bogliq mulohazalar bildirilgan edi. Mazkur mavzu boyicha tahririyatimizga yoshlar, faol gazetxonlar fikr-mulohazalarini yollashmoqda, qongiroq qilib oz munosabatlarini bildirishmoqda.

Tasavvur qilaylik, siz siyosiy tadbirlarning biridasiz. Zal ishtirokchilar bilan tola. Yigilish boshlandi. Maruzachi minbarga chiqib, qolidagi qogoziga qarab maruza oqiy boshladi. Siz va atrofdagilar uni biroz eshitasiz. Ammo malum vaqtdan song zerika boshlaysiz, ozingiz uchun foydali hech qanday fikr yoki gap eshitmaysiz... Shu tariqa tadbir oz ahamiyatini yoqotadi...

Ozbekiston ovozi gazetasida chop etilgan maqolani oqib, kursdoshim Yulduz Haydarova bilan shu boyicha suhbatlashib qoldim.

— Togri, tadbirlarda tashkilotchilar yurtimizda bolayotgan ozgarishlar, islohotlarning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirishga harakat qilishadi, deydi u. Lekin bu kabi tadbirlarning hammasi ham biz uchun foydali va qiziqarli, deb aytolmayman. Ayniqsa, siyosiy yonalishdagi davra suhbatlari va yigilishlarda oddiy tilda tushuntirilmaydi. Sozga chiquvchilar quruq maruzani oqib berishadi, xolos. Maruzada bayon etiladigan fakt va raqamlar biz uchun muhim. Lekin bu tashkilotchi faqat qogozdagini aytsin, mavzuga oid munosabat yoki xulosa haqida hech narsa gapirmasin, degani emasku. Minbarga chiqqan notiq oz fikrini oquvchiga hayotiy misollar orqali tushuntirsa, muhokama markaziga qoyilgan mavzuni qaysidir voqea yoki jarayon bilan solishtirib izohlasa, bu kopchilikda qiziqish uygotadi, tadbir qatnashchilarini oylashga, undaydi. Shunda tadbirga kelgan ishtirokchilar suhbat davomida oz qarashi, munosabatini erkin ayta oladi. Shu tariqa tadbir jonli, qiziqarli otadi va eng muhimi, unga kelgan qatnashchi ozi uchun foydali nimagadir ega boladi.

Hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalarsiz hayotimizni tasavvur qilib bolmaydi. Bu biz fikr yuritayotgan mavzuga ham aloqador masaladir. Chunki bugun tashkil etilayotgan aksariyat tadbir va yigilishlar qatnashchilar etiborini tortish uchun mavzuga oid turli xil video lavhalar yoki prezentatsiyalar orqali namoyish etilyapti. Ishtirokchilarning tassavur qilish imkoniyatini yanada kengaytirishda, mavzuni toliqroq ochib berishda buning ahamiyati katta, deb oylayman. Fikrimcha, tadbirlarda ana shu usulni qollash amaliyotini yanada takomillashtirish kerak.

Ochigi, kursdoshim bilan bolgan suhbatdan song mavzuga qiziqishim yanada ortdi. Turin politexnika universiteti talabasi Barkamol Sodiqovning ham bu boradagi fikrlari bilan qiziqdim:

Siyosiy sohaga qiziqishim kuchli bolgani uchun imkon darajasida ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda qatnashishga harakat qilaman, deydi u. Masalan, yaqinda mamlakatimizda bolib otgan saylovoldi tadbirlar va uchrashuvlarda ishtirok etdim. Shuni aytishim kerakki, saylovdan avval tashkil etilgan deputatlikka nomzodlar bilan uchrashuvlarning hammasida ham biz nomzod haqida toliq malumot ololmadik. Chunki bazi nomzodlarimiz oz fikrini yetkazib berolmadi, ayrim hollarda siyosiy partiya tomonidan otkazilgan saylovoldi targibot tadbiri tushunarli va jonli otmadi.

Menimcha, bu kabi muhim siyosiy tadbirlarga yoshlarda qiziqish uygotish uchun ular bilan ochiq muloqot qilish, maruzani boshlashdan oldin yoshlarning tushunchasi bor-yoqligini bilishi kerak. Shuningdek, tadbir qiziqarli otishi uchun unda ishtirokchilarni oylantirayotgan masalalarni muhokama markaziga qoyish, ularni hal etish yollari boyicha qatnashchilardan ham, albatta, fikr sorash lozim, deb oylayman. Bu orqali odamlarda tadbirda faol ishtirok etish, ozini oylantirayotgan ayrim masalalarni ochiq aytish va ularning yechimi boyicha mulohazalarni shakllantirish mumkin.

Oylashimcha, ishtirokchilarni koproq fikr-munozaraga tortish kerak. Odatda, tadbirlarda kim sozga chiqishi, qanday mavzuda soz yuritilishi oldindan malum boladi. Bu hozirgi zamonda ota rasmiy usul bolib qoldi. Tadbirda ishtirokchi nafaqat jim otirib tinglashi, shu bilan birga, mavzu yuzasidan fikr va munosabat bildirish imkoniyatiga ega bolishi kerak.

– Siyosiy partiyalar tomonidan otkazilgan tadbirlarda qatnashib turaman, deydi Yashnobod tumani 10-son davlat notarial idorasi notariusi Sadoqat Axmanova. Togrisi, har doim ham tadbirdan yoki unda kotarilgan mavzu muhokamasidan qoniqish hosil qilmayman. Kopincha, tadbirlarda bir xillik kuzatiladi. Bugun sozga chiqqan deputat yoki partiya faolining maruzasini ertaga ikkinchi tadbirda ham eshitish mumkin. Yoki bolmasa, shunchaki qogozga qarab oqib berish holatlari kuzatiladi. Vaholanki, partiya faoli, deputat aynan aholi manfaatini himoya qilish uchun odamlardan fikr sorab, taklif olsa, bu ozi uchun foydali bolar edi.

Bir narsani esdan chiqarmaslik kerak. Tadbir haqida yaxshi taassurot ishtirokchini keyingi tadbirlarga ham yetaklaydi. Buning uchun kun tartibiga qoyilgan mavzu kopchilikning manfaatiga daxldor bolishi, londa qilib aytganda, odamlarga foydali maqsad kozlanishi kerak. Bugun odamlarning dunyoqarashi, islohotlarga, siyosiy partiyalarga, deputatlarga talabi, fikri, munosabati butunlay ozgargan. Bugun Har doim aytiladigan gaplar bilan amallarman, Rejaga kiritilgani uchun tadbir otkazishimiz kerak, qabilida ish tutib bolmaydi. Bugun har kim har qanday masalada oz fikriga, oz qarashiga ega. Demak, shunga yarasha tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, shu orqali odamlarga foydali gap, fikr yoki taklif aytish, oz navbatida ularning munosabatini bilish imkoniyatidan foydalanish lozim, deb oylayman.

Mukarram RASULJONOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: