O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.01.2015

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi togrisida axborot

Toshkent shahrida 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi bolib otdi. Parlament quyi palatasining birinchi majlisini qonunga muvofiq Markaziy saylov komissiyasining raisi M.Abdusalomov ochdi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq sozladi.

Yigilishda mamlakatimiz hukumati a’zolari, markaziy idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Deputatlar majlisning kun tartibini tasdiqladi.

Markaziy saylov komissiyasining raisi Qonunchilik palatasiga bolib otgan saylov yakunlari togrisida axborot berdi. Bunda Ozbekistonda parlament saylovi sifat jihatidan yangi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sharoitlarda, ochiqlik, oshkoralik va transparentlik kabi demokratik prinsiplar asosida, qonun hujjatlarining talablariga, umumetirof etilgan xalqaro meyorlar va standartlarga tola muvofiq tarzda otkazilganligi alohida takidlandi.

Saylov kampaniyasi davomida siyosiy partiyalarga tashviqot olib borish, oz saylovoldi dasturlarining qoidalarini ommaviy axborot vositalari orqali aholi keng qatlamlariga yetkazish uchun teng sharoitlar yaratildi. Qonunchilikka muvofiq mamlakatimiz fuqarolari oz xohish-irodasini erkin bildirishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Saylovga tayyorgarlik korish va saylov jarayonini yuzlab xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar kuzatib bordi.

Umuman olganda, bolib otgan saylovlar fuqarolarning faolligi, siyosiy va huquqiy yetukligi osganligini yorqin namoyon etdi. Saylov Ozbekiston xalqining demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, aholi farovonligi va Vatan ravnaqini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yolidagi hamjihatligining kozgusi boldi.

Qonunchilik palatasiga siyosiy partiyalardan va Ozbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlarning tasis yigilishlari bolib otib, mazkur yigilishlarda, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Ozbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi, Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalari, shuningdek, Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi shakllantirildi, ularning rahbarlari saylandi. Majlis chogida palata azolari siyosiy partiyalar fraksiyalarini va Ekologik harakatdan saylangan deputatlar guruhini royxatdan otkazish togrisida qaror qabul qildi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisidagi qonunga muvofiq, shuningdek, siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekologik harakatdan saylangan deputatlar guruhining taklifiga kora quyi palata azolari Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri va uning orinbosarlari lavozimlariga nomzodlar korsatish boyicha Oqsoqollar kengashini tuzdi.

Oqsoqollar kengashining taklifiga binoan deputatlar yashirin ovoz berish yoli bilan Nuriddinjon Ismoilovni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladi.

Deputatlar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining orinbosarlari lavozimlariga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Sodiqjon Turdiyevni, Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Sarvar Otamuratovni, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Hotamjon Ketmonovni, Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Narimon Umarovni, Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi rahbari Boriy Alixonovni sayladi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisidagi qonunga muvofiq qomitalar raisi lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga yoki guruhga mansubligi hamda saylovda olingan saylovchilar ovozlari soni hisobga olingan holda aniqlanadi. Qomitalar raisi lavozimiga nomzodlar yuzasidan takliflar deputatlar fraksiyalari rahbarlari tomonidan ozaro maslahatlashuvlar asosida kiritiladi. Shu munosabat bilan Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan quyi palata qomitalarining royxatini tasdiqlash hamda qomitalar raislarining lavozimlarini siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekologik harakatdan saylangan deputatlar guruhi ortasida taqsimlash togrisida qaror qabul qilindi.

Deputatlar parlament quyi palatasi qomitalari raislarini ham sayladi.

Korib chiqilgan barcha masalalar boyicha Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shu bilan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi oz ishini yakunladi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: