O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.01.2015

NOMIGA OTKAZILGAN TADBIR HECH KIMGA FOYDA BERMAYDI

Har bir tadbir qatnashchilarda qiziqish uyg‘otishi, ularning bilimini oshirishi, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmogi lozim

Dunyoning turli hududlarida roy berayotgan ijtimoiy-siyosiy beqarorliklar, geosiyosiy manfaatlar toqnashuvi avj olayotgan bugungi sharoitda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, har bir kishida mustaqil fikrni shakllantirish dolzarb vazifa bolib turibdi.

Prezidentimizning xalqimizga Yangi yil tabrigida bu muhim masalaga yana bir bor e’tibor qaratildi. Hozirgi tahlikali ahvol barchamizdan hushyorlik, sezgirlik talab etishi takidlandi. Tabrikdagi quyidagi fikrlar kishini chuqur oylashga davat etadi:

«Hayot hech qachon bir joyda toxtab turmaydi. Ayniqsa, biz XXI asrda, globallashuv, intellektual taraqqiyot va internet zamonida yashayotganimizni inobatga oladigan bolsak, erishgan marra va yutuqlar bilan chegaralanmasdan, havolanish kayfiyatiga berilmasdan, aksincha, doim yangilikka intilishimiz, ertangi kunimizni, oldimizda turgan muammo va qiyinchiliklarni ozimizga yaqqol tasavvur qilib yashashimiz lozim. Faqat shunday jamiyat, qolaversa, davlatgina jadal suratlar bilan ozgarib borayotgan zamon bilan hamqadam bolib yashashi mumkin».

Demak, masala insonning dunyoqarashi, bilimi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuygusi, boshqacha aytganda, har birimiz fuqarolik burchimizni qay darajada anglashimizga bogliq.

Yaqinda mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bolib otgan saylov xalqimizning siyosiy madaniyati, fuqarolik pozitsiyasi yuksalib borayotganini korsatdi. Ayniqsa, yoshlar saylov bilan bogliq jarayonlarga katta qiziqish bildirdi, deputatlikka nomzodlar bilan uchrashuvlarda faol ishtirok etdi. Ana shuning oziyoq yoshlarda demokratik islohotlarga, mustaqil fikrlashga chanqoqlik yuqori ekanini korsatdi.

Mutaxassislar fikricha, aholi, ayniqsa, yoshlarning dunyo voqealaridan xabardorligini taminlash, bolayotgan voqea-hodisalardan togri xulosa chiqarib olishi uchun siyosiy-huquqiy, manaviy-marifiy tadbirlar tasirchanligini kuchaytirish kerak.

— Otgan 2014 yilda otkazgan barcha tadbirlarimizning asosiy maqsadi mamlakatimizda saylov tizimining shakllanishi, uning ahamiyati, saylovchining burchi, ovoz berish tartiblari togrisida keng jamoatchilikka, partiya elektorati vakillariga malumot va fikrlar yetkazish boldi, deydi OzXDP Markaziy Kengashi masul xodimi Gulchehra Zohidova. Siyosiy va fuqarolik marifati tizimidagi oquv mashgulotlar 4 bosqichda partiya Markaziy Kengashi, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, OzXDP tuman va shahar kengashlari, boshlangich partiya tashkilotlari tizimida tashkil etildi. Tahlil va xulosalar siyosiy hamda fuqarolik marifati tizimidagi oquvlarni otkazishda yangicha yondashuv zarurligini korsatmoqda. Ayniqsa, saylov kampaniyasi jarayonida bu yana bir bor oz isbotini topdi. Saylovchilar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarga oid savollariga bizdan aniq javob kutishdi. Shuning uchun oquvlar mavzularini belgilashda umumiylikdan qochishimiz, hayotiy masalalarga etibor qaratishimiz zarur.

Biz har bir tadbir kun tartibini belgilashda bugunning talabi, partiyamiz elektorati qiziqishidan kelib chiqib, qaror qabul qilyapmiz, deydi OzXDP Jizzax viloyat kengashi rais orinbosari Husan Abduniyazov. Siyosiy seminarlar samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda OzXDPdan mahalliy vakillik organlariga saylangan deputatlarning faol ishtiroki taminlanmoqda. Biroq tajriba shuni korsatmoqdaki, oquvlarga qanday mutaxassisni, qaysi darajadagi deputatni taklif etmaylik, ular samimiy gapirmasa, tinglovchilarga qalban yaqinlashmasa, erkin fikr almashish muhitini yarata olmasa, bunday tadbirni samarali boldi, deb ayta olmaymiz. Imkon qadar bahs-munozara uyushtirilsa, odamlar fikri charxlanadi, oylashga, xulosa chiqarishga organadi.

Bir narsani aslo unutmasligimiz kerak, odamlar har qanday tadbirga ozi uchun foydali bir gap, kongilga yaqin fikr yoki taklif eshitaman, deb keladi, deydi Yangiyol tuman partiya kengashi raisi orinbosari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nomonjon Aripov. Agar biz ularni oquvga, deb chaqirib, foydali gap aytmasak, bu holat odamlarda nafaqat tadbirga nisbatan, balki, umuman, partiyamiz haqida ham salbiy taassurot qoldiradi. Bunday tadbirlarning foydasidan kora zarari koproq. Odamlar tadbirdan bezib qoladi. Borsam, yana osha gaplar boladi-da, deb oylaydi. Biz tadbirlarimiz mavzusiga yanada katta masuliyat bilan yondashib, oylab koraylik: shu mavzu bugun qanchalik dolzarb, partiyamiz Saylovoldi dasturi bilan bogliqmi, elektorat manfaatiga xizmat qila oladimi?..

Bugun odamlarning tasavvuri, dunyoga, qolaversa, siyosiy partiyalarga munosabati ozgarib, yuksalib borayotganiga hech qanday shubha yoq. Shuni hisobga olib, tadbirlarimiz, siyosiy-fuqarolik marifati tizimidagi oquvlar haqida xolis xulosa chiqarishimiz, bu boradagi faoliyatimizga tanqidiy baho berishimiz taqozo etilmoqda. Partiyamizning xalqimiz orasida hurmati, tasir kuchi oshishi har birimiz oz vazifamizni qay darajada bajarishimizga bogliq.

Tadbirga kelgan odam ozi uchun foydali gap eshitsa, uni albatta, boshqalarga yetkazishga intiladi. Navbatdagi tadbirga qiziqish bilan keladi. Bugun hayot shuni talab etmoqdaki, nomiga otkaziladigan tadbirlardan butunlay voz kechish kerak. Tadbir uchun tanlangan mavzu dolzarb bolsa, odamlarni qiziqtira oladi. Ikkinchi masala shuki, qiziqish bilan kelganlar mavzu boyicha yangi malumot va fikrlarni eshitishi kerak. Buning uchun tadbirga jiddiy tayyorgarlik korish, tajribali mutaxassislarni jalb etish lozim boladi. Ana shundagina bu tadbirdan odamlar ham, partiya ham, qolaversa, jamiyat ham foyda koradi.

Gulruh ODASHBOYEVA

TAHRIRIYATDAN:

Prezidentimiz ilgari surgan Konsepsiya goyalari asosida davlat hokimiyati organlari vakolatlari ortasida manfaatlar muvozanati taminlandi, vakillik hokimiyatiga, shuningdek, siyosiy partiyalarga mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish boyicha katta huquq va imkoniyatlar berildi. Demak, yurtimizda kuchli fuqarolik jamiyatini bunyod etish yolidagi islohotlar, demokratik jarayonlar ozining muhim pallasiga kirdi.

Bunday sharoitda siyosiy partiyalar, ularning azolari, elektorat vakillari, xayrixohlari ijtimoiy-siyosiy faolligi oshishi, fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanishi dolzarb ahamiyatga ega. Turli mavzulardagi siyosiy oquvlar va davra suhbatlari, seminarlarda bahs-munozara yuritilsa, tahliliy-tanqidiy fikrlar koproq bildirilsa, yangi-yangi taklif, goyalar yuzaga chiqadi.

Xosh, tadbirlar tasirchanligi, samaradorligini oshirish uchun nimalarga etiborni kuchaytirish kerak, ishga solinmagan qanday imkoniyatlarimiz bor?..

Partiyamiz faollari, deputatlarimiz, ayniqsa, boshlangich tashkilotlari yetakchilaridan fikr-mulohazalar kutamiz. Gazetamiz sahifalarida uyushtiriladigan bahs-munozaralar ham kamchiliklarimizni tuzatishga, tajribamiz oshishiga, elektorat manfaatiga, partiyamiz faoliyati yanada kuchayishiga xizmat qiladi, deb oylaymiz.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: